Lokal tarmoqda ishlashning asosiy afzalligi quyidagicha: kо‗p marta foydalaniladigan
rejimda dasturli modem, printerlar tarmog‗idagi disketlarning umumiy resurslaridan va
hamma kirishi mumkin bо‗lgan diskda saqlanuvchi ma‘lumotlardan foydalanish,
shuningdek, bir kompyuterdan boshqasiga axborot uzatish imkoniyati. Fayl - serverli lokal
tarmoqda ishlashning asosiy afzalliklarini sanab о‗tamiz.
1.
Shaxsiy va umumiy foydalanuvchi ma‟lumotlarni faylli serverda saqlash
imkoniyatining mavjudligi. Shu bois umumiy foydalaniladigan ma‘lumotlar ustida bir
vaqtda bir necha foydalanuvchi ishlay oladi (matnlar, elektron jadval va ma‘lumotlar
bazasini kо‗rib chiqish, о‗qish), Net Ware vositasida fayl va kataloglar darajasidagi
maúlumotlar kо‗p tomonlama himoya qilinadi; umumiy ma‘lumotlarning Excel, Access
kabi tarmoqli amaliy dasturlangan mahsulotlar bilan yaratiladi. Ayni paytda amaliy
dasturda belgilangan kirish uchun chegara tarmoq operatsion tizimi orqali о‗rnatilgan
chegara doirasida bо‗ladi.
2.
Kо„pgina foydalanuvchilar uchun zarur bо„ladigan dasturli vositani doimiy
saqlash imkoniyati: u yagona nusxada fayl-server diskida bо‗ladi. Shuni qayd etamizki,
dasturli vositani bunday saqlash foydalanuvchi uchun ilk ish usullarini buzmaydi.
Kо‗pgina foydalanuvchilar uchun zarur bо‗lgan dasturli vositaga avvalo matn va grafik
tahrirlovchi, elektron jadvallar, ma‘lumotlar bazasini boshqarish tizimi va boshqalar kiradi.
Kо‗rsatilgan imkoniyatlar orqali quyidagi ishlarni bajarish mumkin: ishchi
stansiyalarining lokal diskni dasturlangan vositalarni saqlashdan ozod qilish hisobiga
tashqi xotiradan unumli foydalanish; tarmoq operatsion tizim himoya vositasidan dasturli
mahsulotlarni ishonchli saqlash; dasturli mahsulotlarni ishlashga layoqatli ahvolda ushlab
turishni va ularni yangilashni soddalashtirish, chunki ular fayl-serverda bir nusxada
saqlanadi.
16
Do'stlaringiz bilan baham: |