I kirish II


II Chorvachilik haqida umumiy ma’lumot


Download 43.77 Kb.
bet2/10
Sana17.06.2023
Hajmi43.77 Kb.
#1519794
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Chorvachilik xaritasi

II Chorvachilik haqida umumiy ma’lumot
Chorvachilikning asosiy maxsuloti go’sht, sut, tuxum, jun, teri va mo’ynadir. Chorvachilik quyidagi tarmoqlardan iborat: qoramolchilik, qo’ychilik, echkichilik, cho’chqachilik, yilqichilik, parrandachilik, asalarichilik, pillachilik, baliqchilik va darrandachilik.
2.1. Qoramolchilik.
Qoramolchilik. O’rmon va o’rmon-dasht zonalarida sersut qoramol boqiladi, chunki bu yerlarda yem-xashak ko’p. Dasht va pampalarda sut-go’sht qoramolchiligi rivojlangan. Bu yerlarda mollar tabiiy yaylovlarda boqiladi, yaylovlarda utlar qurib qolgandan keyin molxonalarda boqiladi. Quruk dasht, chala cho’l va cho’llarda go’sht beradigan mollar boqiladi.
Jahonda qoramollarning soni 1,3 mlrd ga yaqin bo’lib, ularning soni bo’yicha jahonda Xindiston (182 mln bosh), AQSH, Rossiya va Braziliya yetakchi. AQSHda, Argentinada na Avstraliyada qoramolchilikka ixtisoslashgan xududlar vujudga kelgan. Ushbu xududlarda eksport qilinadigan go’shtlar yetishtiriladi (masalan, Argentinada Pampa rayoni).
2.2 Qo’ychilik va echkichilik.
Qo’ychilik dasht, chala cho’l, cho’l va tog’larda rivojlangan. Shimoliy rayonlarda qo’ylar teri va go’sht yetishtirish uchun, janubiy rayonlarda mayin jun olish uchun, cho’l va chala cho’llarda dag’al jun va qorako’l teri olish uchun boqiladi. Subtropik va tropik qumli cho’llarda (O’zbekiston, Turkmaniston, Eron, Afgoniston va boshqalar) qorako’l qo’ylari boqiladi.
Avstraliya qo’ylar soni bo’yicha jahonda birinchi o’rinda turadi (140 mln bosh). Bu mamlakatda yirik qo’ychilik stantsiyalari («Shipsteyshnz») tashkil qilingan. Ular 10 ming va xatto 100 minglab ga maydonni eg’allaydi va bu stantsiyalarning har birida 50—100 ming boshgacha mayin junli «Merinos» qo’ylari boqiladi. Jahondagi qo’ylar sonining yarmi rivojlanayotgan mamlakatlarga to’gri keladi (Turkiya, Eron, Tokiston, Afgoniston, Efiopiya, Sudan va boshqalar).
Cho’chqachilik eng maxsuldor va tez ko’payadigan tarmoq o’lib, bu sohada Xitoy jahonda yetakchi o’rinda turadi.
Yilqichilik va tuyachilik. Cho’l, chala cho’l va tog’larda rivojlangan. Otlardan juda uzoqdavr mobaynida asosiy tansport vositasi sifatida foydalanib kelindi. Hozirgi davrda esa sport maqsadlarida hamda go’shti va suti (qimiz) uchun boqiladi. Tuyachilik asosan cho’l rayonlarida (Afrika va Osiyo cho’llari) rivojlangan. Hozirgi paytda ular asosan go’shti, suti va juni uchun boqiladi.
Bug’uchilik asosan shimoliy o’lkalarda rivojlangan. Go’sht va terisi uchun boqiladi, transport maqsadlarida ham foydalaniladi. Yevrosiyo va Shimoliy Amerikaning qutbiy o’lkalarida tarqalgan.

Download 43.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling