I. Pedagogik amaliyot olib borilgan muassasa


Download 14.2 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi14.2 Kb.
#1625922
Bog'liq
Hissobot


AMALIYOT HISOBOTI.
( 08.05.2023-03.06.2023 )
MAS’UL O’QITUVCHI: Abdullayeva Sayora
HISOBOT MAZMUNI:
I.Pedagogik amaliyot olib borilgan muassasa.
II.Bajarilgan ishlar.
2.1 O’quv ishlari.
2.2 Ma’naviy-ma’rifiy ishlar.
III.Xulosa va takliflar.
I.Pedagogik amaliyot olib borilgan muassasa.

Maktab binosi ma’muriy xonalardan tashqari 30 ta xonadan iborat. Bino 2 ta korpus ,oshxona va sport zalidan tashkil topgan. Maktabning barcha pedagog xodimlari o’quvchilarga ta’lim va tarbiyani uzviy ravishda berib bormoqda. Maktab xonalari hali ham qo’shimcha asbob-uskunalar bilan jihozlanmoqda. Maktab tashkil topganidan beri shu kunga qadar bir qancha o’quvchi yoshlar fan olimpiadalarida faxrli o’rinlarni olib kelishgan. 08.05.2023-yil kuni ilk bor maktabga tashrif buyurdim. Pedagogik amaliyotim davomida nafaqat o’quv balki,ma’naviy-ma’rifiy ishlar bilan ham tanishib o’rganib chiqdim.


II.Bajarilgan ishlar.


2.1 O’quv ishlari.
-ta’lim muassasiga kelishim bilan iloji boricha dars jarayonining 1 daqiqa vaqtini ham e’tiborimdan chetdan qoldirmaslikka harakat qildim. Universitetda o’qituvchilarimiz bergan bilimlari asosida dars uchun tahlil yozdim va o’zim uchun kerakli xulosalarni oldim.

-Ustozlarizmiz aytganidek ,pedagogik amaliyotim uchun alohida ish reja tuzib oldim.


-Pedagogik amaliyot davrida boshlang’ich sinf o’qituvchilarning yordamlari katta bo’ldi. Ish reja tuzish tartibini o’rgatdi. Ish rejalarni tuzib olgach, kunlik rejalarni tuzishni ya’ni darslarning samaradorligi uchun qanday metodlar tanlash joizligi haqida tushuntirib bordi. Bu orqali bilimlarimni mustahkamlab olishimga yordam berdi.


Dars ishlanmalarni yozilish qoidalarini amaliy tahlil qilishni o’rgatdi. Bunga asosan, dars jarayoni usuliga e’tibor berish lozimligiga alohida urg’u berib tushuntirdi. Sababi dars usulini tanlash orqali bir soatlik darsni qanday tashkil qilinishi mumkinligini ,darsning samaradorligi qanday bo’lishini oldindan bilib olish mumkin ekan. Abdullayeva Sayora opa 1-4 sinflarga dars berishimiz mumkinligi haqida aytib o’tdilar. Ba’zan sinfni o’zimga topshirib ketdilar. Dars o’tmoqchi bo’lgan mavzularim uchun o’zim dars ishlanmasini yozib mavzuga tayyorlanib kelib dars o’tdim. Dars jarayonida bunday qo’shimcha ma’lumotlardan foydalanish darsning sifatini yanada oshiradi. O’ylaymanki,dars jarayonida usullarni qo’llab yaxshi natijalarga erishaman.


2.2 Ma’naviy-ma’rifiy ishlar.


III.Xulosa va takliflar.
Xulosa.
Pedagogik amaliyot haqida xulosam shuki,o’rgangan bilim va ko’nikmalarni amaliyotda sinamasdan biror kasb egasi bo’lish qiyin. Bunday tajriba oshirish uchun yillar davomida harakat qilinar ekan. Buning uchun esa 5 yil o’qishning o’zi kamlik qiladi. Bo’lajak pedagog xodim uchun eng kerakli narsa o’quv jarayonini nazorat qila olish. Bunda bizga eng kerakli xislatlar mutaxassislik fanlarimizning barchasi hamda psixologiya, nutq madaniyati, metodika kabi fanlarni mukammal bilishni taqozo etadi. Mening fikrimcha, Oliy ta’limni bitirib maktab ostonasiga ilk qadam qo’yayotgan o’qituvchi uchun ikki haftalik pedagogik amaliyot kamlik qilar ekan.
Download 14.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling