Matnni turli shriftlar(жирный, курсив, подчеркнутый)da yozish. Matnning biror bo’lak qismini turli shriftlar(jirnыy, kursiv, podcherknutыy)da yozish uchun dastlab u belgilanadi va uskunalar majmuasidagi belgidan keraklisi tanlanadi.
Matnni sahifalarga ajratish. Matnni sahifalarga ajratish uchun menyuning Vstavka bo’limidan Номерастраниц… buyrug’i tanlanadi va ekranda quyidagi darcha paydo bo’ladi (1-rasm).
1-rasm. Sahifa parametrlarini o’rnatish oynasi.
Bu darchada sahifalash parametrlari o’rnatiladi. Положениеbo’limida sahifa nomerini varaqning yuqorisidan(Вверхустраницы) yoki pastidan(Внизустраницы), Выравниваниеbo’limida esa nomerni varaqning o’rtasidan(Отцентра), chap tomondan(слева), o’ng tomondan(справа) qo’yish kerakligi aniqlanadi. Agar foydalanuvchi matnni sahifaga ajratishni ixtiyoriy nomerdan boshlamoqchi bo’lsa, u holda Format bo’limiga kiriladi.
Форматномерастраницы muloqat oynasidan начатьсdarchasida nechanchi nomerdan boshlab nomerlamoqchi bo’lsa shu nomer yoziladi. Masalan, 50.
Abzas qatorlarini to’g’rilash. Matn qatorlarini chap tomondan tekislashda uning barcha qatorlari chapdan bir xil pozisiyadan boshlanadi, ya’ni qatorlarning chap tomoni vertikal chiziq hosil qiladi.
Matn qatorlarini o’ng tomondan tekislashda uning barcha qatorlari o’ngdan bir xil pozisiyada tugaydi, ya’ni qatorlarning o’ng tomoni vertikal chiziq hosil qiladi.
Matnni eni bo’yicha tekislashda matn qatorlarining chap va o’ng chegaralari bir xil bo’ladi.
Matnni markaz bo’yicha tekislashda matn qatorlari sahifa o’rtasidan o’tuvchi vertikal o’qqa nisbatan simmetrik holda joylashadi.
Kitoblar, jurnallar va boshqa nashriyot hujjatlarida asosan matnni eni bo’yicha tekislashdan foydalanishadi. Ingliz tilidagi hujjatlar faqat chap chegara bo’yicha tekislanadi, chunki ingliz tilidagi matnda bo’g’in ko’chirishdan foydalanilmaydi.
Word dasturida matn qatorlarini to’grilash uchun «Formatirovaniye» uskunalar majmuasidagi belgilardan foydalaniladi. Bu belgilardan joriy ish vaqtida faqat bittasidan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |