67 Ko’r odamning kozini ochgan tabib haqidagi hikoyada kozi ochilgan
chol nimadan norozi bo'lib, tabibni yoqish uchun keladi?
1) odamlarning berahm, soxtaligidan;
2) odamlarning o'g'irlik, fahshni ko'rib ham jim yurishlaridan;
3) odamlarning u ko'r bo'lgan paytda mehribon bo'lib, hozir uni yomon ko'rishlaridan;
4) odamlarning o'z do'stiga xiyonat qilishlaridan.
A) 1,2,3
B) l,3,4
C) 1 2 4
D) 2,3,4
68 Basir odamning qaysi orzulari chippakka chiqqan edi?
A) U dunyo musaffo, sof deb o'ylardi.
B) sevib qolishni istar edi.
C) Jajji, shirin bolalar bilan do'st bo'lmoqchi edi.
D) Mansabdor, badavlat inson bo'lmoqchi edi.
69 Tabib vafotidan so‘ng xalqning aql ko‘zi nimadan ochiladi?
A) ko'milgan tuproqdan
B) qabr toshidagi yozuvdan
C) yoqilgan gulxan olovidan
D) dor og‘ochini ko‘rib
70 Hakimni vafotidan keyin qanday ulug'ladilar?
A) Nomini mangulashtiradilar.
B) -Oltindan haykal qo'yadilar.
C) Bronzadan haykal qo'yadilar
D) Kumushdan haykal qo'yadilar.
71 “Ruhlar isyoni” dostonida kimga haykal o’rnatilganligi haqida aytiladi?
A)Donishmandga
B)Shohi Jahonga
C)Avrangzebga
D)Thokurga
72 Erkin Vohidovning «Ruhlar isyoni» dostonida keltirilgan «Jaholat to'g'risida»gi rivoyat xato talqin qilingan javobni aniqlang.
A) So'qir ko'zlari ochilgan chol minnatdorchilik o'rniga hakimni yoqishga hukm qilganlarida alangaga bir bog' poxol ko'tarib kelib tashlaydi.
B) Hakim so'qir odamning ko'zini afsun, makr-u hiyla bilan ochadi, shu tufayli olomon tomonidan yoqishga hukm qilinadi.
C) Johil olomon hakimni e'zozlash o'rniga uni halok etadilar, ammo vafotidan keyin aql ko'zi ochilgan odamlar unga haykal o'rnatadilar.
D) Ushbu rivoyatda ko'zlari ochilgach, dunyo haqidagi tasavvurlari butunlay o'zgarib ketgan kishining iztiroblari aks etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |