I ma’ruza mashg`ulotlari 1-mavzu: ARUZ TIZIMI HAQIDA UMUMIY ma’lumot. Aruzning nazariy asoslari reja
Download 49.55 Kb.
|
1 ARUZ TIZIMI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT ARUZNING NAZARIY ASOSLARI
Ko`rsat jamoling mastonalarg`a,
Ishqinda kuygan parvonalarg`a. Misralarni vaznga muvofiq o`qib turib bo`g`inlarga ajratsak, quyidagi chizma hosil bo`ladi: Ko`r-sat ja-mo-ling mas-to-na-lar-g`a Ish-qing-da kuy-gan par-vo-na-lar-g`a Ya’ni ko`r, sat, ling, mas, lar, ish, qing, kuy, gan, par, lar bo`g`inlari tarkibida qisqa unli bo`lgan yopiq bo`g`in, mo, to, g`a, vo, g`a bo`g`inlari esa cho`ziq unli bilan tugagan ochiq bo`g`in sifatida cho`ziq bo`g`in deb belgilanadi. Ja, na, da, na bo`g`inlaridagi “a” unlisiqisqa o`qiliadi va shu tufayli qiqa bo`g`in sanaladi. Hijolarning o`zaro birikuvidan juzvlar hosil bo`ladi. Juzvning quyidagi turlari mavjud: sabab, vatad va fosila.
Sabab, vatad va fosilalarning birikuvidan she’riy misralar hosil qiluvchi eng yirik bo`lak – rukn maydonga keladi. Bir sababi xafif bilan vatadi majmu’ birikuvidan “Faulun” va “Foilun” ruknlari hosil bo`ladi. Agar vataddan so`ng sabab kelsa, “Faulun”, rukni aksincha sababdan so`ng vatad kelsa, “foilun” rukni tuziladi. Faulun rukni chizmasi V – – tarzida, foilun rukni esa –V– tarzida ifodalanadi. Ikki sabab bilan bir vataddan to`rtta to`rt bo`g`inli rukn tuziladi. Bular mafoiylun, foilotun, mustaf’ilun va maf’ulotu ruknlaridir. Vatadi majmudan so`ng ikki sabab kelsa, mafoiylun rukni (chizmasi:V– – –), vatadi majmu’ ikki sabab o`rtasida kelsa foilotun rukni (chizmasi: – V – –), vatadi majmu’ ikki sabadan so`ng kelsa, maf’uvlotu rukni (chizmasi: – – –V) hosil bo`ladi. Shunday qilib, sabab, vatad, fosilalar birikuvidan aruz vaznining asllar deb ataluvchi quyidagi ruknlari hosil bo`ladi:
Aruz vaznidagi she’r o`lchovlarining asosiy turlari – bahrlar yuqoridagi 8 ruknning turli tartibda birikib takrorlanishidan hosil bo`ladi. Ularni quyidagicha guruhlash mumkin: bir ruknning aynan takroridan tuzilgan bahrlar. Bunday bahrlar 7 ta bo`lib, maf’ulotu ruknidan bo`lak, yuqoridagi 7 ruknning aynan takroridan hosil bo`ladi. YA’ni faulun rukni takroridan mutaqorib, foilun rukni takroridan mutadorik, mafoiylun ruknidan hazaj bahri, foilotundan ramal, mutafoilundan komil hamda mafoilatun rukni takroridan vofir bahri hosil bo`ladi. Мушокил bahri. Bu bahr ikki mafoiylun va bitta foilotun rukni takroridan tuziladi. Solim ruknlarining har bir baytda: Foilotun mafoiylun mafoiylun Foilotun mafoiylun mafoiylun tarzida takrorlanishidan mushokil bahrinig mushokili musaddasi solim vazni hosil bo`ladi. G`arib bahri. Bu bahr ikki foilotun va bitta mustaf’ilun rukni takroridan tuziladi. Bu ruknlar har qaysi baytda solim holda: foilotun foilotun mustaf’ilun foilotun foilotun mustaf’ilun tarzida takrorlanishidan g`aribi musaddasi solim vazni hosil bo`ladi. Sare’ bahri. Bu bahr ikki mustaf’ilun va bir muf’ulotu rukni takroridan tuziladi. Bu ruknlarning she’r baytlarida: mustaf’ilun mustaf’ilun muf’ulotu mustaf’ilun mustaf’ilun muf’ulotu tarzida takrorlanishidan sare’ musaddasi solim vazni hosil bo`ladi. Shunday qilib, 19 bahr bilan tanishdik. Hazaj, ramal, rajaz mutaqorib, sare’, xafif, muzore’, munsareh, komil bahrlari turkiy aruzda qo`llanadi. Vofir, tavil, muqtazab, g`arib (jadid), madid, basit, qarib, mushokil turkiy aruzda qo`llanmaydigan bahrlar hisoblanadi. XII-XIII asrlar manbalarida o`n beshta bahr qayd etilgan bo`lsa, Alisher Navoiyning "Mezon ul-avzon" asarida o`n to`qqizta, Boburning "Muxtasar”ida esa "ariz" va "amiq" bahrlari ham qo`shilgan holda ularning soni yigirma bittaga yetgan. Bahrlar va ularning tarkibi quyidagi jadvalda o`z ifodasini topgan:
Download 49.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling