I. Oʻquv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy taʻlimdagi oʻrni
Download 382.66 Kb. Pdf ko'rish
|
2.18. MENEJMENT PSIXOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2- mavzu. Sharq psixologiyasi: boshqaruvchilikka oid mutafakkirlarining sharqona qarashlari
- 3- mavzu. Menejment psixologiyasi: rahbarlik va liderlik
- 4- mavzu. Menejerga xos kompetentlik va kompetentsiyalar
- 5- mavzu. Rahbarlik psixologiyasi: rahbarlik uslublari va qaror qabul qilish
- 2-modul. Boshqaruv psixologiyasi: 6- mavzu. Boshqaruv jarayonni tashkil etishning psixologik omillari va texnologiyalari
- 7- mavzu. Sport pedagogik faoliyat qobiliyatlarini rivojlantirishning ijtimoiy psixologik mexanizmlari
- 8- mavzu. Menejmentning gender jihatlari
- 9 - mavzu. Rahbarlikka zaxira kadr imidjini oʻzgartirish (korrektsiyalash) va talablarga moslashtirish kontseptsiyasi
- III. Seminar mashgʻulotlarni tashkil etish boʻyicha koʻrsatma va tavsiyalar
2
3
Rahbar kadrlarni psixologik baholash, ularga zarur boʻlgan xislatlar majmuasini ishlab chiqish, nomzodlarni toʻgʻri tanlash masalalarini oʻrganish an’anasi sotsial psixologiya sohasida mavjud. Bu sohada amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlarning jiddiyligi hamda dolzarbligi – menejment psixologiyasi deb ataluvchi mustaqil yoʻnalishning yuzaga kelishiga sabab boʻldi. Rahbar shaxsini boshqaruv faoliyatining asosiy boʻgʻini (obyekti) sifatida qator fanlar – iqtisodiyot, mehnat sotsiologiyasi, menejment, marketing va boshqalarning – predmetlaridan biri hisoblanib, uning turli qirralarini har bir fan oʻziga xos usul hamda uslublar yordamida oʻrganadi. Lekin bu izlanishlarning deyarli hammasi tushuntiruvchi va modellashtiruvchi xarakter kasb etib, aslida rahbar shaxsini tanlash, saralash, uning faoliyatini oʻzgartirish (korrektsiyalash) va talablarga moslashtirish jarayoni ijtimoiy-psixologik tamoyillarga asoslanadi. Shu jihatdan ham Oliy ta’limda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash jarayonida “Menejment psixologiyasi” fanining roli va oʻrni beqiyosdir. “Menejment psixologiyasi” fani umumkasbiy fan hisoblanib, 7-semestrda oʻqitiladi. Rejalashtirilgan gumanitar va tabiiy-ilmiy (sportda axborot kommunikatsion texnologiyalari), umumkasbiy (umumiy psixologiya, psixologiya tarixi, sosial psixologiya, ontogenez psixologiyasi, ixtisoslik (sport
psixologiyasi, sport
psixodiagnostikasi va
psixokorreksiya) va tanlov fanlaridan olingan bilim va koʻnikmalarni toʻldirishga yordam beradi.
I. Oʻquv fanining maqsad va vazifalari
puxta egallash va ularni tarbiyalashdek juda muhim vazifani hal qilar ekan, talabadan ulkan nazariy va amaliy tayyorgarlikni nazarda tutadi. Fanning vazifalari – “Menejment psixologiyasi” fanini oʻzlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:
- menejment evolyutsiyasi; boshqaruv ilmining nazariy-tarixiy asoslari; chet el menejment nazariyalari va amaliyoti; sharq mutafakkirlarining boshqaruvchilik faoliyatiga oid ijtimoiy-psixologik qarashlari haqidagi tasavvur va bilimlarga ega boʻlishi; boshqaruv va liderlikka oid nazariyalarni; boshqaruv uslublari va superliderlik fenomenini; karyeraning turlari va amalga oshirish bosqichlarini, menejmentning gender jihatlarini bilishi va ulardan foydalana olish koʻnikmalariga ega boʻlishi; boshqaruv organlari rahbarligiga zaxira kadrlarni kasbiy va shaxsiy sifatlarini diagnostikalash; karyerani tanlash, rejalashtirish va uni amalga oshirish; personalni boshqarish; talablar darajasida oʻrganish malakalariga ega boʻlishi kerak.
4
II. Asosiy nazariy qism (maʻruza mashgʻulotlari) 1-modul. Menejment evolyutsiyasi: 1-mavzu. Nazariyadan amaliyot sari tarixiy yuksalishlar Boshqaruv ilmining nazariy-tarixiy asoslari. Yevropacha menejment nazariyalari. Ma’muriy boshqaruv maktabi. Inson kapitali nazariyasi. Amerikacha menejment nazariyalari. Ilmiy boshqaruv maktabi yoki mehnatni ilmiy tashkil etish maktabi. Mak- Gregorni “X” va “Y” nazariyalari. “X” nazariyasining tamoyillari. “Y” nazariyasining tamoyillari. Amerikacha menejment amaliyoti. Insoniy munosabatlar maktabi. Boshqaruvga jarayon sifatida yondashish. Ovchining “Z” nazarisi. Yaponcha menejment amaliyoti. Miqdoriy yondashuv. Tizimli va vaziyatli yondashuvlar. Inson resurslarini rivojlantirish kontseptsiyasi. Mak-Gregorni “X” va “Y” hamda Ovchini “Z” nazariyalarining qiyosiy tavsifi. Liderlik sifatlari nazariyasi. Liderlikning vaziyatga bogʻliqligi nazariyasi. Liderlikning sintetik nazariyasi. “Superlider” tushunchasi. Superlider kim va qachon oddiy lider superga aylanadi? Juell, Mans va Simslarning bu boradagi qarashlari mazmuni. Oddiy rahbar yoki liderning superliderga aylanish bosqichlari. Samarali boshqaruv. Amerikalik mashhur psixolog Deyl Karnegining ta’kidlari.
Forobiyning “Fozil odamlar shahri” asari sharhi. Beruniyning “Hindiston” asarida keltirilgan boshqaruv xususidagi gʻoyalari mazmuni. Yusuf Xos Xojibning “Qutadgʻu bilig”, ya’ni “Saodatga boshlovchi bilim” asaridagi boshqaruvchi shaxsiga oid qarashlari mazmuni. Amir Temurning ijtimoiy hayotni boshqarishga oid ijtimoiy-psixologik yondashuvi. Navoiy, Donish, Avloniylarning bu boradagi davlat boshqaruvi toʻgʻrisidagi qarashlari mohiyati.
3- mavzu. Menejment psixologiyasi: rahbarlik va liderlik Menejment psixologiyasi – boshqaruv maqsadi va vazifalari. Boshqaruvning obyekti. Boshqaruvning subyekti. I.Mahmudovning “lider” tushunchasiga nisbatan yondashuvi. Boshliq bilan boʻysunuvchilar oʻrtasidagi munosabatlar. “Lider” va “boshliq” tushunchalari oʻrtasidagi farqlar. B.Pariginning bu boradagi qarashlari. Sport psixologlar kasbiy kommunikativ-kompetentligini rivojlanishiningpsixologik xususiyatlari.
5
Kompetentlik tushunchasi. Menejerning tayanch kompetentsiyalari. Psixologik kompetentsiya. Professional kompetentsiya. Uslubiy kompetentsiya. Ijtimoiy-psixologik kompetentsiya. Autopsixologik kompetentsiya. Ijtimoiy-informasion kompetentsiya. Kommunikativ kompetentsiya. Kognitiv kompetentsiya. Maxsus kompetentsiya. Madaniy kompetentsiya. Maqsadning qoʻyilishi. Motivatsion qoʻllab quvvatlash. Komandada ishlash koʻnikmalarini tarbiyalash. Xodimlarga vakolatlarni taqsimlash. Oʻzgarishlarni boshqarish. Qoʻl ostidagilarning imkoniyatlarini rivojlantirish. Mehnat sifatini boshqarish. Muloqotga e’tibor. Ogʻzaki muloqot. Yozma muloqot. Ishontiruvchi muloqot. Boshqalarni tushuna olish. Atrofdagilarga ta’sir oʻtkazish. Hamkorlik oʻrnatish. Mijozga yondashuv. Diagnostik ma’lumotlarni yigʻish. Analitik fikrlash. Istiqbolli fikrlash. Tushuntiruvchi fikrlash. Strategik fikrlash. Texnika sohasidagi kompetentsiya. Tashabbuskorlik. Tadbirkorlik qobiliyati. Yangiliklarni madaniylashtirish. Natijani moʻljalga olish. Vijdonlilik. Qat’iyatlilik. Oʻziga ishonch. Stresslarni boshqarish. Ishonchli boʻlish. Moslashuvchan, qayishqoq boʻlish.
rahbarlik uslublari va qaror qabul qilish Nemis olimlaridan G.Gibsh va M.Forverg, rus olimlaridan V.Parigin, L.Uminskiy, M.Jukov va boshqalarning ishlari mazmuni. Boshqaruv uslubi. An’anaviy yondashuv. Zamonaviy yondashuvlar. Vaziyatga oid rahbarlik uslubi. Avtoritar uslub. Demokratik uslub. Liberal uslub. Konsultativ uslub. Partisipativ uslub. Boshqaruv matrisasi. Boshqaruv uslublarining kommunikativ imkoniyatlari. Rahbar shaxsi. Muammoning qoʻyilishi. Rahbar shaxs xislatlari. Rahbar yoshi. Rahbar jinsi. Shaxsning ijtimoiy-iktisodiy mavqei va uning ma’lumoti darajasi. Hayot tajribasi. Samarali rahbar qiyofasi. Shaxsning ijtimoiy-psixologik strukturasi. Samarali boshqaruvga toʻsqinlik qiluvchi shaxs xislatlari. Liderlik va rahbarlik. Rahbarlik muloqoti va uning bosqichlari. Rahbarlik muloqotining xususiyati. Boshqaruv muloqoti. Rahbarlik muloqoti bosqichlari tavsifi. Muammoli, qiyin va nizoli vaziyatda muloqot olib borish bosqichlari. Muloqotda idrok jarayoni. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish. Boshqaruv qarorlari mohiyati. Qaror qabul qilish darajalari. Qaror shakli. Zarur malakalar. Odatiy qarorlar. Tanlovga asoslangan (selektiv) qaror. Moslashuvchan darajadagi qaror qabul qilish. Innovasion, ya’ni yangiliklarni joriy etish bilan bogʻliq qarorlar. Qaror qabul qilish bosqichlari.
6- mavzu. Boshqaruv jarayonni tashkil etishning psixologik omillari va texnologiyalari 6
Personalni boshqarishning ijtimoiy psixologik jihatlari. “Personalni boshqarish” tushunchasi. Personalni boshqarish xizmatlari. Personalni boshqarishga ta’sir koʻrsatuvchi asosiy omillar. Personalni boshqarish funksiyalari. Personalni boshqarishning huquqiy jihatlari. Personalni boshqarishning ijtimoiy-psixologik jihatlari. Kadrlarni joylashtirish sohasida. Xodimlar adaptatsiyasi / moslashuvini boshqarish. Xodimlarni tashkilot maqsadi sari yetaklash. Xodimlarni motivatsiyalash. Personalni oʻqitish. Psixologiyaning boshqaruvda tutgan oʻrni. Boshqaruv funksiyalari va uning tarkibiy qismlari. Boshqaruv texnologiyalari. Shaxsiy motivatsiyalash uslublari. Majlislar oʻtkazish texnologiyasi. Vaqtni boshqarish. Boshqaruvda nazoratni takomillashtirish. Xotorn tadqiqotlarining mazmun va mohiyati.
psixologik mexanizmlari Rahbarning professional muhim sifatlari. Konseptual qobiliyat va xulq-atvor standartlari. Shaxsiy sifatlar. Salomatlik. Mustaqillik shaxs qiyofasini belgilovchi muhim psixologik xususiyat sifatida. Rahbarga zarur boʻlgan toʻrtta “T”. Ayrim boshqaruv sohalari rahbarlariga xos boʻlgan ustuvor sifatlar. Rahbar shaxsining gʻoyaviy-siyosiy sifatlari. “Rahbarning professional-mutaxassislik sifatlari”ni sport jamoasining yuqori, oʻrta hamda quyi boʻgʻin rahbarlarini ekspertlar tomonidan baholanishi. Sport jamoasining yuqori, oʻrta hamda quyi boʻgʻin rahbarlarini muloqotmandlik darajasi.
Mehnat bozori va biznes qatlamda ayollarning tutgan oʻrni. Zamonaviy menejmentdagi gender farqlanishlar. Boshqaruv faoliyatiga ayollarning kirib kelishiga toʻsiq boʻladigan omillar. Mehnat bozoridagi resosializasiya jarayoniga ayollarning yondashuvi.
9 - mavzu. Rahbarlikka zaxira kadr imidjini oʻzgartirish (korrektsiyalash) va talablarga moslashtirish kontseptsiyasi Zaxira kadr imidjini oʻzgartirish (korrektsiyalash) va talablarga moslashtirish nazariyalari. Zaxira kadr imidjini amaliy jihatdan rivojlantirish va shakllantirish bosqichlari. Ma’muriy boshqaruv organlari rahbarligiga zaxira kadrning kasb professiogrammasini yaratishning ilmiy-amaliy asoslari. Ma’muriy boshqaruv organlari rahbarligiga zaxira kadrlarni kasbiy va shaxsiy sifatlarini diagnostikalash. Ma’muriy boshqaruv samaradorligini oshirish yoʻllari.
7
Seminar mashgʻulotlari mavzu boʻyicha reja va tavsiya qilingan adabiyotlar asosida oʻtkaziladi. Talaba mustaqil tayyorgarlik koʻrib, toʻplagan bilimlarini dars vaqtida himoya qiladi. Talabalar menejment evolyutsiyasi, menejment psixologiyasining nazariyalari va amaliyotini tarixiy jihati, Sharq mutafakkirlarining boshqaruvchilik faoliyatiga oid ijtimoiy-psixologik qarashlarini, boshqaruv ilmining nazariy-tarixiy asoslarini, psixologiyada boshqaruv muammosini, rahbarlik va liderlik tushunchalarini, rahbarlik uslublarini, boshqaruv va liderlikka oid nazariyalarni, superliderlik fenomenini, boshqaruv jarayonini tashkil etishning psixologik omillarini, boshqaruv texnologiyalarini, rahbarlik psixologiyasini, qaror qabul qilish jarayonini, jamoalar va xodimlarni boshqarishning psixologik asoslarini, menejerga xos kompetentlik va kompetentsiyalarni, sport jamoasi rahbari shaxsining obyektiv ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini, menejmentning gender jihatlarini, rahbarlikka zaxira kadr imidjini oʻzgartirish (korrektsiyalash) va talablarga moslashtirish kontseptsiyasini oʻrganadilar. Seminar mashgʻulot uchun tavsiya etilayotgan mavzular: 1. Menejment evolyutsiyasi: nazariyadan amaliyot sari tarixiy yuksalishlar; 2. Sharq psixologiyasi: boshqaruvchilikka oid mutafakkirlarining sharqona qarashlari; 3. Menejment psixologiyasi: rahbarlik va liderlik; 4. Menejerga xos kompetentlik va kompetentsiyalar; 5. Rahbarlik psixologiyasi: rahbarlik uslublari va qaror qabul qilish; 6. Boshqaruv psixologiyasi: jarayonni tashkil etishning psixologik omillari va texnologiyalari; 7. Jamoalar va xodimlarni boshqarishning psixologik asoslari; 8. Sport psixologiyasi: jamoa rahbariining obyektiv ijtimoiy-psixologik xususiyatlari; 9. Menejmentning gender jihatlari; 10. Rahbarlikka zaxira kadr imidjini oʻzgartirish (korrektsiyalash) va talablarga moslashtirish kontseptsiyasi. Seminar mashgʻulotlarni tashkil etish boʻyicha kafedra professor-oʻqituvchilari tomonidan koʻrsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Unda talabalar asosiy ma’ruza mavzulari boʻyicha olgan bilim va koʻnikmalarini amalda qoʻllash orqali yanada boyitadilar. Shuningdek, asosiy va qoʻshimcha oʻquv adabiyotlari asosida talabalar bilimlarini mustahkamlashga erishish, tarqatma materiallardan foydalanish, ilmiy maqolalar va tezislarni chop etish orqali talabalar bilimini oshirish, psixologik testlarni qoʻllash, mavzular boʻyicha tahlil qilish va boshqalar tavsiya etiladi.
Mustaqil ta’limning turli xil shakllari mavjud boʻlib, bunda asosiy e’tibor talabaning berilgan mavzular (amaliy masalalar, topshiriqlar va keys-stadilar)ni mustaqil
8
ravishda, ya’ni auditoriyadan tashqarida bajarishi, oʻqib oʻrganishi va shu yoʻnalish boʻyicha bilim va koʻnikmalarini chuqurlashtirishiga qaratiladi. Ushbu shakllarga quyidagilar tegishlidir: - darslik, oʻquv qoʻllanma yoki oʻquv-uslubiy majmua boʻyicha fan boblari va mavzularini oʻrganish; - tarqatma materiallar boʻyicha ma’ruzalar qismini oʻzlashtirish; - avtomatlashtirilgan oʻrgatuvchi nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash; - maxsus adabiyotlar boʻyicha fanlar boʻlimlari yoki mavzulari ustida ishlash; - talabalarning oʻquv-ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish bilan bogʻliq boʻlgan fanlar boʻlimlari va mavzularini chuqur oʻrganish; - keys-stadilar va oʻquv loyihalarini mustaqil bajara olish; - faol va muammoli oʻqitish uslubidan foydalaniladigan oʻquv mashgʻulotlarini oʻzlashtirish. Tavsiya etilayotgan mustaqil ta’limning mavzular: 1. Sport jamoasi rahbarligiga zaxira kadrning kasb professiogrammasini yaratishning ilmiy-amaliy asoslari. 2. Sport jamoasi rahbarligiga zaxira kadrlarni kasbiy va shaxsiy sifatlarini diagnostikalash. 3. Karyeraning sport sohasiga doir masalalari. 4. Boshqaruv jarayonlari va mexanizmi diagnostikasi. 5. Sport jamoasi rahbarligiga da’vogarlarni autopsixologik kompetentsiyasining rivojlanishi. 6. Menejer shaxsining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini professional talablar darajasida oʻrganish. 7. Kommunikativ va tashkilotchilik layoqatlarini aniqlash. 8. Empatik qobiliyatlar darajasini diagnostika qilish. 9. Tashkilotchilik qobiliyati psixodiagnostikasi. 10. Menejer kasbiy moyilligini baholash. Fan boʻyicha kurs ishi oʻquv rejasida koʻzda tutilmagan.
1. Каримова В.М., Ҳайитов О.Е., Джалалова С.М. Бошқарув психологияси. Ўқув қўлланма. Олий ўқув юртлари талабалари магистратура босқичи талабалари учун. / Проф. В.М. Каримованинг умумий таҳрири остида. – Т.: “Фан ва технология”, нашриёти, 2008.–208 б. 2. Gilbreth, Lillian Moller. The Psychology of Management: The Function of the Mind in Determining, Teaching and Installing Methods of Least Waste. – USA:
9
CreateSpace Independent, 2013. Qoʻshimcha adabiyotlar 3. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob halqimiz bilan birga quramiz - Toshkent: “Oʻzbekiston” NMIU, 2017. – 488 b. 4. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini taminlash yurt taraqqiyoti va halq faravonligining garovi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi ma’ruza. 2016 yil 7 dekabr /Sh.M. Mirziyoyev. – Toshkent: “Oʻzbekiston” NMIU, 2017.- 48 b. 5. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik Oʻzbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bagʻishlangan Oliy Majlis palatalarining qoʻshma majilisidagi nutq / Sh.M. Mirziyoyev. – Toshkent: “Oʻzbekiston” NMIU, 2017. – 32 b. 6. Адаир Д. Психология лидерства. – М.: Изд-во Ексмо, 2007. – 352 с. 7. Алавердов А.Р. Управление персоналом: учеб.пособие / А.Р.Алавердов. – М.: Маркет ДС, 2007. – 304 с. 8. Миддлтон Д. Карьера / Д.Миддлтон. – М.: Эксмо, 2007. – 240 с. 9. Психология менеджмента / Под ред. проф. Г.С.Никифорова. – 3-е изд. – Харьков: Изд-во Гуманитарный Центр, 2007. – 512 с. 10.
Каримова В.М., Ҳайитов О.Е., Умарова Н.Ш. Бошқарув соҳасидаги профессионал компетенция асослари: Монография. / Проф. В.М. Каримова таҳрири остида. – Т.: “Фан ва технология”, 2008. – 120 б. 11.
Махмудов И.И. Бошқарув психологияси: Ўқув қўлланма / Масъул муҳаррир: А.Холбеков. – Т.: ДЖҚА “Раҳбар” маркази; “YUNAKS-PRINT” МЧЖ, 2006. – 230 б. 12.
Нарзулла Боймуродов. Раҳбар психологияси: Олий таълим, халқ таълими, соғлиқни сақлаш, ўрта махсус касб-ҳунар таълими бошқармаларининг маъмурий ходимлари учун қўлланма. – Т.: Янги аср авлоди, 2007. 13.
Қуронов М. Раҳбарлик лавозимлари профессиограммалари ҳақида. Раҳбар ва ходим. – Т.: Академия, 1998. Internet saytlari 14.
www.gov.uz -
Oʻzbekiston Respublikasi xukumati portali 15.
www.lex.uz – Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi. 16. ziyonet.uz 17. http://www.voppsy.ru
10
11
12
Download 382.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling