I. Kirisiw Madaniy meros turli tarixiy davrlarda doimo avlodlarning mafkuraviy taraqqiyotiga zamin, bilimlar manbai, tarbiya va ta’lim vositasi bo’lib xizmat qilib kelgan. Xususan, asrlar davomida shakllangan o’
Download 27.57 Kb.
|
TMM
I. Kirisiw Madaniy meros turli tarixiy davrlarda doimo avlodlarning mafkuraviy taraqqiyotiga zamin, bilimlar manbai, tarbiya va ta’lim vositasi bo’lib xizmat qilib kelgan. Xususan, asrlar davomida shakllangan o’zbek xalqining madaniy va moddiy merosi jahon tsivilizatsiyasi taraqqiyotida xalqlararo madaniy ko’prik vazifasini bajarishda ajralmas qismi hisoblanadi. Har bir davlatda xalqining o’tmishi va ulug’vor tarixini eslatib turuvchi tarixiy obidalar va yodgorliklar mavjud. Ushbu yodgorliklar orqali inson ma’naviy ozuqa oladi, o’z davlatining tarixidan faxrlanadi va g’urur tuyg’usini his etadi. Dunyoda inson qo’li bilan yaratilgan va necha ming yillardan beri saqlanib, o’z jozibasini yo’qotmay kelayotgan tarixiy obidalar ko’plab uchraydi. Ammo har birining alohida o’rni, nufuzi va ahamiyati bor. Tarixdan bizga ma’lumki inson zoti san’atni qadrlagan va go’zallikka intilib kelgan. Mana shu hislatlari orqali mohir qo’llari bilan aqlga sig’dirib bo’lmas darajadagi yangiliklarni yaratdi. Ular qatoridan fan yutuqlari, san’at sohasidagi ishlar va albatta me’morchilik joy oladi. Inson bugungi kun bilangina yashab moziyga nazar solmas ekan o’tmishi va an’analarini unutib qo’yadi. O’z tarixini bilmagan xalqning esa kelajagi yo’qdir. Qadimgi Misr tarixiga nazar tashlasak, ular o’z rivojlanishi davomida asriy an’ana va qadriyatlariga sodiq qolib, chetdan kirgan yangiliklarni o’z an’analariga moslab keraklilarinigina qabul qilganlar. Qurilish, fan, tabobat sohalarida ham qadriyatlariga sodiq qolganlar. Vatanimiz hududida ham o’tmishdan sado beruvchi ko’plab tarixiy me’moriy obidalar bizgacha yetib kelgan. Ular mahobati, o’ziga xos me’moriy uslubi va did bilan ishlangan naqshlari orqali nafaqat ichki sayyohlarni, balki xorijiy san’atsevarlarni ham jalb etmoqda. Ushbu obidalarni ziyorat qilish yosh avlod qalbida ham g’urur, ham iftixor tuyg’usini uyg’otadi. Vatanining o’tmishidan faxrlangan inson esa o’z oldiga ajdodlarga munosib avlod bo’lishni maqsad qilib oladi. Qadimda yaratilgan har bir tarixiy obida bizni kechagi kun bilan chambarchas holda bog’lab turadi va ana shu davr nafasini his etishimizga ko’maklashadi. Inson ma’naviyatiga ta’sir qiluvchi kuchlar qatorida tarixiy obidalar o’rni alohida ta’kidlanayotgani bejiz emas. II. Asosiy bo’lim 2.1 O’zbekiston respublikasi moddiy madaniy meros obyektlari to’g’risida O‘zbekiston madaniyati, Markaziy Osiyo xalqlarining ko‘p asrlik an’analari va turmush tarzi bilan chambarchas bog‘liq boy tarixga ega. Buyuk Ipak yo‘lining chorrahasida joylashgan O‘zbekiston hududida ko‘plab me’moriy yodgorliklar, qadimiy qal’a va qasrlar, sirli va noyob tabiat yodgorliklari va folklor elementlari joylashgan bo‘lib ularning aksariyati hozirda YuNESKOning Butunjahon merosi ob’ektlari tomonidan muhofaza qilinmoqda. Bugungi kunda YuNESKOning Butunjahon merosi ob’ektlari Reprezentativ ro‘yxatiga 4 ta me’moriy majmua – Xivadagi Ichan qal’a muzey-qo‘riqxonasi (1990), Buxoroning tarixiy markazi (1993), Samarqandning tarixiy markazi “Samarqand – madaniyatlar chorrahasi” (2001), Shahrisabzning tarixiy markazi, shuningdek Ugam-Chotqol milliy bog‘i (2016) va 9 nomoddiy meros ob’ektlari kiradi. O’zbekiston mustaqillikka erishganidan buyon mamlakatda nafaqat yodgorliklarni tiklash ishlari orqali madaniy merosni saqlashga, balki milliy o‘ziga xoslikni mustahkamlashga va jahon madaniyatida tan olinishga ham katta e’tibor qaratilmoqda. Ming yillar mobaynida, minoralar va qadimiy gumbazlar ko‘plab shaharlarning tashrif qog‘ozi, shahar manzaralari, ularning diniy va ma’rifiy muassasalari – masjid va madrasalarining go‘zal aksiga aylandi. Mustaqil O‘zbekistonda, qadimiy me’morlarning ushbu noyob asarlari, bebaho madaniy meros ob’ektlari sifatida maxsus maqomga ega bo‘ldi va ular davlatning alohida muhofazasi ostida. 2021-yil 1-yanvar holatiga koʻra moddiy madaniy meros obyektlari soni 8 ming 208 tani tashkil etgan. Quyida ularning hududlar boʻyicha taqsimlanishi koʻrishingiz mumkin: - Samarqand – 1607 ta; - Qashqadaryo – 1468 ta; - Buxoro – 829 ta; - Toshkent – 828 ta; - Surxondaryo – 561 ta; - Navoiy – 437 ta; - Jizzax – 427 ta; - Andijon – 422 ta; - Fargʻona – 376 ta; - Toshkent shahar – 354 ta; - Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 288 ta; - Namangan – 274 ta; - Xorazm – 259 ta; - Sirdaryo – 78 ta. 2.2 Samarqand madaniy meros obyektlari Ilk bor Samarqandga tashrif buyurganlarning, eng avvalo, shaharning qadimiy serjilo me’morchilik obidalari bilan tanishib chiqishlari maqsadga muvofiqdir. O‘rta asrlar davrida moviy gumbazli muazzam minoralar va o‘lmas obidalarga ega mazkur shaharning naqadar rivoj topganini so‘zsiz bugungacha saqlanib qolgan va mislsiz qudrat ingan mahobatidan his qilasiz. Ana shu ko‘hna shahar bugun ham o‘zining qadimiy tarixi, betakror osori-atiqalari bilan jahon ahlini lol aylamoqda. E’tiboringizga sayohat qilishingiz lozim bo‘lgan o‘nta muqaddas qadamjolar haqidagi ma’lumotlarni havola etamiz. Registon maydoni Ushbu maydon shaharning diqqatga sazovor muhim joylaridan biri bo‘lib, qadimiy, ammo hamisha navqiron shaharsozlik ansambli sifatida butun dunyoga dongi ketgan. Uni uchta qudratli maqbara binosi qurshab olgan bo‘lib, har biri alohida noyob bezak bilan pardozlangan. Sharq me’morchiligining ajoyib namunasi sifatida Samarqand YuNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Go‘ri-Amir maqbarasi Go‘ri Amir tarixiy yodgorligi XV asr boshlarida qurilgan bo‘lib, o‘zbek me’morchilik san’atining buyuk ijodiy namunasi hisoblanadi. Muqaddam madrasa shahardagi mashhur ziyoli arboblarning farzandlariga ta’lim-tarbiya beruvchi ilm maskani sifatida qurilgan. Uning ro‘parasida maxsus xonaqoh qad rostlagan Bino qurilishi Muhammad Sulton tomonidan boshlangan bo‘lib, u Islom ta’lim markazi ochishni ko‘zlagan edi. Bibixonim jome masjidi Amir Temur hajmi va chiroyi jihatidan sayyoramizdagi boshqa obidalardan ustun turgan go‘zal maqbarani qurib, ayoliga sovg‘a qilgan. Jilvakor devorlari, inshootning baland qurilgan elementlari, marmar toshdan kesib ishlangan bino kubbasi Amir Temur va uning ayoli nomlarini tarixda muhrlash uchun xizmat qilishi kerakligi nazarda tutilgan emish. 4. Afrosiyob shaharchasi Afrosiyob yirik arxeologik yodgorlik bo‘lib, qadim Samarqand shahri tarixidan darak beradi. Qadim shaharning maydoni 219 gektarni tashkil qiladi. Arxeologlar bir-birini bosib turgan 11 ta madaniy qatlamlar borligini aniqlaganlar. Shaharning zamonaviy relefida qudratli qal’aning xarobalari, ko‘hna mudofaa devorlari, qachonlardir shaharga suv keladigan kanalning vayronalarini oson ajrata olish mumkin. Shohi Zinda maqbaralar majmui Shohi Zinda maqbarasi Samarqand shahridagi rang-barang qabr toshlarni o‘zida mujassam etgan qadimiy osori-atiqalardan biri bo‘lsa ne ajab. Ushbu tarixiy obidaning o‘ziga xos jihati shundaki, u XIV-XV asrlar mobaynida qurilgan barcha inshootlarni o‘zaro chambarchas uyg‘unlashtirgan. Mazkur binolar qadimgi Afrosiyob shahrining yaqinida qad rostlagan bo‘lib, bino joylashgan ko‘chani “qabriston ko‘chasi”, deb ham atashgan. Ulug‘bek rasadxonasi Ulug‘bek – asl ismi Muhammad Tarag‘ay buyuk o‘zbek astronomi va matematigi, davlat arbobi, Temurning nabirasidir. U. O‘rta Osiyo xalqlari ilm-fani va madaniyatini o‘rta asr sharoitida dunyo fanining oldingi safiga olib chiqqan olimlardan biri. Movarounnahrda Ulug‘bekning homiylik davrida (1409–1449) Samarqand yanada gullab–yashnadi: hunarmandlik, me’morlik, adabiyot ravnaq topdi, ilm-fan yuksaldi, savdo rivojlandi. Ulug‘bekdan jahon fani va madaniyati rivojiga muhim hissa bo‘lib qo‘shilgan katta ilmiy va madaniy meros qolgan. Shulardan biri Ulug‘bek rasadxonasidir. Samarqanddagi XV asr me’morligining nodir namunalaridan biridir. Bino Ulug‘bek farmoni bilan 1424–1429 yillari Ko‘hak (Cho‘pon ota) tepaligida, Obirahmat arig‘i bo‘yida bunyod etilgan. Hazrati Dovud ziyoratgohi Keyingi kezlarda Samarqand viloyatining Nurobod tumani, Oqsoy qishlog‘i hududida joylashgan Hazrati Dovud g‘ori O‘zbekistondagi eng sergavjum ziyoratgohlardan biriga aylangan. Mazkur g‘or o‘zida o‘ta qadimiy va turli-tuman rivoyatlarni yashirgan bo‘lib, unga tashrif buyuruvchilar soni kun sayin tobora ortib bormoqda. Tog‘ cho‘qqisidagi tik qoyada joylashgan g‘orga kirgan ziyoratchilar Temir piri sanalgan Hazrati Dovud haqqiga tilovat o‘qib, niyat qiladilar. Hazrati Doniyor ziyoratgohi Samarqand shahrining Afrosiyob qadimiy shaharchasi muhofaza devori tagidan oqib o‘tadigan Siyob arig‘i yoqasida Samarqand ahli tomonidan asrlar davomida qadr-qiymatlanib kelinayotgan Doniyor Paygambar maqbarasi eng mo‘’tabar ziyoratgohlardan biridir. Samarqandliklar ushbu ziyoratgohni ba’zan Doniyor Payg‘ambar, Xoja Doniyor va Hazrati Doniyor ziyoratgohi, deb ataydilar. Doniyor Paygambar Dovud alayxissalom avlodidan bo‘lib, eramizdan oldin 603 yilda Kuddus shahrida dunyoga kelgan. Bobil davlati podshosi Navuxudonosor tomonidan eramizdan oldingi 586 yilda bu muborak shahar zabt etiladi va ko‘p odamlar asirga olib ketiladi. Ular orasida 17 yoshlik Doniyor ham bor edi. Imom al-Buxoriy maqbarasi Imom al-Buxoriyning nomi butun Sharq olamida mashhur bo‘lib, u eng buyuk xudojo‘ylarning biridir. Uning Hadislar to‘plamida Payg‘ambarimiz alayhivassalamning aytganlari va hayotliklaridagi u bilan bog‘liq hikmatlarga boy voqea-hodisalarga doir 600 000 dan ziyod qo‘lyozmalar qoldirgan. Imom al-Buxoriy azaldan ilm fan va madaniyat ravnaqida mashhur ulamo bo‘lib, muhaddislarning imomi, Hadis ilmining sultoni hisoblangan. Siyob bozori Siyob bozori nafaqat Samarqand shahri, balki O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning eng qadimiy va yirik bozori hisoblanadi. Bozorning hududi 7 gektarni tashkil etadi. Siyob bozori sayyohlar eng ko‘p tashrif buyuradigan joylardan biridir. Uning nomi shaharning tarixiy-geografik tumanlaridan biri – Siyob, shuningdek, bozor yaqinidan oqib o‘tuvchi Siyob daryosi nomiga qo‘yilgan. «Siyob» so‘zi fors-tojikchadan tarjima qilinsa «siyoh ob» - «qora suv/daryo» ma’nosini beradi. Buxoro madaniy meros obyektlari Buxoroga asos solinishi qadim-qadimgi asrlar tubiga borib taqaladi. 1997 yilda YuNESKO ning qaroriga ko’ra butun madaniy dunyo uning 2500-yilligini nishonlagan edi. Afsonalar shaharning paydo bo’lishini tarixiy shaxs obrazi bilan bog’liq Zardo’shtiylik xudolaridan biri – Siyovush bilan bog’laydi. Buxoroning eng qadimiy qismi uning qal’asi – Ark hisoblanadi, bu yerda arxeologlar eramizdan avvalgi IV – III asrlarga oid bo’lgan ba’zi topilmalar borligini aniqlashdi. Bu balandligi 20 metr bo’lgan katta tepalik bo’lib, u yerda ilgari Buxoro amirining saroyi, uning harami, xazinasi, qurol-yarog’ saqlanadigan xonalari, o’ta xavfli jinoyatchilar uchun zindon bo’lgan edi. Hozirgi paytda ular tiklanmoqda. Buxoroning eng qadimiy yodgorliklaridan biri X asrning boshida Somoniylar sulolasining asoschisi tomonidan qurilgan Ismoil Somoniy maqbarasidir. Maqbara usti yarim sfera shaklidagi gumbaz bilan yopilgan kub shaklidagi binodir. Somoniylar maqbarasi O’rta Osiyoning me’morchiligida bizgacha yetib kelgan, pishiq g’ishtdan qurilgan birinchi bino bo’lib, bunda g’ishtlar ham qurilish uchun, ham bezatish uchun ishlatilgan. Shaharning asosiy va eng baland ko’tarilgan inshooti – 1127 yilda qurilgan Kalon minorasidir. Bu har tomonlama komil muhandislik inshooti, Buxoroning sathidan 47 metrga ko’tarilib turgan ulkan minoradir. O’zbekistonda eng baland bo’lgan ushbu minora tepaga chiqqan sari sal ingichkalashib boradi, uning dumaloq aylanasidan o’rab turgan halqalar turli rangdagi sirlangan g’ishtchalar bilan bezatilgan. Shu bilan birga minoradagi naqshlarning turli-tumanligi va takrorlanib kelishi sodda va komil me’morchilik shakllarini boyitadi. Buxorodagi o’rta asrlar me’morchiligining alohida xususiyati – ko’cha yoki maydon bilan bir-biridan ajralib turgan va old yuzasi, darvozalari bilan bir-biriga qarab turgan ikkita ulkan inshootdan iborat bo’lgan majmualarning barpo etilishi edi. Shu asosda shaharning markaziy me’morchilik majmuasi yaratilgan – Poi Kalon («Ulkan inshoot osti») maydoni. Uning minorasi gumbazli o’tish yo’li bilan benihoya ulkan juma masjidi – Masjidi Kalon bilan bog’langan. Uning qarshisida XVI asrning boshida hatto bizning davrimizda ham ishlayotgan Mir-Arab madrasasi barpo etilgan. Chashma-Ayub mozorining barpo etilishi ham XII asrlarga oid, deb hisoblanadi. Afsonalarga qaraganda, Injildagi payg’ambarlardan biri – Ayub (Iov) Buxoroning bu suvsiz qismidan o’tayotganda hassasi bilan yerga urgan – natijada bu yerda top-toza, shifobaxsh suvli buloq paydo bo’lgan. XIV asrda Amir Temur o’zining yurishlaridan birida olib kelgan xorazmlik ustalar buloq va quduq ustidan bino barpo etganlar hamda quduqdagi baland tortish qurilmasi ustidagi konus shaklidagi gumbazga Xorazm uchun xos bo’lgan shakl berganlar. Ularga qaraganda mashhur Chor-Minor masjidi esa yangi qurilgan bino, deb atalishi mumkin – u XIX asrda qurilgan. Bu masjidda to’rtta uncha baland bo’lmagan minoralar hamda gumbazlar zangori rangda bo’lib, masjidga o’ziga xos qiyofa bag’ishlaydi. Sharq me’morchiligi uchun sun’iy suv havzalari bo’lgan hovuzlardan nafaqat amaliy maqsadlarda, balki shaharni yanada har tomonlama bezatish uchun ham foydalanish odatdagi holdir. Buxoroda saksontadan ortiq bunday obodonlashtirilgan hovuzlar bo’lib, shaharni ta’minlab turar edi. Ulardan eng mashhur bo’lgan hovuz Labi-hovuzdir. Yirik poytaxt-markaz bo’lgan Buxoro shahri nafaqat o’zining masjidu madrasalari, maqbarayu-mozorlari bilan, balki saroylari, hashamatli uylar, karvon-saroylar, hammomlari va ko’p gumbazli savdo majmualari bilan ham mashhur edi. Shaharda ko’chalarning kesishuvida – guzarlarda qurilgan Toqi-Zargaron («Zargarlarning gumbazi»), Telpak-Furushon («Telpaklar sotuvchilarining gumbazi») va Toqi-Sarrofon («Pul almashtiruvchi sarroflarning gumbazi») saklangan, ular hozirgacha savdo rastalari sifatida ishlatilmoqda. Ularning birinchi qurilishi va ishlatilishidan nomlari ham dalolat bermoqda. O’rta asrlarda Buxoro Markaziy Osiyodagi barcha musulmonlarning muqaddas shahri bo’lgan edi, bunda nafaqat diniy hurmat-e’tibor, balki estetik tuyg’ular ham ifodalanar edi. Buxoro shon-sharaf mujassam bo’lgan shahar deb hisoblanar edi, u yerda eng mashhur kishilar yig’ilar edi. Islomda Qur’ondan keyin ikkinchi o’rinda turgan diniy kitob – eng haqqoniy hadislarning to’plami bo’lgan «Al-jami as-sahih» ning muallifi Imom Al-Buxoriy edi. Abu Ali ibn Sino (Avitsenna) shaharga yaqin bo’lgan qishloqdan kelib chiqqan edi, u shaharda o’z faoliyatini boshlagan. Islomda eng muqaddas shaxslardan biri shayx Bahovaddin Naqshband, so’filar ta’limotining asoschisi, buxorolik misgar edi. Shayxning go’rini ziyorat qilish Makkaga borib bajarilgan haj marosimiga tenglashtirilar edi. Bahovaddin Naqshbandning maqbarasi hozir ham shaharning eng muqaddas joyi deb hisoblanadi. Buxorodan dunyoga taniqli bo’lgan tarixchi olim Narshaxiy, yirik shoirlar Rudakiy va Daqiqiylar kelib chiqqan. Lekin ayni shu shaharda, odamlarning gap-so’zlariga qaraganda xalqning sevimli namoyandasi, o’tkir so’zli «tinchlikni buzuvchi» latifago’y Xo’ja Nasriddin Afandi ham yashagan. Hazilkash donishmand Afandining latifalari va teran fikrlari son-sanoqsizdir. 2.3 Xiva madaniy meros obyektlari Xorazm xalq meʼmorligining ajoyib obidalari: madrasa, masjid, saroy va minoralar, asosan, Ichan Qal’ada. Undagi me’moriy yodgorliklarning yaratilish tarixi, asosan, 4 davrga taalluqli: birinchisi Xorazmning qad. Davridan to mo’g’ullar istilosi davriga qadar, bu davrdan Ko’qna arkning g’arbiy devori, Qal’a devorining shimoliy-sharqiy burchagidagi qadimgi davrga mansub burj va Qal’a devori qoddiqlari saklanib qolgan. Ikkinchisi Xorazmning 1220 yildagi mo’g’ullar istilosidan keyin tiklanish davri. Bu davrda Sayid Alovuddin maqbarasi va boshqa mahobatli binolar qurilgan. Uchinchi davri XVI-XVII asrlarga to’g’ri keladi. Shu paytda (Abulg’ozixon va Asfandiyorxon hukmronlik davri) Ichan Qal’ada Anushaxon hammomi (1657), peshayvonli Oq masjid (1675). Xo’jamberdibek madrasasi (1688) kabilar bunyod etildi, Ko’hna ark istehkomlari mustaqkamlandi, ko’rinishxona (xonning qabulxonasi) qurildi (1686-88). Buxoro bilan Eron o’rtasida Xiva xonligi uchun boshlangan urush natijasida (XVIII asrning 1-yarmi) Ichan Qal’a va umuman, Xiva shahri qattiq shikastlandi (Xiva bir qancha vaqt Eronga tobe viloyat bo’lib turdi). To’rtinchi davri XVIII-XX asrlarni o’z ichiga oladi. Bu davrda O’rta Osiyo mahalliy me’morligi an’analari asosida masjid, Madrasa, tim va toqilar qurildi. Ota darvozadan Polvon darvozagacha katta yo’l o’tkazildi. XVIII asr oxirida Juma masjid qayta qurildi va uning yonida baland minora qad ko’tardi. Ichan Qal’aning haroba devorlari tiklandi, bir qancha imoratlar ta’mir qilindi. 1840- 12 yillarda ikki qavatli Kutlug’ Murod Inoq madrasasiga qaratib tim va toqilar qurildi. Muhammad Rahimxon (1806-25), Olloqulixon (1825-42), Muhammad Aminxon (1845-55) hukmronligi davrida Ichan Qal’ada qurilish avj oldi. Muhtasham saroy, Madrasa, maqbaralar barpo etildi: Ko’hna arksat saroy qurilishi tugallandi. Yangi va katta Tosh hovli saroyi qurildi. Polvon darvozaga yaqin qo’rg’on devorining bir qismi buzilib, o’rniga Olloqulixon karvon saroyi, madrasasi va timi qurildi, xalq ijodining ajoyib namunasi Pahlavon Mahmud maqbarasi qad ko’tardi. Arab Muhammadxon va Musa Tura madrasalari ham shu davrda yaratildi. Muhammad Aminxon Ichan Qal’aning g’arbiy qismiga – Ko’hna ark yoniga Kalpsh minor nomi bilan mashhur bo’lgan minora qurdirdi. Bu minora garchi bitkazilmay qolgan bo’lsada, Ichan Qal’a mujassamotida katta o’rin tutadi. Ichan Qal’a – O’rta Osiyodagi yirik va noyob me’moriy yodgorlik. Xiva shahrining ichki qal’a (Shahriston) qismi, Ichan Qal’a shaharning Dishan qal’a (tashqi qal’a) qismidan kungurador devor bilan ajratilgan. U Xiva raboti (Dishan qal’a)dan baland qo’rg’ontepaga o’xshab ko’rinadi. Ichan Qal’aga 4 darvoza (Bog’cha darvoza, Polvon darvoza, Tosh darvoza, Ota darvoza)dan kirilgan. Ichan Qal’a qurilishida Xiva meʼmorlari O’rta Osiyoda qadimdan qo’llanib kelgan uslub – inshootlarni ro’parama-ro’para qurish uslubi (“qo’sh”)dan foydalanishgan. Olloqulixon madrasasi bilan Qutlug’ Murod Inoq madrasasi, Sherg’ozixon madrasasi bilan Pahlavon Mahmud maqbarasi shu uslubda qurilgan. Ichan Qal’a meʼmorligining yana bir o’ziga xos xususiyati binolarning alohida ansambl holida qurilganligi. Juma masjid yonidagi ikkita kichik Madrasa, Muhammad Amin Inoq va Matpanoboy madrasasi hamda Matniyoz devonbegi madrasasi ancha yirik ansambldir. Polvon darvoza oldidagi bir necha masjid va madrasalar, ham-mom, toqi, karvonsaroy va xon saroyi o’ziga xos ansamblni tashkil etadi. Qutlug’ Murod Inoq bilan Olloqulixon madrasasi, Tosh hovli bilan Oq masjid o’rtasidagi maydoncha shu ansamblning mujassamot markazidir. Ichan Qal’a me’moriy yodgorliklari yog’och o’ymakorligi, sangtaroshlik, ganchkorlik, sirkor sopol va boshqa rang-barang naqqoshlik bezaklari bilan bezatilgan. Ichan Qal’a ansambli me’moriy yodgorlik sifatida muhofazaga olinib, muzeyga aylantirilgan (1961). 1990 yildan Ichan Qal’a Butunjahon yodgorliklari ro’yxatiga kiritilgan. 1997 yilda Xiva shahrining 2500 yilligi munosabati bilan asosiy yo’nalishlarda joylashgan yodgorliklarni muntazam ravishda ta’mirlashtiklash ishlari olib borildi. IV . Xulosa Mamlakatimizda madaniy meros obyektlarini muhofaza qilishning huquqiy asoslari muntazam takomillashtirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, tegishli qonunlar va qonunosti hujjatlari bu boradagi ishlarda muhim dasturilamal bo‘layotir. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining «Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida»gi hamda «Arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunlarida bu boradagi ishlarni tashkil etishning huquqiy mexanizmlari aniq belgilab berilgan. Bugungi kunda yurtimizda yetti yarim mingdan ortiq madaniy meros obyekti ro‘yxatga olingan. Xalqimizning boy o‘tmishidan dalolat beruvchi ushbu arxeologiya va me’moriy yodgorliklar, san’at asarlari, diqqatga sazovor joylarni asl holicha asrash va kelgusi avlodlarga yetkazish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda qadimiy shaharlarimizning yubileylari, buyuk allomalarimizning tavallud sanalari keng nishonlanayotgani, tarixiy obidalarimizni asrash, tiklash, arxeologik ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan izchil ishlar samarasida tarixiy shaharlarimizga kelayotgan sayyohlar oqimi tobora ko‘paymoqda. Madaniy meros obyektlarining umrboqiyligini ta’minlashda yosh avlod qalbida ajdodlar merosiga ehtiromni kuchaytirish, ularni milliy ma’naviy merosimizga hurmat ruhida tarbiyalash muhim ahamiyatga ega. Ta’lim muassasalarida yoshlarga bu boradagi qadriyatlar maxsus kurslar, tarbiyaviy soatlarda nazariy bilim bilan birga, tarixiy obidalarga uyushtirilayotgan sayohatlar, turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar orqali chuqur singdirilmoqda. Globallashuv jarayoni tobora chuqurlashayotgan bugungi davrda bu boradagi ishlarni yanada kuchaytirish, sohaning huquqiy asoslarini takomillashtirish dolzarb vazifadir. Download 27.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling