I. Krish Texnika va texnologiyalarning jadal sur’atlarda rivojalanishi, kompyuterlashtirish va boshqarish tizimining keng miqyosda qo’llanilishi texnika fanlariga bo’lgan talabni kuchaytirmoqda. Shuning uchun


Download 1.61 Mb.
bet2/11
Sana12.03.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1263258
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11


Tasmaning tortish qobiliyati, avvalambor tasma bilan shkiv orasidagi ishqalanish koeffistienti f va qamrov burchagi a ga bog’liq. Taranglik kuchlarini bu omillarga bog’liq ravishda topish masalasini Eyler hal qilgan. Bunda tasmaning elementar bo’lagi olinib, uning kuchlar ta’siridagi muvozanati ko’rib chiqiladi .
Muvozanat shartiga ko’ra, shkiv markaziga nisbatan olingan momentlar yig’indisi:
F · d/2 + f · dR · d/2 – ( F + dF ) · d/2 = 0,
yoki f · dR = dF -elementar ishqalanish kuchi. ( a )
Agar kuchlarni vertikal o’qqa proekstiyalari yig’indisi olinsa:
dR – F·sin( dφ /2) – ( F + dF ) Sin ( dφ / 2) = 0.
Bu tenglikdan ikkinchi darajali kichik sonlar chiqarilib tashlansa, Sin ( dφ/2) = dφ/2 deb qabul qilinsa, dR = F dφ ( b ) bo’ladi.
( a ) va ( b ) -lardan dF/F = f dφ ( v ). Ma’lumki, F –ning qiymati F1-dan F2 –gacha, φ –ning qiymati esa 0 –dan α1 -gacha o’zgaradi. Shuni e’tiborga olib (v) –ni integrallasak:
dF/F = ∫ f · dφ; ln ( F1 / F2) = f · α; F1 / F2 = e fα yoki F1 = F2· e fα kelib chiqadi. Bu erda e = 2 , 71- natural logarifmning asosi.
Tengliklarni birgalikda echib, quyidagi bog’lanishlarni topish mumkin:
F1 = Ft · e fα /(e fα -1); F2 = Ft / (efα – 1);
F0 = 0,5Ft (( efα + 1) / ( efα – 1)).
Bu formula yordamida uzatmaning ishini har taraflama baholash mumkin. Uzatma normal ishlashi uchun zarur bo’lgan taranglik kuchining eng kichik qiymati
F0 < 0,5Ft (( efα + 1) / ( efα – 1)),
bo’lganda tasma to’la sirpanishni boshlaydi.
Tasma tarmoqlaridagi F1 va F2 kuchlarning teng ta’sir etuvchisi uzatmaning val tayanchlariga tushadigan kuchini hosil qiladi. Teng ta’sir etuvchi kuch quyidagicha aniqlanadi:

Q = √ F12 + F2 2+ 2 F1 ·F2 ·Cos γ ≈ 2 F0 ·Cos (γ / 2).
Markazlararo masofani kichik, uzatish soni esa katta bo’lgan uzatmalarda yassi tasma qoniqarli ishlamaydi. Bunday xollarda ponasimon tasmali uzatmadan foydalanish ma’qul.
a b


Ponasimon tasmalarning ko’ndalang kesimi trapestiya shaklida bo’ladi. Bunday tasmalar kiydiriladigin shkivlarda shu tasmalarga moslangan ariqchalar bo’ladi. Lekin shkiv ariqchalarning chuqurligi tasma ko’ndalang balandligidan kattaroq bo’lishi kerak, chunki tasma shkivdagi ariqchaga joylashganda uning pastki sirti bilan shkiv orasida ochiq joy qolishi lozim. Shunday qilinganda tasmaning yon tamonlari shkivdagi ariqchaning yon tamonlariga to’la yopishadi va bu ponasimon tasmaning yassi tasmalarga nisbatan afzalligini ko’rsatadi .
Ponasimon tasma kord- 1, tasma ishlayotganda asosan siqilishiga ishlaydigan qismi rezina- 2 hamda tasmaning qobig’i rezinalangan gazlama- 3 dan iborat .
Ponasimon tasmalarning standartlashtirilgan etti turi ishlab chiqariladi, ularga oid asosiy ma’lumotlar jadvalda keltiriladi.
Bu uzatmalarni loyihilashda yassi tasmali uzatmalarni hisob-lashdagi kabi, R1, n1 va U ma’lum bo’ladi, d1, d2, a, Z hamda tasma-ning turini aniqlash talab etiladi.
Bitta tasmani uzata olishi mumkin bo’lgan hisobiy quvvat qiyma-ti quyidagicha hisoblanadi:

bu erda R1berilgan quvvat; Rj – bitta tasmaning uzatishi mumkin bo’lgan quvvatning jadvalda keltirilgan qiymati: Z – qabul qilingan tasma qatorlarining soni; -tegishli koef-ntlar; Kn = n1 /1000 -aylanishlar soni koeffistienti; KD = d1 / (Pj )max -shkiv diametrining koeffistieti (bu koeffistiet tanlab olingan d1 tanlab olingan 27 –jadvaldagi [1] qiymatlaridan katta bo’lgandagina kiriti-ladi). Odatda, hisobni boshida KD , Kα va KV qiymatlari ma’lum bo’lmaydi. Shuning uchun dastlab ular birga teng qilib olinadi va zarur qiymatlar topilgandan so’ng tuzatishlar kiritiladi.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling