I. M. Sechenov 1862-yilda birinchi bo`lib mnt da tormozlanish hodisasini kashf etdi. U bosh miyaning ko‘ruv do‘mboqlaridan yuqori qismi kesib tashlangan baqani olib, oyoqlarini kislota eritmasidan tortib olish refle
Download 19.15 Kb.
|
1 2
Bog'liqFIZIO 12 MUSTAQIL
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bosh miya katta yarim sharlarining tuzilishi va vazifalari
MIYACHA FAOLIYATI
Miyacha harakatlarni boshqaradigan tizimning juda muhim qismi bo`lib, quyidagi vazifalarni bajaradi: 1) muskul tonusi va vaziyatni boshqarish; 2) maqsadga erishishga qaratilgan vaziyat va harakatlarni uyg‘unlashturish; 3) miya po‘stlog‘i yuzaga chiqaradigan harakatlarni uyg‘unlashtirish. Muskul tonusi va vaziyatni boshqarish chuvalchangga bog‘liq. Miyachaning bu qismi vaziyat va muskullar tonusi to‘g‘risidagi afferent impulslarni oladi va shular asosida chodir yadrosi orqali Deyters yadrosiga, to‘rsimon formatsiyaga va ular yordamida orqa miya markazlariga tonus va vaziyatni sozlab turuvchi efferent impulslarni yuboradi. Miyachaning chuvalchang qismi olib tashlansa, Deyters yadrosi tormozlanmay qoladi. Bu esa muskullar tonusining oshishiga va rigidlikka olib keladi. Chuvalchangni elektr toki bilan ta‘sirlash yozuvchi muskullar tonusini pasaytiradi. Miyacha po‘stlog‘ining oraliq zonasi katta yarim sharlarning harakatlantiruvchi sohalaridan maqsadga erishishga qaratilgan harakatlar to‘g‘risida ma‘lumot oladi. Bu ma‘lumotni orqa miyadan miyachaga kelgan tayanch-harakat apparatining holati to‘grisidagi axborot bilan taqqoslab, maqsadga erishishga qaratilgan harakatni boshqarishda ishtirok etadi. Ba‘zi bir maqsadga erishishga qaratilgan tez harakatlar ham (musiqa asboblarini chalish, sport mashqlarini bajarish) miyachaning tishli yadrosi nazoratida yuzaga chiqadi. Miyachani elektr toki bilan ta‘sirlash muskullar tonusini o‘zgartirish va ma‘lum harakatlarni yuzaga chiqarishdan tashqari, ichki a‘zolar faoliyati uchun ham befarq emas. Bu ta‘sir bir qator vegetativ reaksiyalarga sabab bo`ladi, masalan, qorachiq kengayadi, Bosh miya katta yarim sharlarining tuzilishi va vazifalari Miya po'stlog'i MNT ning filogenetik eng yosh qismi. Po'stloq kul rang modda bo'lib, miyaning quyi qismlaridagi oq moddani qoplab turadi. Miya po'stlogining yuzasi 2200 sm2, qalinligi 1,3-4,5 mm, umumiy hajmi 600 sm3. Undagi neyronlar soni taxminan 109-1010. Po‘stloqdagi glial hujayralar soni neyronlar sonidan 5-6 marta ko‘p.Po‘stloqda qadimiy, eski va yangi qismlar (po‘stloqlar) tafovut qilinadi. Qadimiy po‘stloqqa hidlov miya, eski po‘stloqqa gippokamp kiradi. Qolgan sohalar yangi po‘stloqni tashkil qiladi. Po‘stloqni tashkil qiluvchi neyronlar olti qavat joylashgan: 1) molekulyar qavat, 2) tashqi donali qavat, 3) piramida qavat, 4) ichki danali qavat, 5) gigant piramidal hujayralar (Bes hujayralari ) qavati, 6) multiform qavat. Po‘stloq hamma qismining neyron tuzilishida umumiylik bo`lgani bilan neyronlar soni va o`lchovida, qavatlardagi tolalar yo‘nalishi va tarqalishida anchagina farq bor. Shu asosda bosh miya po‘stlog‘ining ―haritasi tuziilgan. Bu haritada 52 soha ajratilgan. Faoliyatiga ko‘ra bir biridan farq qiladigan miya po‘stlog‘idagi sohalar assotsiativ, komissural va boshqa tolalar yordamida o‘zaro aloqdor. Assotsiativ tolalar o‘z yarim sharlarining uzoq va yaqin sohalarini bog;lasa, komissural tolalar ikkala yarim sharlar o‘rtasida aloqa o‘tkazadi. Komissural tolalarning deyarli hammasi qadoqsimon tanadan o‘tgan. Po‘stloqdan pastga tushib, uni po‘stloq osti tuzilmalariga bog‘laydigan tolalar proyeksion tolalar bo‘ylab efferent impulslarni o‘tkazadi. Afferent tolalarga assotsiativ va komissural tolalardan tashqari talarno-kortikal tolalar kiradi. Harakatlarni boshqarishda po‘stloqning muayyan sohalari ishtirok etadi. Bu sohalar motor po‘stloqni tashkil qiladi. Talamus yadrolari orqali boshqa sohalarga afferent impulslar o‘tadi. Ular po‘stloqning sensor sohalaridir. Faoliy ahamiyati noaniq bo`lgan sohalar ham bor. Masalan, miyaning peshona bo`limlarida joylashgan 9- va 12-sohalar. BOSH MIYA PO’STLOG’INING SENSOR QISMLARI Miyaning har qaysi yarim sharida somatik (teri va muskul-bo‘g‘imlardan) va visseral (ichki a‘zolardan) sezgilarning birlamchi sohalari bor. Bu sohalar I va II somatosensor sohalar deyiladi. Birinchi somatosensor soha orqa markaziy pushtaga (gyrus centralis posterior) joylashgan bo`lib, yuzasi ikkinchi somatosensor sohanikidan ancha katta. Bu sohada qoi kafti, tovush apparati, yuz vakilliklari ko‘p joyni egallagan. Badan, oyoqlar vakilliklari ancha kam joy oladi. Ikkinchi somatosensor soha Silviy egatining lateral qismiga joylashgan. Bu sohaga elektr toki bilan ta‘sir qilinganda bosim, tegish yoki issiq seziladi. Somatosensor sohalar olib tashlanganda, sezgilarni shakllaydigan ta‘sirotlar kuchidagi farq uncha bilinmaydi. Somatosensor sohalarning asosiy vazifasi talamusning spetsifik yadrolaridan keladigan ma‘lumotlarni baholash va birlashtirishdir. Bu yerda shakllanayotgan sezgilar kuchini solishtirish badanning ta‘sirlanayotgan qismlarini fazodagi munosabatini aniqlash, sezgilarning o‘xshashi va farqlarini baholashdan iborat. Birinchi va ikkinchi somatosensor sohalardan harakatlantiruvchi efferent tolalar chiqishi ham aniqlangan. Shu sababdan ularni sensomotor sohalar ham deyishadi. Ko‘ruv analizatorining o‘zagi miyaning ensa qismida sulcus calcarinus ning ikki chetida joylashgan (17-soha). Har ikki yarim shardagi ko‘ruv analizatorining markazida ikkala ko‘z to‘r pardasi, chunnonchi, chap markazga ikkala ko‘z to‘r pardasining o‘ng yarmi, o‘ng yarim shardagi markazga – ikkala ko‘z to‘r pardasining chap yarmi proyeksiyalanadi. Birlamchi ko‘ruv markazi bo`lgan 17-soha yonidagi 18- va 19-sohalar ham ko‘ruv sezgisiga dahldor. 18-19-sohalar shikastlanganda, odam yozilgan so‘zni anglamaydi. Bu sohalar ko‘z soqqasi harakatlarini boshqarishda ishtirok etadi. Eshituv analizatorining markaziy o‘zagi ustki chakka pushtasining o‘rtasiga joylashgan (41- va 42-sohalar). Bu sohalarga elektr toki bilan ta‘sir etilganda, odam tovushni sezadi. Eshituv markazining bir tomoni shikastlansa, odam butunlay kar bo`lmaydi, ammo yaxshi eshitmaydigan bo`lib qoladi. Tovush kelgan tomonni aniklash, tovushlarni vaqtga bog;lash qiyinlashadi. Chap yarim shardagi eshituv markazining ma‘lum qismi nutqni tushunishga javobgar. Bu soha shikastlansa, odam gapira olmaydi va gapga tushunmaydi. Miya po‘stlog‘ida hid va ta‘m sezish analizatorining markazlari ham bor E’TIBOTINGIZ UCHUN RAXMAT Download 19.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling