I. Q. Musabayev kasalliklarni, S. Shamsiyev kasalliklarini, N. Majidov kasalliklarini, Z. Umidova kasalliklarni o'rganish va davolashga doir ilmiy ishlar olib borgan
Download 103.84 Kb.
|
Odam-1
Nafas olish1.Odam va har bir tirik organizm ... nafas olish deyiladi. 1)kislorod qabul qilishi 2)karbonat angidrid qabul qilishi 3)kislorod chiqarib turishi 4)karbonat angidrid chiqarib turishi A)1 B)2,3 C)1,4 D)4 2.Nafas olish .... dan iborat. 1)o'pka alveolalari va tashqi muhit o'rtasida kislorod va karbonat angidrid almashinuvi (tashqi nafas olish) 2)o'pka alveolalari va o'pkaning kapillar qon tomirlari o'rtasida kislorod hamda karbonat angidrid almashinuvi 3)qon va to'qimalar o'rtasida kislorod va karbonat angidrid almashinuvi (ichki nafas olish) A)1,2 B)2 C)1,3 D)barchasi 3.Nafas olish organlariga ... kiradi. 1)burun bo'shlig'i 2)hiqildoq 3)kekirdak (traxeya) 4)bronxlar 5)o'pkalar 6)plevra pardalari A)1,3,5 B)2,4,6 C)2,4,5,6 D)barchasi 4.Nafas organlari va ular joylashgan joyni juftlab ko'rsating. a)hiqildoq b)kekirdak d)bronx e)o'pka 1)V ko'krak umurtqasi ro'parasida 2)IV-VI bo'yin umurtqalari ro'parasida 3)ko'krak qafasining ikki tomonida 4)VI-VII bo'yin umurtqalari ro'parasida A)a-4; b-2; d-3; e1 B)a-2; b-4; d-1; e-3 C)a-1; b-4; d-2; e-3 D)a-2; b-1; d-4; e-3 5.Burun bo'shlig'iga xos xususiyatlarni aniqlang. 1)to'siq bilan ikkiga bo'lingan 2)tovush hosil qiladigan ovoz apparatlari joylashgan 3)o'ng va chap bronxlarga bo'linadi 4)ichki yuzasi mayda bezchalar bo'lgan shilimshiq parda bilan qoplangan 5)ichki qavati tukli shilimshiq pardadan iborat 6)uzunligi odamning bo'yiga qarab, 9-13 sm gacha yetadi 7)nafas havosini tozalaydi va ilitib o'tkazadi 8)devori 16-20 ta yarim aylanasimon tog'aylar va paylardan tashkil topgan 9)havoni kekirdakka o'tkazadi 10)devori tog'ay va muskullardan tashkil topgan A)1,4,7 B)2,5,9,10 C)3,6,8 D)1,2,4,7,8 6.Hiqildoqqa xos xususiyatlarni aniqlang. 1)to'siq bilan ikkiga bo'lingan 2)tovush hosil qiladigan ovoz apparatlari joylashgan 3)o'ng va chap bronxlarga bo'linadi 4)ichki yuzasi mayda bezchalar bo'lgan shilimshiq parda bilan qoplangan 5)ichki qavati tukli shilimshiq pardadan iborat 6)uzunligi odamning bo'yiga qarab, 9-13 sm gacha yetadi 7)nafas havosini tozalaydi va ilitib o'tkazadi 8)devori 16-20 ta yarim aylanasimon tog'aylar va paylardan tashkil topgan 9)havoni kekirdakka o'tkazadi 10)devori tog'ay va muskullardan tashkil topgan A)1,4,7 B)2,5,9,10 C)3,6,8 D)2,6,8,10 7.Kekirdakka xos xususiyatlarni aniqlang. 1)to'siq bilan ikkiga bo'lingan 2)tovush hosil qiladigan ovoz apparatlari joylashgan 3)o'ng va chap bronxlarga bo'linadi 4)ichki yuzasi mayda bezchalar bo'lgan shilimshiq parda bilan qoplangan 5)ichki qavati tukli shilimshiq pardadan iborat 6)uzunligi odamning bo'yiga qarab, 9-13 sm gacha yetadi 7)nafas havosini tozalaydi va ilitib o'tkazadi 8)devori 16-20 ta yarim aylanasimon tog'aylar va paylardan tashkil topgan 9)havoni kekirdakka o'tkazadi 10)devori tog'ay va muskullardan tashkil topgan A)1,4,7 B)2,5,9,10 C)3,6,8 D)2,3,6,7 8.... ning qisqarishi va bo'shashishi natijasida ovoz teshiklari ochilishi yoki yopilishi orqali tovush hosil bo'ladi. 1)tovush boylamlari 2)tovush muskullari 3)tog'aylar A)1 B)2 C)1,2 D)3 9.Kekirdak (traxya) ... ko'krak umurtqasi ro'parasida o'ng va chap bronxlarga bo'linadi. 26 A)III B)V C)IV D)II 10.Kekirdakning devori ... ta yarim aylanasimon tog'aylar va paylardan tashkil topgan. A)16-20 B)12-15 C)6-8 D)25-28 11.... o'pka to'qimasiga kirib, xuddi daraxt shoxiga o'xshab, juda ko'p mayda bronxchalarga tarmoqlanadi va bora-bora alveola pufakchalarini hosil qiladi. A)hiqildoq B)traxeya C)kekirdak D)bronxlar 12.Kekirdak va bronxlar nafas yo'li hisoblanib, ular ... o'pka alveolalariga o'tkazadi. 1)havoni ilitib 2)havoni namlab 3)havoni mayda chang zarrachalaridan tozalab A)1 B)2 C)3 D)barchasi 13.Konussimon tuzilgan organni aniqlang. A)jigar B)buyrak C)o'pka D)yurak 14.O'ng va chap o'pkaning o'rtasida .... joylashgan. 1)kekirdak 2)qizilo'ngach 3)qon tomirlari 4)ayrisimon bez 5)nerv tolalari 6)limfa tomirlari va tugunlari 7)yurak A)1,2,4,7 B)3,5,6,7 C)1,2,3,5,6 D)barchasi 15.O'pkalarning chegarasini ko'rsating. a)pastdan b)orqadan d)oldingi tomondan e)atrofidan 1)umurtqa pog'onasi 2)qovurg'alar 3)diafragma 4)to'sh suyagi A)a-3; b-1; d-2; e-4 B)a-3; b-1; d-4; e-2 C)a-4; b-3; d-1; e-2 D)a-4; b-1; d-3; e-2 16.O'pka to'qimasi ... tashkil topgan. 1)daraxtsimon shakldagi o'rtacha bronxchalardan 2)mayda bronxchalardan 3)eng mayda bronxchalardan 4)pufakchasimon alveolalardan A)1,4 B)3,4 C)1,2,3 D)barchasi 17.Alveolalarning devori ... iborat. A)bir qavatli epiteliy to'qimasidan B)bir qavatli biriktiruvchi to'qimadan C)ko'p qavatli epiteliy to'qimasidan D)ko'p qavatli biriktiruvchi to'qimadan 18.Alveolalarning soni ikkala o'pkada ... atrofida bo'ladi. A)750 ming B)750 mln C)550 mln D)2 mln 19.Alveolalarning umumiy sathi ... ni tashkil qiladi. A)750 m2 B)100 m2 C)13 m2 D)150 m2 20.Plevra pardasi ... 1)nafas yo'llarini ichki tomondan qoplab turadi 2)suyaklar sirtini qoplab turadi 3)muskullar sirtini qoplab turadi 4)o'pkani tashqi tomondan o'rab turadi A)1 B)2 C)3 D)4 21.Orasida bo'shlig'i bor ikki qavatli pardani aniqlang. A)periost B)fassiya C)plevra D)perikard 22.Pardalarni va ular o'rab turuvchi organ va to'qimalarni juftlab ko'rsating. a)periost b)plevra d)fassiya 1)o'pka 2)muskul 3)suyak A)a-3, b-2, d-1 B)a-1, b-3, d-2 C)a-3, b-1, d-2 D)a-2, b-3, d-1 23.Plevra bo'shlig'ining qanday ahamiyati bor? 1)bosim past bo'lib nafas olib chiqarishda o'pkaning kengayib va tirayishiga qulaylik tug'diradi 2)bosim past bo'lib qon aylanishini osonlashtiradi 3)bosim yuqori bo'lib nafas olishni osonlashtiradi 4)suyuqlik bilan to'lgan bo'lib o'pkani tashqi ta'sirlardan himoya qiladi A)1 B)2 C)3 D)4 24.Ovoz hosil bo'lishida ... ishtirok etadi. 1)ovoz boylamlari, muskullari 2)til 3)lablar 4)og'iz bo'shlig'i 5)burun bo'shlig'i 6)yuz, peshana suyaklari orasida joylashgan qo'shimcha kovaklar 7)halqum 8)kekirdak 9)bronxlar 10)o'pkalar A)1,2,3 B)1,4,7,10 C)2,5,6,8,9 D)barchasi 25.Ovoz boylamlarining teshigi ... shaklda bo'ladi. A)yumaloq B)ovalsimon C)uchburchak D)to'rtburchak 26.Ovoz boylamlari teshigining holatlarini to'g'ri ko'rsating. ... a)gapirmay turganda b)pichirlab so'zlaganda d)so'zlashganda 1)yopiq holda 2)ochiq holda 3)yarim ochiq holda A)a-3; b-1; d-1 B)a-2; b-2; d-1 C)a-1; b-3; d-2 D)a-2; b-1; d-1 27.Ovozning o'tkirligi ovoz boylamlarining ... bog'liq. A)ingichka yoki yo'g'onligiga B)soniga C)kalta yoki uzunligiga D)cho'ziluvchanligiga 28.Ovoz boylamlarining uzunligi ayollarda ...mm, erkaklarda ...mm A)18-20; 20-22 B)20-22; 18-20 C)14-16; 18-20 D)20-22; 24-26 27 29.Nafas olish harakatlari ...orqali amalga oshadi. 1)bo'yin va tashqi qovurg'alararo muskullarning qisqarishi natijasida qovurg'aning ko'tarilishi 2)ichki qovurg'alararo muskullar qisqarishi orqali qovurg'alar pastga tushishi 3)diafragma muskullarining qisqarishi orqali pastga tushishi 4)qorin muskullarining qisqarishi orqali diafragmani yuqoriga ko'tarilishi A)2,4 B)1,3 C)1,4 D)2,3 30.Nafas havosi nima? 1)odam chuqur nafas olganda, tinch nafas olgandagi nafas havosining ustiga o'pkaga yana kiradigan havo 2)odam tinch turganda o'rtacha havo olib, yana shuncha havo chiqaradi 3)odam tinch hafas chiqarishdan so'ng, yana chuqur nafas chiqarsa chiqadigan havo A)1 B)2 C)3 D)barchasi 31.Qo'shimcha havo nima? 1)odam chuqur nafas olganda, tinch nafas olgandagi nafas havosining ustiga o'pkaga yana kiradigan havo 2)odam tinch turganda o'rtacha havo olib, yana shuncha havo chiqaradi 3)odam tinch hafas chiqarishdan so'ng, yana chuqur nafas chiqarsa chiqadigan havo A)1 B)2 C)3 D)barchasi 32.Rezerv havo nima? 1)odam chuqur nafas olganda, tinch nafas olgandagi nafas havosining ustiga o'pkaga yana kiradigan havo 2)odam tinch turganda o'rtacha havo olib, yana shuncha havo chiqaradi 3)odam tinch hafas chiqarishdan so'ng, yana chuqur nafas chiqarsa chiqadigan havo A)1 B)2 C)3 D)barchasi 33.O'pkaning tiriklik sig'imini tashkil etuvchi nafas havolari va ularning hajmini juftlab ko'rsating. a)nafas havosi b)qo'shimcha havo d)rezerv havo e)o'pkaning tiriklik sig'imi 1)1500 2)500 3)3500 A)a-3; b-1; d-1; e-2 B)a-2; b-1; d-3; e-1 C)a-1; b-2; d-1; e-3 D)a-2; b-1; d-1; e-3 34.Odam tinch turganda bir minutda ... marta nafas oladi. A)25-30 B)20-22 C)16-18 D)12-14 35.Tinch holatda o'pkaning minutlik ventilatsiyasi ... ga teng. A)5-6 l B)8-9 l C)16-18 l D)10-12 l 36.Odam har bir nafas olganda ... ml atmosfera havosi o'pkaga kiradi. A)1500 B)100 C)8-9 D)500 37.Atmosfera havosi tarkibida ... % kislorod, ...% karbonat angidrid, ...% azot bo'ladi. A)16,3; 4; 79,7 B)79,3; 0,03; 20,94 C)20,94; 0,03; 79,3 D)4; 16,3; 79,7 38.Nafas bilan chiqarilgan havosi tarkibida ... % kislorod, ...% karbonat angidrid, ...% azot bo'ladi. A)20,94; 0,03; 79,3 B)16,3; 4; 79,7 C)79,3; 0,03; 20,94 D)4; 16,3; 79,7 39.Alveolalarning devori ... bo'ladi. A)0,0003 mm B)0,4 mm C)0,03 mm D)0,004 mm 40.Alveolalar va ular atrofini o'rab turgan mayda qon tomirlari devori o'rtasida ... yo'li bilan gazlar almashinadi. A)pinositoz B)fagasitoz C)difuziya D)kanalchalar 41.Tinch holda odam bir minutda atmosfera havosidan ... kislorod qabul qiladi. A)500-600 ml B)250-300 ml C)150-200 ml D)70-80 ml 42.Qon bilan to'qimalar orasidagi gaz almashinuvi ... yo'li bilan boradi. A)fagasitoz B)difuziya C)pinositoz D)botib kirish 43.Atmosfera bosimi ... mm simob ustuniga teng bo'lganida, odam organizmidagi barcha fiziologik jarayonlar, jumladan nafas olish jarayoni ham normal o'tadi. A)1 000 B)273 C)760 D)850 44.Atmosfera bosimi past bo'lganda, kislorod yetishmasligi tufayli ... kasalligi yuzaga keladi. A)gipotoniya B)kesson C)gipoksiya D)ateroskleroz 45.Gipoksiya belgilarini aniqlang. 1)nafas olish va yurak urish tezlashadi 2)nafas olish va yurak urish sustlashadi 3)bosh og'riydi 4)ko'z tinadi 5)ko'ngil ayniydi 6)qorin qismida og'riq paydo bo'ladi A)1,3,4,5 B)2,3,4,5 C)1,3,4,6 D)barchasi 46.Tog'li joylarda yashovchilarda qanday moslashish bo'ladi? A)nafas olishi sekinlashadi B)qonida eritrositlarning soni kam bo'ladi C)nafas olishi tezlashadi D)qonida eritrositlarning soni ko'p bo'ladi 47.Kesson - 1)bosim kam sharoitda kislorod yetishmasligi 2)erigan azot gazi mayda pufakchalarga aylanib, qon tomirlarida tiqilib qolishi 3)qon bosimining ko'tarilishi 4)o'pka to'qimasining yallig'lanishi A)1 B)2 C)3 D)4 28 48.Kesson kasalligining belgilarini aniqlang. 1)bosh aylanadi 2)ko'ngil ayniydi 3)bo'g'imlar va belda og'riq paydo bo'ladi 4)hushni yo'qotish mumkin A)1,2 B)3,4 C)1,4 D)barchasi 49.Kesson kasallanganda qanday yordam ko'rsatish mumkin? 1)havoga kislorod qo'shib berish 2)bosim past joyga olib borish 3)yuqori bosimli joydan havo bosimi normal sharoitga asta-sekinlik bilan o'tkazish 4)past bosimli joydan havo bosimi normal sharoitga asta-sekinlik bilan o'tkazish A)1 B)2 C)3 D)4 50.Jismoniy mashqlar bajarganda bir minutda nafas olish soni ... martaga yetadi. A)8-9 B)50-100 C)16-18 D)40-60 51.Jismoniy mashqlar bajarganda o'pkaning minutlik ventilatsiyasi ... l gacha ko'payishi mumkin. A)16-18 B)8-9 C)40-60 D)50-100 52.Nafas olish ... bilan boshqariladi. 1)nerv sistemasi 2)gumoral yo'l 3)avtomatik A)1 B)2 C)3 D)1,2 53.Nafas harakatlari va ularni boshqaruvchi nerv markazlarini juftlab ko'rsating. a)nafas markazi b)diafragma harakatini boshqaruvchi nervlarning markazi d)qovurg'alararo muskullarning faoliyatini boshqaruvchi nervlar markazi 1)orqa miyaning ko'krak qismida 2)uzunchoq miyada 3)orqa miyaning bo'yin qismida A)a-2; b-3; d-1 B)a-2; b-1; d-3 C)a-3; b-2; d-1 D)a-1; b-3; d-2 54.Uzunchoq miyadagi nafas olish markazidan har ... sekundda ritmik ravishda nerv impulslari orqa miyaning bo'yin va ko'krak qismida joylashgan diafragma va qovurg'alararo muskullar harakatini boshqaruvchi nerv markazlariga ta'sir qilib, ularni qo'zg'atadi. A)2-3 B)4-5 C)8-10 D)12-15 55.Nafas olishni boshqaruvchi oliy nerv markazi ... joylashgan. A)orqa miyaning ko'krak qismida B)uzunchoq miyada C)katta yarim sharlar po'stlog'ida D)orqa miyaning bo'yin qismida 56.Nafas olishning ... markazi odam turli holatlarda bo'lganda, yurganda nafas olish tezligini, uning yuzaki yoki chuqur bo'lishini muvozanatlashtirib turadi. A)o'rta miyadagi nerv B)uzunchoq miyada nerv C)orqa miyadagi D)oliy nerv 57.Qonda karbonat angidrid ko'paysa ... nafas markazini qo'zg'otadi. A)katta yarimsharlar po'stlog'idagi B)uzunchoq miyadagi C)orqa miyadagi D)o'rta miyadagi 58.Qonda karbonat angidrid miqdori ko'paysa nafas olish ... A)tezlashadi B)sekinlashadi C)muvozanatlashadi D)to'xtaydi 59.O'quvchilar deraza va eshiklari yopilgan sinfda uzoq vaqt o'tirsa qanday noxush belgilar yuzaga kelishi mumkin? 1)bosh aylanishi 2)uyqu bosishi 3)esnash 4)umumiy holsizlik 5)nafas qisishi A)1,2 B)3,4 C)3,5 D)barchasi 60.O'quvchilar deraza va eshiklari yopiq sinfda uzoq vaqt o'tirsa noxush belgilar vujudga kelishiga sabab nima? A)energiya yetishmasligi B)qon yaxshi aylanmasligi C)to'qimalarda kislorod kamayishi D)to'qimalarda karbonat angidrid kamayishi 61.Qonda karbonat angidrid miqdorining ko'payishi yoki kamayishi ...nafas olishning boshqarilishida ishtirok etadi. A)qon orqali impulslar yuborilib B)muskul paylari yordamida C)nerv sistemasi orqali D)gumoral yo'l bilan 62.Qaysi holda sun'iy nafas oldiriladi? A)nafas olish sekinlashsa B)nafas olish tezlashib ketsa C)nafas olish to'xtab qolganda D)barchasi 63.Sun'iy nafas oldirish ... usullarda amalga oshiriladi. 1)og'izdan og'izga 2)burundan og'izga 3)og'izdan burunga 4)burundan burunga A)1,2 B)2,4 C)3,4 D)1,3 64.Og'izdan og'izga sun'iy nafas nafas oldirish qanday bajariladi? 1)tekis joyga chalqancha yotkiziladi 2)og'zidagi ko'pik barmoqqa bint o'rab artib olinadi 3)yelkasi tagiga yupqa yostiq qo'yiladi 4)bo'ynini orqa tomonidan, boshning tepa qismidan ushlab, boshini orqa tomonga egiladi 5)tili biroz oldinga tortiladi va kuzatib turiladi 6)og'ziga ikki qavat bint yopiladi 7)burnini qo'l bilan qisib, chuqur nafas olib og'zi orqali qattiq puflanadi 8)burnini qo'yib yuborib, qo'l kaftini bemor ko'kragining ikki tomoniga qo'yib 29 bosadi. 9)puflash har 4-5 sekundda takrorlanadi A)1,3,5,7,9 B)2,4,6,8,9 C)1,2,3,7,8 D)barchasi 65.Suniy nafas oldirishda bir minutda ... marta puflanadi. A)6-7 B)12-15 C)25-30 D)45-60 66.Nafas olish organlari kasalliklari va ularning nomini juftlab ko'rsating. a)burun shilliq qavatining yallig'lanishi b)tomoq shilliq qavatining yallig'lanishi d)bodomsimon bezlarning yalliglanishi e)hiqildoq ichki qavatining yallig'lanishi f)traxeya ichki qavatining yallig'lanishi g)bronxlar ichki qavatining yallig'lanishi h)o'pka to'qimasining yallig'lanishi 1)laringit 2)faringit 3)zotiljam 4)traxeit 5)rinit 6)bronxit 7)angina A)a-5; b-2; d-7; e-3; f-4; g-6; h-1 B)a-5; b-7; d-2; e-1; f-4; g-6; h-3 C)a-5; b-2; d-7; e-1; f-4; g-6; h-3 D)a-2; b-1; d-5; e-7; f-3; g-4; h-6 67.Tamaki tutuni tarkibida ... ko'proq zaharli modda bor. A)3 ming B)3 mln. C)2 ming D)50 ming 68.Tamaki tutuni tarkibidagi ... odam organizmining barcha organlariga, jumladan, nafas olish organlariga zaharli ta'sir ko'rsatadi. 1)nikotin 2)ammiak 3)karbonat angidrid 4)benzol A)1,2 B)3,4 C)1,4 D)barchasi 69.Xalqaro Sog'iqni Saqlash Tashkiloti ma'lumotiga ko'ra chekish oqibatida yuzaga keladigan kasalliklardan har yili dunyoda ... kishi halok bo'ladi. A)bir miln. B)ikki yarim mln. C)uch mln. D)200 ming Download 103.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling