I pedagogik annotatsiya


Download 1.13 Mb.
bet1/11
Sana30.04.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1409868
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Chizma geometriya


Chizma geometriya” fanidan “Aksonometrik proyeksiyalar” mavzusi bo‘yicha
KEYS-STADI


I. PEDAGOGIK ANNOTATSIYA

Jonlantirish uchun savollar:

  • Sferaning har qanday aylanma sirt bilan kesishuvidan nima hosil bo‘ladi va u qanday aniqlanadi?

  • Monj teoremasi va undan kelib chiqadigan xususiy hollarni aytib bering.

  • Bitta sferaga tashqi chizilgan silindr va konusning o‘zaro kesishishidan qanday chiziqlar hosil bo‘ladi?

  • YOrdamchi kesuvchi tekisliklar dastasi usulining mohiyati nimadan iborat?
O‘quv predmeti: Chizma geometriya.
Bo‘lim: Ortogonal proyeksiyalash
Mavzu: Aksonometrik proyeksiyalar
Ta’lim darajasi–3
Kurs–1
TA’LIM maqsadi:
Ma’lumki, ortogonal proyeksiyalarda chizmalarni chizish birmuncha qulay bo‘lib, buyumning metrik xarakteristikalari ham saqlanadi. Buning boisi ortogonal proyeksiyalashda buyum proyeksiyalar tekisliklariga nisbatan qulay holda joylashtiriladi. Ortogonal proyeksiyalash usulida tuzilgan chizmalarda qirqim va kesimlardan foydalanib, buyumning ichki va tashqi ko‘rinishini yetarlicha aniqlash mumkin. Ammo ortogonal proyeksiyalardagi chizmalariga ko‘ra, ularning fazoviy shakllarini tasavvur qilish qiyin. Bunday hollarda buyum chizmasini uning yaqqol tasviri bilan to‘ldirish zaruriyati tug‘iladi.
Kutilayotgan natijalar:
Biror shaklning aksonometrik proyeksiyasini yasash uchun shaklning o‘zi va uning ortogonal proyeksiyalaridan birini aksonometrik proyeksiyalar tekisligiga proyeksiyalash yetarlidir.
Keys-stadini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun talabalar quyidagi bilimlarga ega bo‘lishi lozim:
Talaba bilishi kerak: Talabalar aksonometrik o’qlar va ular bo’yicha o’zgarish koeffisiyentlarini bilishi kerak.
Aksonometriyaning asosiy teoremasini bilishi kerak.
Aylananing aksonometriyasini bilishi kerak.
To’g’ri burchakli va qiyshiq burchakli standart aksonometriyalarni bilishi kerak.

Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling