I. O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni


Download 356.77 Kb.
Pdf ko'rish
Sana01.06.2020
Hajmi356.77 Kb.
#112923
Bog'liq
2.01. PSIXOLOGIYA VA SPORT PISIXOLOGIYASI


 

 

 



 

 



 

 


 

 



 

I. 

O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni  

 

Hozirgi davr yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishga yangicha, yana ham keng ko‘lamda 



yondashishni  talab  qiladi.  Psixologik  bilimlarning  ijtimoiy  hayot  barcha  jabhalarida, 

shujumladan,  jismoniy  tarbiya  va  sport  sohasida  nufuzi  ortayotganligi  yaqqol  ko‘rinib 

turibdi.  Bu  esa  tegishli  ilmiy  –  uslubiy  xujjatlarning,  sportchilar,  o‘qituvchi  murabbiylar, 

umuman, sport sohasidagi  mutaxassislarning  faoliyatini  yanada takomillashtirishga  yordam 

beradigan  darajada  tayyorlashni  taqozo  qilmoqda.  Shularni  inobatga  olgan  holda,  jismoniy 

tarbiya  yo‘nalishidagi  oliy  ta’lim  muassalari  talabalarini  psixologiya  fanini  o‘rganishlari, 

ularga  ushbu  fanni  puxta  egallashlariga  yordam  berish  maqsadida  psixologiya  va  sport 

psixologiyasi fani bo‘yicha fan dastur ishlab chiqildi. 

“Psixologiya  va  sport psixologiyasi”  fani  umumkasbiy  fan  hisoblanib,                          5-

semestrda  o‘qitiladi.  Rejalashtirilgan  gumanitar  va  tabiiy-ilmiy  (sportda  axborot 

kommunikasion  texnologiyalari),  umumkasbiy  rejalashtirilgan  gumanitar  va  tabiiy-ilmiy 

(informatika  va  axborot  texnologiyalari,  biomexanika,  anatomiya  va  fiziologiya,  sport 

tibbiyoti  va  reabilitasiyasi),  umumkasbiy  (umumiy  psixologiya,  mehnat  psixologiyasi, 

sotsial  psixologiya,  jismoniy  tarbiya  nazariyasi  va  uslubiyoti)  va  ixtisoslik  fanlar  (sport 

psixodiagnostikasi  va  psixokorreksiya,  sport  psixologiyasi)  va  tanlov  fanlaridan  olingan 

bilim va ko‘nikmalarni to‘ldirishga yordam beradi. 



 

II. 

Oquv fanining maqsad va vazifalari 

 

Fanning  asosiy  maqsadi  –  talabalarning  umumiy  psixologik  va  maxsus  psixologik 

bilimlar  bilan  qurollantirish,  trener,  jismoniy  tarbiya  o‘qituvchisining  kasb  mahoratini 

oshirish. 

“Psixologiya va sport psixologiyasi”  fanning vazifasi quydagilardan iborat: 

-

shaxs  psixologiyasi;  sezgi  va  idrok;  tasavvur  va  xayol;  tafakkur,  nutq;  xotira  va 



diqqat;    emosiya  va  his-tuyg‘ular;  iroda  va  irodaviy  harakatlar;  temperament,  xarakter, 

qobiliyat, shaxs psixikasiga doir qonuniyatlar haqida bilimlar berish; 

-sportchini  psixologik  jihatdan  tayyorlashni;  sportchini  taktik  jihatdan  psixologik 

tayyorlashni; sportchini irodaviy jihatdan tayyorlashni;  jismoniy tarbiya va sport jarayonida 

sportchi  shaxsini  psixologik  kuzatishni;  ilmiy-tadqiqot  ishlarini  olib  borish  ko‘nikmalarini 

shakllantirish; 

-  jismoniy  tarbiya  o‘qituvchisiga  psixologik  tavsif  berish;    sport  murabbiyiga 

psixologik tavsif  berish; sport  musoboqasiga psixologik tavsif berish; sport  faoliyati  turlari 

bo‘yicha kasbiy muammolarni hal qilish

. 

 

 

 

 


 

 



III. 

Asosiy nazariy qism (maruza mashgulotlari) 

1-modul. UMUMIY PSIXOLOGIYA 

1-mavzu. Psixologiyaning predmeti, vazifasi va usullari 

 

Psixologiyaning  ta’rifi,  fanlar  tizimida  psixologiyaning  tutgan  o‘rni.    Psixologiya 

fanining  tuzilishi.  Psixika  yuksak  darajada  tashkil  topgan  materiyaning  xossasi  ekanligi. 

Psixika  faoliyatining  reflektorlik  tabiati.  Psixik  jarayonlar,  psixik  xususiyat,  psixik  holatlar 

tushunchasi. Psixologiyada ilmiy tekshirish usullari. 

 

2-mavzu. Shaxs psixologiyasi 

 

Psixologiyada  shaxs  tushunchasi.  Odam,  individ,  shaxs,  individuallik.  Shaxsning 

strukturasida  biologik  va  ijtimoiy  faktorlari.  Shaxsning  o‘z-o‘zini  anglash,  baholash  va 

talabgorlik  darajasi.  O‘z-o‘zini  boshqarish  va  tarbiyalash.  Shaxsning  shakllanishi. 

Shaxsning shakllanishida jismoniy tarbiya va sportning ahamiyati. 

 

2-modul. BILISH JARAYONLARI 

3-mavzu. Sezgi va idrok 

 

Sezgi  haqida  tushuncha.  Inson  hayoti  va  faoliyatida,  sezgilarning  roli.  Analizatorlar 

faoliyati  sezgilarning  fiziologik  asosidir.  Sezgilarning  klassifikasiyasi.  Koʻrish,  eshitish, 

xarakat,  muvozanat  sezgilari  va  ularning  sportdagi  ahamiyati.  Idrok  haqida  tushuncha  va 

uning  hayot  faoliyatidagi  ahamiyati.  Idrokning  xususiyatlari.  Idrokning  klassifikasiyasi. 

Idrokning  turlari.  Idrokning  sportdagi  roli.  Kuzatishvakuzatuvchanlik.  Ixtisoslashtirilgan 

idroklar haqida umumiy tushuncha va ularning sportdagi roli. 

4-mavzu. Tasavvur va hayol 

Tasavvur  haqida  tushuncha.  Tusavvurning  nerv-fiziologik  asoslari.  Tasavvur  turlari. 

Ideomotor  aktlar.  Sport  faoliyatida  tasavvurlarning  roli.  Hayol  jarayoni  haqida  tushuncha. 

Hayolning turlari. Hayolning inson hayoti va ijodiy faoliyatida ahamiyati. Sport faoliyatida 

hayolning roli. 

 

5-mavzu. Tafakkur va nutq 

Tafakkur  to‘g‘risida  tushuncha.  Tafakkur  bilish  faoliyatining  yuksak  formasi  ekani. 

Tafakkurning  nerv-fiziologik  asoslari.  Tafakkur  formalari.  Tafakkurning  turlari.  Sport 

faoliyatida tafakkurning ahamiyati. Til va nutq haqida tushuncha. Nutqning ijtimoiy-sosial 

xarakteri. Nutqning  funksiyalari. Nutqning turlari. Jismoniy  tarbiya  va sportda  muloqot  va 


 

 



nutqning ahamiyati. 

 

6-mavzu. Xotira, diqqat. 

 

Xotira  haqida  tushuncha  va  uning  odam  faoliyatidagi  ahamiyati.  Assosiasiyalarning 

turlari.  Xotira  prosesslari.  Xotiraning  turlari.  Xotiraning  individual  xususiyatlari.  Xarakat 

malakalarini  o‘zlashtirishda  xotiraning  ahamiyati.    Diqqat  haqida  tushuncha.  Diqqatning 

xususiyatlari.  Diqqatning  turlari.  Sport  faoliyatida  diqqatning  ahamiyati  va  uning 

rivojlantirish yo‘llari. 



 

3-modul. IRODA VA HISSIYOT 

7-mavzu. Emotsiya va histuygular 

Emotsiya  va  xis  tuyg‘ulari  haqida  tushuncha.  Xissiyotning  klassifikasiyasi.  Stenik  va 

astenik  xislar.  Yuksak  xislar.  Ma’naviy  intellektual,  estetik.  Sport  faoliyatida  emosiya  va 

xissiyotning ahamiyati. 



8-mavzu. Iroda va irodaviy harakatlar 

Iroda  va  irodaviy  xarakatlar  haqida  tushuncha.  Irodaning  nerv-fiziologik  asoslari. 

Irodaviy  xarakatlarning  asosiy  maxoratlari.  Shaxsning  irodaviy  sifatlari.  Sport  faoliyatida 

irodaning ahamiyati. 



 

4-modul. INDIVIDUAL PSIXOLOGIK XUSUSIYATLAR 

9-mavzu. Temperament. Xarakter. Qobiliyat 

Temperament  haqida  tushuncha  va  uning  fiziologik  asoslari.  Temperament  tiplari. 

Sport  bilan  shug‘ullanishda  temperament  xususiyatlarining  hisobga  olinishi.  Xarakter 

xakida  tushuncha.  Xarakterning  shakillanishida  turmush  sharoiti,  ta’lim  va  tarbiya  xamda 

faoliyatning  roli.  Xarakterning  fiziologik  asoslari.  Sport  bilan  shugillanishda  xarakter 

xislatlarining  xisobga  olinishi.  Qobiliyatlar  haqida  tushuncha.  Qobiliyat  va  faoliyat,  shu 

jumladan,  sport  faoliyati.  Qobiliyatlarning  turlari.  Qobiliyatlarning  rivojlanish  darajasi. 

Talant va geniallik. Tug‘ma layoqatlar. Iste’dod: umumiy va maxsus iste’dod. 

 

5-modul. SPORT PSIXOLOGIYASI 

10-mavzu. Sport psixologiyasining predmeti va vazifalari 

Sport  psixologiyasi  psixologiya  fanining  maxsus  amaliy  sohasi  ekanligi.  Sport 

psixologiyasining  vujudga  kelishi  va  tarixiy  taraqqiyoti.  Jismoniy  tarbiya  institutlarida 

sport  psixologiyasining  ixtisoslashtiruvchi  fan  sifatida  tutgan  o‘rni  va  ahamiyati.  Sport 

psixologiyasining vazifalari. 


 

 



 

11-mavzu. Sport faoliyatiga psixologik xarakteristika 

Sport  faoliyati  haqida  tushuncha.  Sport  faoliyatining  g‘oyaviy  yo‘nalishi  va  uning 

motivlari.  Sport  faoliyatining  psixologik  xususiyatlari.  Reaksiyalar,  ularning  sport 

faoliyatidagi axamiyati. Reaksiyaturlari. 



 

12-mavzu. Sport musobaqasining psixologiyasi 

Sport  musobaqasining  psixologik  tasnifi.  Musobaqa  sharoitida  sportchilar  psixik 

holatining  xilma-xilligi  va  dinamikasi.  Start  oldi  holatlari.  Sport  kurashi  emosiyalariga 

xarakteristika. Sportchini musobaqadan so‘nggi psixik holatlari. 



 

13-mavzu. Sportchini texnik jixatdan tayyorlashning psixologik asoslari  

Sportchini  texnik  jixatdan  tayyorlash  haqida  tushuncha.  Malakalarining  shakllanishi 

xarakatning  texnikasini  o‘zlashtirish  jarayoni  ekani.  Mashq  egri  chizig‘i  va  uning 

psixologik  taxlili.  Malakalarining  ko‘chishi,  interferensiya  va  deavtomatizasiyasi.  Sportda 

ixtisoslashtirilgan  idroklar.  Har  xil  sport  turlarida  ixtisoslashtirilgan  idroklarning 

xarakteristikasi. 



 

14-mavzu. Sportchini taktik jixatdan tayyorlashning psixologik asoslari 

Sportchini  taktik  jixatdan  tayyorlash  haqida  tushuncha.  Sportda  taktik  tafakkurning 

psixologik hususiyatlari. Taktik planni tuzish va uning sportchi harakati jarayonida amalga 

oshirishning  psixologik  xususiyatlari.  Antisipasiya  (oldindanpayqayolish)  uning  mazmuni 

va  harakatlarini  bajarishdagi  ahamiyati.Yakka  guruh  va  komanda  taktik  harakatlarining 

psixologik xususiyatlari. 

 

15-mavzu. Sportchini psixologik jixatdan tayyorlashning asoslari va bolajak 

musobaqaga psixologik tayyorlash 

Sportchini  psixologik  jixatdan  tayyorlash-xaqida  umumiy  tushuncha.  O‘quv-tarbiya 

jarayonida  psixologik  tayyorlashning  maqsadi,  vazifalari,  o‘rni  va  ahamiyati.  Psixologik 

tayyorlashning  turlari.  Psixologik  tayyorgarlikni  tashkil  etish.  Sportchini  umumiy 

psixologik  tayyorlash,  uning  vazifasi  va  mazmuni.  Sportchining  bo‘lajak  musobaqaga 

tayyorgarlik  sistemasi.  Psixik  tayyorgarlik  holatining  shakllanishi.  Sportchining  konkret 

musobaqaga  psixologik  tayyorlashning  mazmuni.  Sportchining  musobaqaga  psixik 

tayyorgarlik holati diagnostikasi. 



16-mavzu. Sportchini irodaviy tayyorlash 

 

 

 



Irodaviy  tayyorlash  –sportchini  psixologik  tayyorlashning  muhim  qismi  sifatida. 

Irodaviy  tayyorlashni  asosiy  vazifasi.  Sportchining  muhim  irodaviy  sifatlari.  Sport  turlari 

bo‘yicha  irodaviy  sifatlarni  tasnifi  Irodaviy  zo‘r  berishni  turlari  obyektiv  va  subyektiv 

qiyinchiliklar  va  ularni  bartaraf  etish  Sportda  irodaviy  sifatlarni  rivojlantirishning 

psixologik  tamoillari  va  metodik  usullari.  Mashg‘ulot  jarayonida  irodaviy  zo‘r  berishni 

tarbiyalash. 

 

17-mavzu. Jismoniy tarbiya oqituvchisi, trenerni psixologik tavsifi 

Faoliyat  xaqida  tushuncha.  Jismoniy  tarbiya  o‘qituvchisi,  trenerni  faoliyat  tuzilishi, 

faoliyat  shakllari,  funksiyalari.  Jismoniy  tarbiya  o‘qituvchisi,  trenerni  faoliyat  uslublari. 

Faoliyat samaradorligini ko‘rsatgichlari. 

 

Amaliy mashgulotlarni tashkil etish boyicha uslubiy korsatmalar 

Fan bo‘yicha Amaliy mashg‘ulotlar namunaviy o‘quv rejada ko‘zda tutilmagan. 

 

Kurs ishini tashkil etish boyicha uslubiy korsatmalar 

Fan bo‘yicha kurs ishi namunaviy o‘quv rejasida ko‘zda tutilmagan. 

 

IV.  Labaratoriya ishlarini tashkil etish boyicha uslubiy korsatmalar 

 

Laboratoriya  mashg‘ulotlari  mavzulari  bo‘yicha  tavsiya  qilingan  psixologik 

treninglarni  maqsad  vavazifalarini  aniqlab  ularni  guruh  a’zolarida  qo‘llaydilar.  Talabalar 

mustaqil tayyorgarlik ko‘rib, olib borgan izlanishlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini dars 

vaqtida himoya qiladi. 

Labaratoriya mashg

‘uloti mavzulari:  

1-modul, umumiy psixologiya qismi bo‘yicha: 

1.  Psixikaning  nerv  fiziologik  asoslari  va  oliy  nerv  faoliyatining  asosiy 

qonuniyatlari. 

2.  Shaxsini diagnostika qilishning o‘ziga xos jihatlari.  

2-modul, bilish jarayonlari qismi bo‘yicha: 

3.  Ko‘rish,  eshitish,  muskul-xarakat  muvozanat  sezgilari.  Sezgirlik  va  sezgi 

chegaralari. 

4.  Fazoni, vaqtni va xarakatni idrok qilish. 

5.  Tassavvur va xayolning individual xususiyatlarini tekshirish. 

6.  Tafakkurni eksperemental o‘rganish. 

7.  Xotira jarayonini individual xususiyatlarini tekshirish. 



 

 



8.  Diqqatni asosiy xususiyatlarini tekshirish.  

3-modul, iroda va hissiyot qismi bo‘yicha: 

9.  Iroda va irodaviy harakatlar (sifatlar)ning o‘rganish. 

10. Xissiyot va emosiyani o‘rganish.  

4-modul. individual psixologik xususiyatlar qismi bo‘yicha: 

11. Temperamentni diagnostika qilish. 

12. Xarakter va qobiliyatni o‘rganish. 

5-modul, sport psixologiyasi qismi bo‘yicha: 

13. Sport faoliyatining psixologik hususiyatlari. 

14. Trener-sportchi munosatlarini o‘rganishning psixologik omillar. 

15. Reaksiya va uning sport faoliyatidagi ahamiyati. 

16. Emosiyaning sportchi harakati maxsuldorligiga ta’siri. 

17. Sportchi faoliyatiga stress omillarini ta’sirini o‘rganish. 

18. Xar xil sport turlarida xarakat malakalarining psixologik xususiyatlari. 

19. Sportchining taktik tafakkuri. 

20. Sportchini musobaqaga psixologik tayyorlash. 

21. Irodaviy sifatlar rivojlanishining psixologik tahlili. 

22. Ayrim sport turlarini psixologik tavsifi. 



 

V.  Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar 

 

Mustaqil ta’limning turli  xil shakllari  mavjud bo‘lib, bunda asosiy e’tibor talabaning 

berilgan  mavzular  (amaliy  masalalar,  topshiriqlar  va  keys-stadilar)ni  mustaqil  ravishda, 

ya’ni auditoriyadan tashqarida bajarishi, o‘qib o‘rganishi va shu yo‘nalish bo‘yicha bilim va 

ko

‘nikmalarini chuqurlashtirishiga qaratiladi. Ushbu shakllarga quyidagilar tegishlidir: 



- darslik,  o‘quv  qo‘llanma  yoki  o‘quv-uslubiy  majmua  bo‘yicha  fan  boblari  va 

mavzularini o‘ganish; 

- tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruzalar qismini o‘zlashtirish; 

- avtomatlashtirilgan o‘rgatuvchi nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash; 

- maxsus adabiyotlar bo‘yicha fanlar bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash; 

- talabalarning  o‘quv-ilmiy  tadqiqot  ishlarini  bajarish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  fanlar 

boʻlimlari va mavzularini chuqur o‘rganish; 

- keys-stadilar va o‘quv loyihalarini mustaqil bajara olish; 

- faol  va  muammoli  o‘qitish  uslubidan  foydalaniladigan  o‘quv  mashg‘ulotlarini 

o‘zlashtirish. 



 

Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning mavzulari: 

1. Miya yarim sharlari po‘stlog‘i va psixik funksiyalar. 

2. Oliy nerv faoliyatining asosiy qonuniyatlari. 



 

 



3. Shartsiz  va  shartli  reflekslar.  Bosh  miya  yarimsharlari  po‘stlog‘ining  signal 

faoliyati. 

4. Hayvonlar evalyusiyasi jarayonida psixikaning taraqqiyoti. 

5. Hayvonlar  psixikasi  va  xulq-atvori  shakllarini  filogenezda  rivojlanishi:  instinktlar, 

ko‘nikma, malakalar, intelektual xarakatlar, hayvonlar psixikasidan inson ongiga o‘tishi. 

6. Odam ijtimoiy mavjudot ekanligi.  

7. Ongning vujudga kelishi va rivojlanishi. 

8. Odam ongining rivojlanishida mexnat, til va nutqni axamiyati. 

9. Til va nutq xaqida tushuncha. 

10. Nutqning funksiyalari, turlari va asosiy xususiyatlari. 

11. Jismoniy tarbiya va sportda muloqot va nutq. 

12. Emosiya va xis -tuyg‘ular haqida tushuncha. Xissiyotning tasnifi. 

13. Xissiyotning sport faooliyatida ahamiyati. 

14. .Shaxsning yo‘nalishi haqida tushuncha. Dunyoqarash, e’tiqod va idealar, ularning 

shaxsning yo‘nalishidagi o‘rni va ahamiyati. 

15. Ehtiyojlar  shaxs  faoliyatining  asosi  sifatida.  Inson  ehtiyojlarining  ijtimoiy 

xarakteri. Extiyojlarning turlari. 

16. Motiv – ehtiyojlar namoyon bo‘lishi sifatida. Motivlarning turlari. 

17. Qiziqish va mayilliklar. 

18. Psixik taraqqiyot va ontogenezda psixikaning rivojlantirish omillari. 

19. Bolalarning psixik rivojlanishining xarakatlantiruvchi kuchlar. 

20. Bolalar rivojlanishining yosh davrlari. 

21. Kichik  maktab  yoshdagi  o‘quvchilarining  jismoniy  va  psixik  rivojlanishiga 

umumiy xarakteristika. 

22. O‘smirlar faoliyatiga psixologik tasnif. 

23. O‘spirinlik davrining psixologik xususiyatlari. 

24. Sport  psixologiyasida  ilmiy  tekshirish  usullari  klassifikasiyasi  va  umumiy 

xarakteristikasi. 

25. Psixologik diagnostika haqida tushuncha. Tekshirishlarni uyushtirish. 

26. Sportchi shaxsning xususiyatlari va sport faoliyatidagi muvaffaqiyati. 

27. Sport va shaxs. Sport komandasi kichik guruh va jamoa sifatida. 

28. Sport jamoasini psixologik tuzilishining o‘ziga xos xususiyati. 

29. Sport komandasida liderlik. 

30. Trener va kollektivning o‘zaro munosabati. 

31. Sport kollektivini boshqarishning psixologik jihatlari. 

32. Trenerning ayrim sport turi bo‘yicha pedagog sifatidagi xususiyatlari. 



 

 

10 



33. Trenrning boshliq sifatidagi asosiy funksiyalari. 

34. Sportchi  shaxsining  shakllanishiga  va  komandaning  sport  faoliyatidagi 

muvaffaqiyatiga trenerning ta’siri. 

35. Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi faoliyati uslublariga xarakteristika. 

36. Jismoniy  sifatlarning  rivojlanishi  ,  ularning  har  xil  sport  turlari  xususiyatlariga 

bog‘liqligi. 

37. O‘z-o‘zini va psixik holatlarini tartiblash. 

38. O‘z-o‘zini  va  psixik  holatlarini  tartiblash  usullarining  tasnifi  va  ularning 

xarakteristikasi. 

 

VI.  Asosiy va qoshimcha oquv adabiyotlari hamda axborot manbaalari 



Asosiy adabiyotlar:  

1. Goziyev E.G. “Umumiy psixologiyasi”. -T. “O‘qituvchi”. 2010 y. 

2. GapparovZ.G.“Sport psixologiyasi”. "Mexridaryo" MCHJ, 2011yil. 

3. Psixologiya  va  sport  psixologiyasi.  /  Arziqulov  D.N.,  Gapparov  Z.G.,  Vaxabova 

D.B. O‘quv qo‘llanma.- T., 2017.-307 b. 

 

Qoshimcha adabiyotlar: 

4. Ueyinberg  R.S.  Gould.D.      Osnoviy  psixologii  sporta  i  fizicheskoy  kulturiy.  -  K.  -

2001. 

5. Rodionov  A.V.  Psixologiya  fizicheskogo  vospitaniya  i sporta  - M.:  Akademicheskiy 



proyekt, 2004 y. 

6. Rodionov 

A.V. 

Praktika 



psixologii 

sporta 


–  Tashkent:  Lider  Press,  

2008 y. 


7. Gapparov Z.G.Yakkakurashchilarni psixologik tayyorlash.T.:2010 y. 

8.  Gorbunov G.D. «Psixopedagogika sporta», M., 2006 y. 

9.  Goziyev E.G. “Umumiypsixologiya”. 1-2 tom .T. “Universitet”. 2002 y. 

10. Gapparov 

Z.G. 

Psixologicheskayapotgotovkafutbolista//Futbol: 



uchebnik/ 

Pod.red.R.E.Nurimov.-T.: UzGIFK. 2005. 

11. Rodionov A.V. “Praktika psixologiya sporta” Tashkent: “Lider-Press” 2008 y. 

12. Romanova Ye.S. Psixodiagnostika : Uchebnoyeposobiye.- SPb.: Piter.2006. 

13. 14.Tursunova 

M.A., 


Gapparov 

Z.G  “Sport  psixologiyasi”  laboratoriya 

mashgulotlari uchun uslubiy qollanma. T.2006 y. 

14. Gapparov  Z.G.,  Tursunova  M.A.,  Sayitmetova  Z.T.  “Psixologiya”  laboratoriya 

mashg‘ulotlari uchun uslubiy qollanma. T. 2006 y.  

 

Internet saytlari 

 

15. www. natlib.uz 



16. www. Sportivniy psixolog.ru 

 

 

11 



17. www. Psixologiya sporta 

18. www. ziyonet.uz 

19. www. childpsy.ru 

20. www. edu.uz 

21. www. flogiston.ru 

22. www. pedagog.uz 

23. www. psychology.uz 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


 

 

12 



 

 

 



 

 

 



 

Download 356.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling