IX.Reduktor chizmasi.
Reduktor detallari ro’yxati va asosiy yozuvlari bilan birgalikda 1:1 masshtabda A1(594x841 mm) ga ikki proyeksiyada chiziladi.
X.Tishli g’ildirak va podshipniklar va uchun qo’yimlar.
Qo’yimlar [6] 10.13-jadvaldagi ma’lumotlar va ko’rsatmalarga mos ravishda belgilanadi.
Tishli g’ildirakning valga qo’yimi standart bo’yicha H7/p6.
Valning podshipnik osti bo’yni qo’yimi valning k6 og’ishi bilan bajariladi.Korpusdagi tashqi halqa osti teshigining og’ishi bo’yicha.
10.13-jadval bo’yicha qolgan qo’yimlar belgilanadi.
X.Reduktor uchun moy turini tanlash.
Tishli ilashmaning moylanishi tishli g’ildirakning sachratishi orqali amalga oshiriladi, bunda tishli g’ildirak taxminan 10 mm gacha reduktor qo’yilgan moyga botib turadi.Moy vannasining hajmi quydagicha aniqlanadi.
V:=0.25 V:=0.25 6.52 V:=1.63 dm3.
[6] 10.8-jadvaldan moyning qovushqoqligini aniqlaymiz.Bunda kontakt kuchlanish va aylana tezlik orqali moy qovushqoqligi tanlanadi. =322 MPa va v=1.14 m/s da moyning qovushqoqligi 34 .
10.10-jadvaldan shu qovushqoqlik bo’yicha moy turini tanlaymiz.Bunda I-30A sanoat moyini qabul qilamiz.
Podshipniklar kamerasini plastik moylovchi material bilan to’ldiramiz yoki davriy ravishda press-maslenka yordamida moylab turiladi.
XI.Reduktorni yig’ish.
Reduktorni yig’ishdan oldin reduktor korpusi ichki qismi obdon tozalanadi va moyga bardoshli bo’yoq bilan qoplanadi.
Yig’ishni reduktorning yig’ma chizmasiga mos ravishda olib boriladi.
Xulosa
Men ushbu kurs ishini tayyorlash davomida “Texnik mexanika” fanidan olgan bilimlarimni mustahkamlashga erishdim. Konussimon reduktorning afzalliklari, kamchiliklari haqida to’laroq ma’lumotga ega bo’ldim. Unda hosil bo’luvchi kuchlar va ularni o’rganish, hisoblash ketma-ketliklarini o’rganib chiqdim va kerakli jihatlarni alohida o’rganib chiqdim. Ushbu kurs ishini bajarish davomida olgan bilimlarimni boshqa fanlar bilan bog’lagan holda, amaliyotda qo’llab boraman. Men variatorli va planetar uzatmalarni uzatish mexanizmi va kinematikasini o’rganib chiqishni o’zimga maqsad qilib oldim. Chunki bunday turdagi oliy mexanizmlar kelajakka tomon yaqinroq qadam hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |