I. O’quv-uslubiy ishlar


II.Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar


Download 41.26 Kb.
bet2/5
Sana18.11.2023
Hajmi41.26 Kb.
#1786039
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-Profta\'limda amalga oshirilgan ishalar

II.Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar.
Farg’ona sanoat va xizmat ko’rsatish texnikumida Farg’ona politexnika instituti Engil sanoat fakulteti bilan hamkorlikda 2022 yil 11 noyabr kuni "Yashil makon" umummilliy loyixasi doirasida manzarali daraxt kuchatlari hamda buta-gul ko’chatlarini ekish tadbiri bulib o’tdi. Tadbirda o’kituvchi va ishchi hodimlari ishtirok etishdi va texnikum hududiga 50 tup sasna daraxti ko’chatlari hamda 120 tup gul ko’chatlari ekildi.
Farg’ona sanoat va xizmat ko’rsatish texnikumida 18-noyabr O’zbekiston Respublikasi Davlat Bayrog’i qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan "Bayrog’im - iftixorim" shiori ostida tadbir hamda rasmlar tanlovi o’tkazildi. Tanlov g’oliblari Yoshlar ittifoqi texnikum kengashi tomonidan munosib taqdirlandilar.
Farg’ona sanoat va xizmat ko’rsatish texnikumida 1-dekabr Xalqaro
OITS ga qarshi kurashish kuni munosabati bilan o’quvchi yoshlarga "OITS ga qarshi kurashamiz " shiori ostida Farg’ona politexnika instituti hotin-qizlar qo’mitasi mutaxassislari, texnikum ma’muriyati hamda tibbiyot hodimlari ishtirokida keng ko’lamli tushuntirish ishlari olib borildi hamda tadbirlar o’tkazildi. Tadbirlarda Farg’ona shahar 7-sonli oilaviy poliklinika shifokorlari ishtirok etdilar. Shuningdek tadbir doirasida guruxlar o’rtasida “OITS –asr vabosi” shiori ostida rasmlar tanlovi hamda qizlar va o’g’il bolalar o’rtasida voleyboll musobaqalari ham o’tkazildi. Tanlov hamda sport musobaqalarida har bir gurux o’quvchilari faol ishtirok etdilar.
2023 yil 30 mart kuni Farg’ona sanoat va xizmat ko’rsatish texnikumida O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasiga o’zgartirishlar kiritish bo’yicha 2023 yil 30 aprel kuni o’tkaziladigan umumxalq Referendumiga atab “Konstituttsiya barchamizniki” mavzusida Farg’ona politexnika instituti professor-o’qituvchilari, texnikum ishchi-hodimlari, pedagoglar, o’quvchi-yoshlar hamda ota-onalar vakillari ishtirokida tadbir bo’lib o’tdi.
Tadbirda texnikum ma’muriyati tomonidan ishchi-hodimlar, pedagoglar, o’quvchi-yoshlar hamda ota-onalar vakillariga o’tkaziladigan Referendumning mazmun-mohiyati tanishtirib o’tildi.
Shuningdek tadbirda Farg’ona politexnika instituti Engil sanoat va to’qimachilik fakulteti “Tabiiy tolalar” kafedrasi Katta o’qituvchisi t.f.f.d (PhD) Niyazalieva Muxayyo Maxmudovna ishtirok etib tadbir qatnashchilarini Konstituttsiyamizda amalga oshirilishi kutilayotgan o’zgartirishlar bilan tanishtirib o’tdi.
2023 yil 27 aprel kuni Farg’ona sanoat va xizmat ko’rsatish texnikumida "Referendum - 2023" targ’iboti tadbirlari doirasida "O’quvchi Fest" madaniy kontsert dasturi tashkil etildi. Tadbirni texnikum direktori R.G.Umarov ochib tadbir qatnashchilarini Respublikamizda 30 aprel kuni o’tkaziladigan Referendumni ko’tarinki ruxda bayram kayfiyatida o’tkazishlariga chaqirdi. Shuningdek tadbirda Farg’ona politexnika instituti IChB fakulteti O’zbek tili va tillarni o’rgatish kafedrasi o’qituvchilari S.G’ofurova hamda B.Kimsanboevalar ham ishtirok etib tadbir ishtirokchilarini institut ma’muriyati nomidan tabriklab Referendumda faol ishtirok etishga chaqirdilar. Tadbirda san’atkorlar tadbir ishtirokchilariga ko’tarinki rux hamda bayram kayfiyatini ulashdilar.
Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 1 may kunidagi 3/18-01/05-01-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida Farg’ona sanoat va xizmat ko’rsatish texnikumida 2022-2023 o’quv yilida Farg’ona politexnika instituti bilan hamkorlikda texnikum o’quvchilari uchun qo’shimcha ravishda xorijiy tillarni o’qitish kurslari tashkil etildi.
O’qitish kurslariga 22 nafar o’quvchilar jalb qilingan bo’lib, o’qitish kurslari 2023 yil 1 maydan boshlanib 3 oy davomida olib borildi va 31 iyulgacha davom etdi. O’quvchilarni o’qitish uchun texnikum tomonidan ingliz tili o’qituvchisi ajratilda hamda o’quv kurslarini samarali olib borish uchun etarli sharoitlar yaratildi. O’qitish sarf-xarajatlari Farg’ona politexnika instituti tomonidan to’liq qoplab berildi.



Download 41.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling