XULOSA.
Maxsulot va daromadlarni taqsimlash har doim bir hil bo’lmay, balki shu davrda amal qilib turgan iqtisodiy munosabatlar tizimiga, jumladan mulkchilik munosabatlariga bog’liq bo’ladi. Ishlab chiqarishning moddiy shart-sharoitlari, ya’ni kapitalga mulkchilikning turli shakllari mavjud bo’lgan, yergaesa davlat mulki bo’lib turgan sharoitlarda yaratilgan milliy mahsulot mulk egalari va ishchi kuchining egasi bo’lgan ishchi-xizmatchilar o’rtasida taqsimlanadi. Yaratilgan yalpi ichki mahsulotning uning ishlab chiqaruvchilari o’rtasida mehnatning miqdori, sifati va unumdorligiga qarab taqsimlanadigan qismi ish haqi deb yurutiladi. Ish haqining asosiy vazifasi ishchi va xizmatchilarning hayot va mehnat sharoitini yaxshilash boshqacha qilib aytganda, mehnat me’yori bilan iste’mol me’yori o’rtasidagi bog’liqlikni ta’minlashdan iborat. Ish xaqini tashkil etishda uning ikkita asosiy shakli: ishbay va vaqtbay shakllari farqlanadi. Vaqtbay ish xaqi xodimning ish malakasi, mehnat sifati va ishlagan ish vaqtiga qarab to’lanadigan ish xaqidir. Ishbay ish xaqi ishchining ishlab chiqarilgan maxsulot miqdori yoki bajargan ishiga qarab beriladigan ish xaqidir. Xaq to’lash shakllarining aniq mehnat sharoitlarini hisobga oladigan turlari ish xaqining tizimini tashkil qiladi. Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasida qulay mehnat sharoitlarini yaratish, yangi ish o’rinlarini ochish, mehnatga haq to’lashni takomillashtirish yuzasidan keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuni, “Xalq so’zi” 1996 y. 16 sentyabr.
2. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida. Toshkent 1998 y.
3. «Yangi hisobvaraqlar rejasi» (loyixa) 1999 yil 2 aprel O’z. R. Moliya vazirligining 84- sonli buyrug’i.
4. «Yillik (chorak) hisobot shakllarini to’ldirish tartibi to’g’risida» gi O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 1997 yil 15 fevral 5-sonli Yo’riqnomasi.
5. “Yuridik shaxslarda kassa va kassa muomalalarini yuritish qoidasi” O’zbekiston Markaziy banki (1998 yil 24 yanvar 46-son).
6. Umarova M. Eshboev O’. Axmadjonov K. “Buxgalteriya hisobi” Toshkent “Mehnat” 1999 yil.
7. Itkin Yu.M. Sotivoldiev A.S. “Buxgalterskiy uchet v usloviyax ro’nochnoy ekonomiki Respubliki Uzbekistan” Assotsiatsiya Buxgalterov i auditorov, T. 2000 g. 1-2 tom
Do'stlaringiz bilan baham: |