I kirish. Mashg'ulotlarni loyihalashtirish va didaktiy ta'minot yaratishning dolzarbligi. II. Asosiy qism: Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida pedagogik jarayonni tashkil etishning maqsadi va vazifalari
Download 0.68 Mb.
|
Davronova Gavharoy slayd kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- II.ASOSIY QISM: 1. Maktabgacha talim tashkilotlarida pedagogik jarayonni tashkil etishning maqsadi va vazifalari.
- Har bir inson har kuni qiladigan ishini xuddi birinchi marta qilayotgandek qilishi kerak. Shundagina ishda rivojlanish boʻladi.
Qo'qon Davlat Pedagogika Instituti MAKTABGACHA TA'LIM FAKULTETI MAKTABGACHA TA'LIM yo'nalishi 302-guruh talabasi DAVRONOVA GAVHARXONning tayyorlaganTAQDIMOTI“MASHG'ULOTLARNI LOYIHALASHTIRISH VA DIDAKTIK TA'MINOT YARATISH” I.KIRISH. Mashg'ulotlarni loyihalashtirish va didaktiy ta'minot yaratishning dolzarbligi. II.ASOSIY QISM: 1. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida pedagogik jarayonni tashkil etishning maqsadi va vazifalari. 2. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida mashg'ulotni tashkil etish va loyihalashtirishga qo'yilgan talablar. 3. Maktabgacha ta'lim tashkilotlari mashg'ulotni loyihalashtirishda rivojlantiruvchi markazlarlarning o'rni. 4.Pedagogik jarayonda didaktik ta'minot yaratish. KIRISH 'Har bir inson har kuni qiladigan ishini xuddi birinchi marta qilayotgandek qilishi kerak. Shundagina ishda rivojlanish boʻladi.' O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev. Mavzuning dolzarbligi. Maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'limning boshlang'ich qismi hisoblanadi. U bolaning sog'lom va rivojlangan shaxs bo'lib shakllanishini ta'minlab, o'qishga bo'lgan ishtiyoqini uyg'otib, tizimli o'qitishga tayyorlab boradi. 6-7 yoshgacha bo'lgan maktabgacha ta'lim davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta'lim tashkilotlarida va oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'limning maqsadi –bolalarni maktabdagi o'qishga tayyorlash, bolani sog'lom, rivojlangan, mustaqil shaxs bo'lib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib berish, o'qishga, tizimli ta'limga bo'lgan ishtiyoqini tarbiyalash hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablari aniq bir yoshdagi bolaning rivojlanish standartlarini va bolaning yutuqlari va rivojlanish darajasini baholash imkoniyatini beruvchi indikatorlarni belgilaydi. Ushbu xujjat, birinchi navbatda, oilalarga bolaning to'laqonli rivojlanishi, ta'lim-tarbiyasida, uni maktabda ta'lim olishga samarli tayyorlashda yordam berishni nazarda tutadi.U maktabgacha ta'limning mazmunini belgilaydi va mulk shaklidan qat'iy nazar, maktabgacha ta'lim tashkilotlarini bolalikning qadr-qimmatini saqlab qolgan xolda barcha bolalarning tenghuquqligini va har bir bolaning individual rivojlanishini tadbiq etishga yo'naltirilgan. Respublikamizda 2019 yil 8 maydagi PQ-4312-son “O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish” kontseptsiyasini ishlab chiqildi. Kontseptsiya O’zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’limni rivojlantirishning maqsadlari, vazifalari, ustuvor yo’nalishlari, o’rta va uzoq muddatli istiqboldagi bosqichlarini belgilaydi hamda maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirishga yo’naltirilgan dasturlar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos bo’ladi. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yosh avlodning aqliy-intellektual, estetik, jismoniy, ma’naviy salohiyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni takomillashtirish alohida dolzarblik kasb emoqda. Bu borada pedagog rahbar–jamiyatning yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga qo’ygan ijtimoiy buyurtmasining asosiy ijrochisiga aylanishi muqarrar. Hozirgi davrning bu talabi – maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilarini axloqan va ma’nan yetuk, komil insonlar qilib tarbiyalash vazifalarini bajarishni talab etadi. MTT rahbarlari va pedagog kadrlari oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biri – erkin fuqaro ma’naviyatini, ozod shaxsni shakllantirish masalasidir. Boshqacha aytganda, o’z xaq-huquqlarini taniydigan, o’z kuchi va imkoniyatlarini anglagan, atrofda sodir bo’layotgan voqea va hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashgan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg’un xolda quradigan erkin, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalash lozim. Shu jihatdan olganda, barkamol insonni tarbiyalash avvalo, pedagoglardan ulkan mahorat va mas’uliyatni talab qiladi. Ustozlik mahorativva tarbiyachilik san’atining tayyor andozasi yoki qolipi mavjud emas. Ushbu san’atni egallash uchun insondan katta kuch, ijodkorlik va ko’p yillik tajriba talab etiladi. Mashg'ulotlarni to'g'ri tashkil etish va loyihalashtirish bugungi kunda juda dolzarb mavzulardan hisoblanadi. Shuning uchun ushbu mavzu hozirgi kunda dolzarb hisoblanganligi uchun kurs ishimiz mavzusini ''Mashg'ulotlarni loyihalashtirish va didaktik ta'minot yaratish'' deb tanlab oldik. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling