I. Mavzu: Uchburchak va uning turlari Darsning maqsadi


Uchburchak va uning turlari


Download 77 Kb.
bet2/4
Sana17.01.2023
Hajmi77 Kb.
#1096756
1   2   3   4
Bog'liq
uchburchak

Uchburchak va uning turlari
Uchburchaklar, ularning perimetri haqida siz boshlang‘ich sinflarda tanishgansiz. Tekislikda uchta A, B, C nuqtalarni belgilaylik:

A, B , C nuqtalarni AB, AC, BC kesmalar yordamida tutashtiramiz. Natijada ABC uchburchak deb ataluvchi shakl hosil bo‘ladi.

Ta’rif. Tekislikning AB, BC, AC kesmalar bilan chegaralangan qismi ABC uchburchak deyiladi va Δ ABC kabi belgilanadi.
A, B va C nuqtalar uchburchakning uchlari deyiladi.AB, BC, AC kesmalar esa uchburchakning tomonlari deyiladi.
Uchburchakning ixtiyoriy bir tomoni qolgan ikki tomoni yig‘indisidan kichik,ammo ular ayirmasidan katta bo‘ladi.
AC-BC
AB-BC<="" ab+bc="" p="">
AB-AC< BC
2. Uchburchak turlari.
Uchburchakda uchta burchak bor. Uchburchak burchaklari gradus o‘lchovlarining yig’indisi 180o ga teng.

Uchburchak burchaklariga ko‘ra uch xil bo‘ladi:
1. o’tkir burchakli uchburchak,
2. o‘tmas burchakli uchburchak,
3. to‘g‘ri burchakli uchburchak.




Uchburchakning burchaklari


Uchburchakning atalishi


Ko‘rinishi (rasmi)

Hamma burchaklari o‘tkir burchak


O‘tkir burchakli uchburchak





Burchaklaridan biri to‘g‘ri burchak


To‘g‘ri burchakli uchburchak





Burchaklaridan biri o‘tmas burchak


O‘tmas burchakli uchburchak








Download 77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling