I. Ma’ruza materiallar 1-mavzu. Tabiat bilan tanishtirish metodikasining fan sifatida shakllanishi
Download 24.92 Kb.
|
1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralari
I.Ma’ruza materiallar 1-mavzu. Tabiat bilan tanishtirish metodikasining fan sifatida shakllanishi Reja: 1. Kirish. Tabiat haqida tushuncha. 2. Markaziy Osiyo mutafakkirlarining tabiat bilan tanishtirish haqidagi ta’limotlari Mavzuning maqsadi: Tabiat bilan tanishtirish metodikasi fanining shakllanishi. tabiat haqida tushuncha va tabiatni ilk yoshdan o`rganish haqidagi qarash va ta’limotlar Mavzuning vazifalari: 1. Tabiatni o`rganish inson kamolotining muhim omillaridan birn ekanliginn anglash. 2. Barkamol shaxsni shakllanishida tabiatdagn xodnsalarnn ta’snrn xakndagn ta’lnmotlar. 3. Tabiat bilan tanishtirish metodikasini fan sifatida yaratilishi haqidagi ilmiy izlanishlar olib borgan olimlar ijodi bilan tanishtirish. Tayanch iboralari: tabiat, jonli tabiat, uy-makon. Avesto, atrof-muhit, tabiatshunoslik, kuch, qobiliyat, tabiat bilan tarbiya uyg`unligi KIRISh O`zbekiston Respublikasi mustaqilikka erishgandan so`ng uz milliy qadriyatlarini tiklash yo`lida jamiyat hayotinnng har bir jabxasida sobitqadamlik bilan ish olib bormoqda. Ayniqsa, tabiat bilan inson munosabatlariga oid muammolarni hal qilishda dastlab bu pedagogik jarayoni oila va MTMlardan boshlamoq zarur. Shunga ko`ra bolalar bog`chalarida ta’lim-tarbiya berayotgan tarbiyachilarning oldida eng muhim vazifalaridan biri ham bolalarning tabiat go`zalliklarini ko`ra bo`lishi, uni sevishi, tabiatda yuz beradigan voqea-xodisalar haqida to`g`ri tushunchaga ega bo`lishi, tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish ruxida tarbiyalash muhim pedagogik muammo hisoblanadi O`quv qo`llanmada Respublika Xalq ta’limi vazirligi tomonidan joriy etilgan bolalar bog`chalarini tabiat bilan tanishtirish dasturi, O`zbekistonnnng o`ziga xos etnik xususiyatlari, geografik iqlimi, tabiiy xususiyatlari o`rin olgan hamda amaliyotda erishilgan yutuklar asosida ta’lim-tarbiya haqida nazariy g`oyalar berilgan. Qo`llanma maktabgacha yoshdagi bolalarning har bir yosh bosqichiga hos psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ilk yoshdagi kichik guruxdan to maktabgacha tayyorlov guruhi uchun mo`ljallangan bilim va ko`nikmalar hajmini o`z ichiga oladi, bo`lajak bog`cha tarbiyachilari uchun eng muhimi, ta’lim-tarbiya tizimini tushunib olish, tabiat bilan tanishtirishning shakl, metod va uslublarini shu bilan birga bolalarning faoliyatlariga rahbarlik qilishni o`rganib oladilar, o`quv qo`llanma bayonida quyidagi tartibga e’tibor qaratildi: • Mavzu nomi • Mavzu bayon bo`yicha reja • tayanch iboralar • Mavzuning matni • Mavzuni mustahamlovchi savol va topshiriqlar • Foydalanilgan adabiyotlar Mazkur qo`llanma o`quv adabiyotlarini yangi avlodini yaratishga oid qo`yilgan talablar asosida yaratildi. Atamalar: Biosfera — erda hayotni paydo bo`lishi Ekologiya — uy, makon Populyasiya — aholi Autekologiya — «o`zi» Sinekologiya — birlikda Download 24.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling