21 – rasm
Suyuqlikning sirtini chegaralovchi konturga ta’sir qiluvchi tortishish kuchlarining yig’indisiga sirt taranglik kuchi deyiladi.
Sirt taranglik kuchi suyuqlik sirtini chegaralovchi konturning uzunligi l ga proporsional
(1)
bu yerda -sirt taranglik koeffisienti bo’lib, u birligida o’lchanadi.
(2)
Suyuqlikning sirt taranglik koeffisienti son jihatdan suyuqlik sirtini chegaralab turuvchi konturning uzunlik birligiga ta’sir qiluvchi sirt taranglik kuchiga teng.
Quyida ayrim moddalar uchun sirt taranglik koeffisienti keltirilgan:
-
Modda
|
τ,
|
Suv
|
0,073
|
Kerasin
|
0,026
|
Simob
|
0,54
|
Glitserin
|
0,064
|
Temperatura ortishi bilan σ keskin kamayadi.
Suyuqlikka aralashtirilgan ayrim moddalar uning sirt taranglik koeffisientini keskin kamaytirib yuboradi. Bunday moddalarga sirt – aktiv moddalar deyiladi. Masalan suv uchun spirt, neft mahsulotlari sirt – aktiv modda hisoblanadi.
Kapillyar hodisalar.
Suyuqlik bilan qattiq jismning tegishish chegarasida sodir bo’ladigan molekulyar hodisalardan biri ho’llashdir. Agar suyuqlik molekulalari orasidagi o’zaro tortishish kuchi suyuqlik molekulalari bilan qattiq jism molekulalari orasidagi tortishish kuchidan katta bo’lsa, suyuqlik qattiq jismni ho’llamaydi, aks holda ho’llaydi.
Qattiq jism sirti bilan suyuqlik tomchisi sirtiga o’tkazilgan urinma orasidagi θ burchakka chekka burchak deyiladi. Agar θ=1800 bo’lsa, to’la ho’llamaydi, agar θ=00 bo’lsa, to’la ho’llaydi, 0<θ<180 bo’lsa, qisman ho’llaydi.
Naychalar, tirqishlar singari tor idishlarga kapillyarlar deyiladi (lotincha – soch tolasi). Kapillyar naychadagi suyuqlik sirtining shakliga menisk (yunoncha – yarim oy) deyiladi.
22 – rasm
Agar suyuqlik kapilyar naycha devorini ho’llasa, menisk botiq (a-rasm), ho’llamasa menisk qavariq (6 – rasm ) bo’ladi.
Qo’shimcha bosimni 1805 yil fransuz olimi Laplas hisobladi.
(1)
Bu yerda R1, R2 – sirtning egrilik radiuslari. Qavariq sirt uchun “+” ishora, botiq sirt uchun “-” ishora olinadi.
Agar R1=R2 bo’lsa
(2)
Kapillyar naychada suyuqlik shunday h balandlikka ko’tariladiki, uning ko’tarilgan ustunchasining og’irligi qo’shimcha bosim kuchi bilan muvozanatlashadi.
(3)
180>
Do'stlaringiz bilan baham: |