I qism. Mexanika asoslari. Kinematika asoslari
Download 1.04 Mb.
|
umumiy fizika usl.qullanm.1-qism (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bug’lanish va qaynash.
23 – rasm
Bu yerda m – ko’tarilgan ustunchadagi suyuqlik massasi. Bundan quyidagi formulani hosil qilish mumkin. (4) Bu yerda ρ – suyuqlik zichligi, R – suyuqlik sirtining egrilik radiusi. Ko’rsatish mumkinki (5) Bu yerda r – kapillyar radiusi, θ- chekka burchak (4) va (5) dan: (6) Demak, kapillyarda ho’llovchi suyuqlikning ko’tarilish balandligi kapillayarning radiusiga, suyuqlik zichligiga teskari, suyuqlikning sirt taranglik koeffisientiga esa to’g’ri proporsional. Bu qonunni ingliz olimi Jyuren chiqargani uchun uning nomi bilan yuritiladi. Agar suyuqlik kapillyar devorini to’la hollasa (θ=00) bu formula quyidagi ko’rinishga keladi. (7) Bug’lanish va qaynash. Ma’lumki, suyuqlik molekulalarining o’rtacha kinetik energiyasi temperaturga bog’liq. Ya’ni temperatura ortishi bilan kinetik energiya oshadi. Lekin, molekulalar xaotik harakat qilgani uchun uncha yuqori bo’lmagan temperaturalarda ham boshqa molekulalarning tortish kuchini yengib, ayrim molekulalar suyuqlik sirtidan uchib chiqadi. Bu jarayonga bug’lanish deyiladi. Kinetik energiyasi kattaroq bo’lgan molekulalarning uchib chiqib ketishi natijasida suyuqlikning ichki energiyasi kamayadi. Shuning uchun bug’lanish paytida suyuqlik sovuydi. Suyuqlikning birlik massasini butunlay bug’ga aylantirib yuborish uchun kerak bo’lgan issiqlik miqdoriga uning solishtirma bug’lanish issiqligi deyiladi. Bug’ning ayrim molekulalari tartibsiz harakat tufayli suyuqlik molekulalarining ta’sir doirasiga tushib, yana suyuqlikka aylanadi. Bu jarayonga kondensatsiya deyiladi. Kondensatsiyalanish paytida suyuqlik isiydi. Agar suyuqlikdan bug’lanib, uchib chiqayotgan molekulalar soni bilan qaytib tushib kondensatsiyalanayotgan molekulalar soni tenglashsa, bu holatga dinamik muvozanat deyiladi. O’z suyuqligi bilan dinamik muvozanatda turgan bug’ga to’yingan bug’ deyiladi. Temperatura ortishi bilan to’yingan bug’ning bosimi ham ortadi. Temperaturaning biror tq qiymatida to’yingan bug’ning bosimi tashqi atmosfera bosimiga tenglashadi. Bu holda bug’lanish faqat suyuqlik sirtida emas, balki butun hajmi bo’ylab sodir bo’ladi. Suyuqlik ichida hosil bo’lgan gaz pufakchalari uning sirtiga qalqib chiqib, yoriladi. Bu hodisaga qaynash deyiladi. Har bir suyuqlik uchun aniq tq qaynash temperaturasi mavjud. Qaynash temperaturasi tashqi bosimga to’g’ri proporsional. Quyidagi jadvalda ayrim suyuqliklarning qaynash temperaturasi normal bosim uchun keltirilgan.
Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling