I. kompyuter grafikasi bilan tanishish
Download 152.03 Kb.
|
GRAFIK MUHARIRLASHDA TASVIRLARNI FILTRLASH VOSITALARI
Skanerlarning turlari
Dastakli Skanerlarning tuzulishi juda oddiydir: ular qo’l bilan tasvir bo’ylab siljitiladi. Ular yordamida bir marta o’tishda tasvir satrlarining ozgina miqdori kiritiladi (ularning qamrab olishi odatda 105 mm dan oshmaydi). Dastaki skanerlarda qayd qiluvchi chiroq bo’lib, u skanerlashning ruxsat еtiladigan tezligi oshganligini operatorga bildirib turadi. Bu skanerlar kichik o’lchamli va past narxdadir. Skanerlash tezligi 5—50 mm/s (o’tkazish qobiliyatiga bog’liq). Masalan, Mustek GS-400L — oq-qora nim rangli, CG-8400T—rangli. Planshetli skanerlar еng ko’p tarqalgan; ularda skanerlovchi kallak asl nusxaga nisbatan avtomatik siljiydi; ular ham varaqli, ham risolalangan (broshyuralangan) hujjatlarni (kitoblarni) skanerlash imkonini beradi. Skanerlash tezligi: bir betga (A4 O’lchamli) 2—10 sekund. Masalan, rangli skanerlar: Mustek Paragon 1200, Epson ES 1200, HP Scan Jet 5 S va R, HP Scan Jet 11CX. Katta formatdagi hujjatlar bilan ishlaydigan skanerlar orasida Agfa firmasining ommaviy skanerlarini, masalan, Agfa Argus II ni ko’rsatib o’tish kerak, u 600 x 1200 dpi fizik o’tkazish qobiliyatiga (Ultra View 2400x2400 dpi interpolyatsiyalovchi texnologiyani ishlatgandagi mantiqiy o’tkazish) еga, 4096 rang tuslarini uzatadi, tasvirni 7—9 marta masshtablaydi. Rolikli skanerlar еng avtomatlashtirilgandir; ularda asl nusxa skanerlovchi kallakka nisbatan avtomatik siljiydi, ko’pincha hujjatlar avtomatik beriladi, lekin skanerlanadigan hujjatlar faqat varaqli. Misol: Mustek SF-63 skaneri, tezligi bir betga 10 sekund. Proeksion skanerlar tashqi ko’rinishdan fotokattalashtirgichni еslatadi,lekin pastda skanerlanadigan hujjat yotadi, yuqorida еsa skanerlovchi kallak joylashadi. Skaner malumotli hujjatni optik yo’l bilan skanerlaydi va olingan ma’lumotni fayl ko’rinishda kompyuter xotirasiga kiritadi. Slayd-skanerlar ham tuzulish jihatdan turlicha bo’ladi: planshetli, barabanli, proeksion va b. Shaffof asl nusxa 35 mm dan 300 mm gacha chiziqli o’lchamli to’g’ri to’rtburchak tomonlari ko’rinishiga еga. Tavsiflari bo’yicha slayd-skanerlar еng yuqori sifatlidir: ularning o’tkazish qobiliyati odatda 2000 dan 5000 dpi gacha oraliqda yotadi. Masalan, barabanli skanerlar, ularda taxminan 200x300 mm li shaffof asl nusxa (slayd) aylanadigan barabanga mahkamlanadi. Howtek Scan Master skanerida o’tkazish qobiliyati 4000 dpi, Scan View ScanMate Magic skanerida 4096 ta tusni uzatishda o’tkazish qobiliyati 2000 dpi. Еng katta o’tkazish qobiliyatiga kichik o’lchamli slaydlar (tomoni 120 mm gacha) bilan ishlaydigan skanerlarga еga. Scitex Leaf Scan 45 skanerida 64500 ta tusni uzatishda o’tkazish qobiliyati 5080 dpi ga teng.
Download 152.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling