I. kompyuter grafikasi bilan tanishish


Download 152.03 Kb.
bet2/20
Sana26.12.2021
Hajmi152.03 Kb.
#183028
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
GRAFIK MUHARIRLASHDA TASVIRLARNI FILTRLASH VOSITALARI

Kurs ishining maqsadi: Kompyuter grafikasining zamonaviy qurilma va vositalari bilan tanishish.
Kurs ishining obyekti:
Kompyuter grafikasidan foydalanish sohalari
Kurs ishining predmeti:
Kompyuter grafikasi fani va uning vositalari

Kurs ishining vazifalari:
-Kompyuter grafikasi haqida ma’lumotlarga ega bo’lish

-Mavzuga doir ma’lumot topish , adabiyotlar bilan tanishish, axborotlarni tartiblash,rejani shakllantirish;


-Grafikaning zamonaviy qurilma vositalari bilan tanishish va o’rganish;.

O’zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da o’quv jarayonining moddiy-texnika va axborot bazasi etarli emasligi, yuqori malakali pedagog kadrlarning etishmasligi, sifatli o’quv-uslubiy va ilmiy adabiyot hamda didaktik materiallarning kamligi, ta`lim tizimi, fan va ishlab chiqarish o’rtasida puxta o’zaro hamkorlik va o’zaro foydali aloqadorlikning yo’qligi kadrlar tayyorlashning mavjud tizimidagi jiddiy kamchiliklar sarasiga kiradi, deb ko’rsatib o’tilgan edi. Shuning bilan bir qatorda, axborot va pedagogik texnologiyalarni amalga oshirish orqali ilmiy - tadqiqotlar natijalarini ta`lim-tarbiya jarayoniga o’z vaqtida joriy etish mexanizmini ro’yobga chiqarish, zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuterlashtirish va kompyuter tarmoqlari negizida ta`lim jarayonini axborot bilan ta`minlash rivojlanib borishi belgilab qo’yilgan.

Bu muammolarni yechimini topish axborot texnologiyalarini ta`lim tizimiga qo’llashdek muhim masalani keltirib chiqaradi.

Zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ma`lumotlarni obrazlar ko’rinishida taqdim etish va fikrlash jarayonini tashkil etish o’quvchilarning aqliy rivojlanish darajasini yuqoriga ko’taribgina qolmasdan, an`anaviy o’qitish o’rtasidagi nisbatni o’zgartirishga ham olib keladi. An`anaviy o’qitish metodikasida o’quv materiallari asosan matn va formulalar ko’rinishida berilib, o’quv materiallarini namoyish imkoniyati deyarli mavjud emas. O’quvchilarga berilayotgan materiallarni qayta kodlashtirish va o’zlarining modelini yaratish masalasi yuklanmaydi. Bu ma`noda o’quv materiallarini obrazli ko’rinishda taqdim etishda ularga har xil ko’rinishdagi ranglar, harakat, ovoz kabi elementlarni kiritish o’quvchilarning o’quv materiallarini qabul qilish jarayoni samaradorligini oshirish bilan birga, berilayotgan materiallarni tahlil qilish, taqqoslash hamda abstraktsiyalash kabi muhim sifatlarini rivojlantiradi. Kompyuter grafikasi tushunchasi keng qamrovli sohalarni o’zida mujassamlashtirib, bunda oddiy grafik chizishdan to real borliqdagi turli tasvirlarni hosil qilish, ularga zeb berish, dastur vositasi yordamida hatto tasvirga oid yangi loyihalarni yaratish ko’zda tutiladi. U mul'timedia muhitida ishlash imkoniyatini beradi.

Kompyuter grafikasi - bu avvalo keng tarqalib borayotgan dastur ta’minotidir, ya’ni kompyuter grafikasi mavjud va yangi yaratilayotgan dasturlarga tayanadi. U hatto dasturlarning o’ziga zeb berishda ham juda keng qo’llaniladi. Uning rivojlanishi jarayonlarning real uch o’lchovli fazoda qanday kechishini aniq tasvirlash (hatto harakatdagi) imkoniyatini yaratdi. Shuning uchun hozirda shunday amaliy dasturlar paketlari mavjudki, ular yordamida ko’rilayotgan masalaning asosiy parametrinigina bergan holda uning yechimi natijasini grafik shaklida olinishi mumkin. Bu holda, biz natijalarni ko’plab jadvallar shaklida olishdan qutilamiz.

Kompyuter grafikasi nafaqat ilmiy hodimlar, balki rassomlar, turli soha loyihachilari, reklama bilan shug’ullanadigan mutahasislar, Internet sahifalarini yaratish, o’qitish jarayoni uchun va boshqa sohalarda muhim rol o’ynamoqda. Uning ayniqsa poligrafiya sohasida qo’llanilishi keyingi paytlarda rang-barang,suratli adabiyotlar, o’quv qo’llanmalari, badiy asarlarning paydo bo’lishi yuksak bezash tehnalogiyasidan foydalanishni taqazo qilmoqda.Diqqatni jalb qiluvchi videoroliklar, Internet sahifalarini yaratishni kompyuter grafikasisiz tasavur qilish qiyin bo’lib qoldi.




Download 152.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling