I. R. Toymuhamedov


Download 0.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana24.01.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1115920
TuriУчебное пособие
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
91.Банк иши

Moliya bozorlari - bu, pul oqimlarini mulk egalaridan qarz oluvchilarga 
qarata yo`naltira oladigan bozor institutlarining yiindisidir.
Moliya bozorlari ko`p turdagi xilma-xil “kanallardan” iborat bo`lib, ushbu 
kanallar orkali pul mablalari egalaridan qarz oluvchilarga oqib o`tadi. Ushbu 
kanallar asosan 2 guruxga bo`linadi, ya’ni:
1) to`ridan-to`ri moliyalashtirish kanallari. Ushbu kanallar bo`yicha pul 
mablalari bevosita pul egalaridan qarz oluvchilarga oqib o`tadi. Mazkur 
to`ridan-to`ri moliyalashtirishning o`zini 2 (ikki) kichik guruxga bo`lish 
mumkin, ya’ni:
a)kapitalni moliyalashtirish. Ushbu xar qanday ko`rinishdagi kelishuvdan 
iborat bo`lib, unga asosan investitsiya qilish niyati bo`lgan pul mablaining 
egasiga firmaning mulkida ulush ishtirokiga ega bo`lish xuquqi evaziga, uning 
pul mablaglarini oladi. Bunga yaqqol misol bo`lib, koorporatsiya tomonidan 
oddiy aktsiyalarni sotilishi hisoblanadi.
Oddiy aktsiya - bu, koorporatsiya mulkidagi ulushga egalik tugrisidagi 
sertifikatdir xamda o`z egasiga koorporatsiya tomonidan olingan foydaning bir 
qismiga davogarlik qilish xuqiqini beradi;
b)qarz (zayom) olish orqali moliyalashtirish (debt finance) - ushbu toifaga 
xar qanday kelishuv kirib, unga asosan firma investitsiyalarni amalga oshirish 
maksadida pul mablalarini qarzga, ularni kelishilgan foizlari bilan kelgusida 
so`ndirish buyicha majburiyatni o`z zimmasiga oladi. Ushbu xolatda kreditor 
shaxs, aktsiyadagiga o`xshash firma mulkidagi ulush ishtiroki xuquqiga ega 
bo`lmaydi. Bunga, koorporatsiyalar tomonidan obligatsiyalar sotilishini misol 
sifatida keltirish mumkin.
2. Moliyalashtirishning kanallari. Egri kanallar orkali moliyalashtirishda 
oila xo`jaliklaridan firmalarga oqib o`tayotgan pul mablalari maxsus institutlar 
orqali oqib o`tadi. Bunday institutlarga banklar, o`zaro fondlar, suurta 
kompaniyalari kiradi. Ushbu turdagi tashkilotlar - moliyaviy vositachilar deb 
ataladi.
Moliyaviy bozordagi pul sarmoyalari birinchi bor karashda stixiyali 
asosda taqsimlanilayotgandek tuyuladi, ammo ushbu tushuncha yuzakidir. 
Ushbu bozordagi pul sarmoyalarning taqsimoti va qayta taqsimoti, jamiyatdagi 
uzgarishlarga o`ta sezgir va ta’sirchan mexanizm bo`lmish talab va taklif 
mexanizmi orkali amalga oshadi. 
Albatta, pul sarmoyalari birinchi navbatda serunum, kelajagi porloq va 
serdaromad tarmoqlarga, bozor mexanizmi orkali moliyaviy vositachilar 
yordamida, oqib utadi. Agarda, mazkur tarmoqda ishlar yurishmay kolsa, 
121


maxsulotni sifati pasayib natijada unga istemolchilar tomonidan talab pasaysa, 
pul bozori shu zaxoti shu tarmoqqa bo`lgan munosabatini uzgartiradi. Ya’ni, pul 
sarmoyalari ushbu tarmoqdan boshqa unumlirok va daromadlirok bo`lgan 
tarmoqqa bozor mexanizmi orkali oqib utadi. Kurinib turibdiki, moliyaviy 
bozordagi taqsimot va qayta taqsimot jarayonlarini yuqoridan, ma’muriy asosda 
boshqarishga xech xojat yuk. Bozorning o`zi vaziyatni uzgarishiga qarab xolatni 
tez va maqsadga muvofik xolda tartibga solib kuyadi. 
Yuqorida aytib o`tilgan fikrlardan ko`rinib turibdiki, moliya bozori, bozor 
iktisodieti sharoitida pul sarmoyalarini taqsimoti va kayta taqsimotini amalga 
oshiruvchi muxim, e’tiborga sazovor bo`lgan buginlaridan biri ekan. Bu erda, 
xar qanday bozorda bo`lganidek, sotuvchi va sotib oluvchi bor. Lekin, boshqa 
bozorlardan farqli ularok, moliya bozorida sotuvchi va sotib oluvchi bevosita 
oldi-sotti munosabatlarida ishtirok etmaydilar. Balki ularning nomlaridan 
shunday oldi-sotti operatsiyalarini moliyaviy vositachilar amalga oshiradi.
Qimmatli qoozlar bozorida moliyaviy vositachilar sifatida maydonga 
odatda brokerlar va dilerlar chiqadi.
Broker, qimmatli qoozlar bozorining professional ishtirokchisi bo`lib, 
brokerlik faoliyati bilan shuullanadi. Ya’ni, ushbu davlatda qimmatli qoozlar 
muomalasini tartibga soluvchi qonunlarga muvofiq, ishonch bildirilgan shaxs 
yoki komissioner sifatida qimmatli qoozlar bilan fuqarolik-xuquqiy 
shartnomalarini, topshiriq-shartnomasi yoki komissiya xamda ishonch asosida 
amalga oshirilgan operatsiyalar brokerlik faoliyatiga kiradi.
Brokerlar sifatida 
bozorda jismoniy va yuridik shaxslar xarakat qilishi mumkin. Fond bozoridagi 
professional brokerlik faoliyati maxsus tartibda olinadigan litsenziya asosida 
amalga oshiriladi.
Diler - bu, qimmatli qoozlar bozorining professional ishtirokchisi bo`lib 
(yuridik yoki jismoniy shaxs), u dilerlik faoliyatini amalga oshiradi. Ya’ni, 
“qimmatli qoozlar bozori xaqida”gi qonunga muvofiq, ommaviy ravishda 
muayyan qimmatli qoozlarni sotish va sotib olish baholarini e’lon qilgan xolda 
ularni o`z nomidan va o`z mablai hisobiga sotib olish xamda sotish, shu bilan 
birgalikda dilerlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxs tomonidan e’lon qilingan 
baholar asosida qimmatli qoozlarni sotib olish yoki sotish bilan boliq 
shartnomalarni amalga oshiruvchi shaxs.
Yuqoridagilardan tashqari, qimmatli qoozlar bozorining professional 
ishtirokchilaridan biri sifatida, ularni tashkil etishning aniq yuridik shaklidan 
qat’iy nazar, qimmatli qoozlarni boshqarish faoliyatining davlat litsenziyasiga 
ega bo`lgan boshqaruvchi kompaniyalar bo`lishi mumkin.
Ushbu faoliyat o`z ichiga quyidagilarni oladi:
-egalari tomonidan mazkur boshqaruvchi kompaniyaga berilgan qimmatli 
qoozlarni boshqarish;
-qimmatli qoozlarga foydali joylashtirish uchun mo`ljallangan mijozlar 
pul mablalarini boshqarish;
122


-kompaniyalar tomonidan qimmatli qoozlar bozoridagi faoliyat borasida 
olingan qimmatli qoozlar va pul mablalarni boshqarish.
Moliyaviy bozorda, moliyaviy tovarlar sotiladi va sotib olinadi. Ularni 
ishlab chikaruvchi shaxslar esa asosan pul sarmoyalariga muxtoj bo`lgan yoki 
pul sarmoyalarini sotib olmokchi bo`lgan shaxslardir.
Moliyaviy tovar boshqa oddiy tovarlardan tubdan farq qiladi. Birinchidan, 
moliyaviy tovarlar tovar sifatida albatta iste’molchini xamda ishlab chikaruvchi 
shaxsning ma’lum bir extiyojini kondiradi. Masalan, moliyaviy tovarni sotib 
oluvchi shaxsning vaqtincha bo`sh bo`lgan pul sarmoyalarini muxofazali, 
samarali va unga zarur bo`lgan muddatga joylashtirish extiyojini. Ikkinchidan, 
moliyaviy tovarning sotuvchisini esa pul sarmoyalariga bo`lgan vaqtincha 
extiyojini, o`ziga xos shartlar va muddatlar asosida. Uchinchidan, boshqa 
tovarlar ularni ishlab chikaruvchi shaxslarga shu zaxoti iktisodiy samara 
keltirmaydi. Ushbu samara olingunga qadar ma’lum bir vaqt o`tadi. Mazkur 
vaqtning katta yoki kichikligi texnologik jarayon, taqsimot va muomala 
jarayonlaridagi vaqtga bevosita boglikdir. Bulardan moliyaviy tovarlar tubdan 
farq qilib, o`z ishlab chikaruvchilariga samarani shu zaxoti keltiradi.
Bozorga moliyaviy tovarlarni chikaraetgan shaxslarni jahon amalietida 
“emitent” deb atashadi. Moliyaviy tovarlarni sotib olaetgan shaxslarni esa 
“investor” deb atashadi. Moliyaviy tovarning bozordagi oldi-sotdisida bevosita 
ishtirok etadigan xamda sotuvchi va sotib oluvchining topshirigini bajaradigan 
shaxslar esa moliyaviy vositachilardir.
Moliyaviy vositachilar, ixtisoslashgan moliyaviy tashkilotlar yoki 
jismoniy shaxslardir. Jahon amalietida moliyaviy bozorda kuyidagi moliyaviy 
vositachilar mavjud: Investitsiya firmalari (banklari), Broker firmalari 
(kontoralari), Investitsiya fondlari, Sugurta kompaniyalari va Pensiya fondlari. 
Jismoniy shaxslar esa brokerlar yoki dilerlar sifatida mavjuddirlar.
7.2. Banklarni invеstitsion faoliyatini davlat tomonidan 
muvofiqlashtirish
57
Õar qanday jamiyatda moliyaviy bozor faoliyati bo`lishligi uchun yana bir 
muxim shart-sharoit mavjud bo`lishi lozim. Ushbu shart-sharoit, moliya bozori 
ishtirokchilarini va moliyaviy vositachilarni iktisodiy ma’lumot (axborot) bilan 
ta’minlanganligini ko`zda tutadi. Bundan tashkari, jamiyatda iqtisodiy 
axborotlar erkin, ochiq, oydin matbuotda e’lon qilinmogi lozim. Boshqacha qilib 
aytganda, moliya bozoridagi xar bir ishtirokchi va xar bir moliyaviy vositachi 
bir xil iktisodiy va axborot muxitiga ega bulmogi kerak. Ushbu bozorda 
munosabatlarni tartibga solib turuvchi qonun-qoidalar xam barcha ishtirokchilar 
57
TDIU va MDH mamlakatlari iqtisodiy mutaxassisliklari bo`yicha bakalavriat bitiruv-malakaviy ishlari, 
magistrlik, nomzodlik va doktorlik dissеrtatsiyalarining namunaviy mavzulari. T, 2005 y., 72
123


uchun bir xil bo`lishi lozim. O`zbekiston Respublikasida “Fond birjasi va 
qimmatli qoozlar” xaqida qonun 1994 yilda qabul qilingan. 
Shu qonunga asosan O`zbekiston Respublikasida xozirgi kunda qimmatli 
qoozlar bozori rivojlanib, shakllanib bormoqda. Respublikada qimmatli 
qoozlarni oldi-sottisiga ixtisoslashgan “Toshkent” fond birjasi faoliyat 
ko`rsatmokda.
O`zbekistondagi yirik emitentlarga Aktsiyadorlik-tijorat banklar, Milliy 
korporatsiyalar, Aktsiyador-tijorat korxonalari va Moliya Vazirligi kiradi.
Shunday qilib qimmatli qog`ozlar bozorida banklar shu bozorning 
profеssional qatnashchilari invеstitsion instituti sifatida ishtirok etadilar.
O`zbеkiston Rеspublikasi banklari Markaziy bank tomonidan bеriladigan 
umumiy litsеnziya asosida qimmatbaho qog`ozlar bank opеratsiyalarini amalga 
oshirishlari mumkin.
Banklar quyidagi shartlar bajarilgan holda qimmatbaho kog`ozlarga 
qo`yilmalarni amalga oshirishlari mumkin
58
:
a) bankning bir korxona ustav kapitaliga, shuningdеk ushbu korxonaning 
boshqa qimmatbaho kog`ozlariga qo`yilmasining miqdori I- darajali bank 
rеgulyativ kapitalining 15% oshmasligi kеrak.
b) bankning barcha elimеntlar uchtav kapitaliga va boshqa qimmatbaho 
qog`ozlariga qilgan invеstitsiyalari miqdori I-darajali bank rеgulyativ 
kapitalning 15%idan oshmasligi kеrak.
v) oldi-sotdi uchun nodavlat qimmatbaho-qog`ozlariga qilingan bank 
qo`yilmasi miqdori I-darajali bank rеgulyativ kapitalining 25%idan olinishi 
kеrak.
Bank istе'mol korxona (moliyaviy institutlar miqdori) ustav kapitaliga 
20%idan ortig`iga to`g`ridan to`g`ri yoki bilvosita egalik qilishi mumkin emas
Umaman olganda banklarning foyda opеratsiyalariga quyidagilar kirishi 
mumkn:
1. qimmatbaho qog`ozlarga asosan krеditlar (lombard).
2. qimmatbaho qog`ozlarni o`z portfеli uchun sotib olish (invеstitsiya).
3. yangi chiqarilgan qimmatbaho kog`ozlarni birlamchi taqsimlash 
(jamlashtirish);
4. Mijozning topshirig`iga ko`ra qimmatbaho qog`ozlarni sotib olish va 
saqlash (qimmatbaho kog`ozlar ikkilamchi muomalasiga xizmat ko`rsatish).
(Kaznachеy vеksеllarining sotish bahosi).
p 160-D
M- vеksеlni sotib olish vaqtincha ko`shimcha qolgan kunlar soni.
R - Diskont foizi (%)
D- 100$ sotib olish mumkin vеksеl.
R- vеksеlni sotib olish bauosi.
58
O`zbеkiston Rеspublikasi Markaziy banki mе'yoriy hujjatlari tuplami. T.: O`zbеkiston 2003 y.
124


M: 147 kundan sung muddati tugaydigan kaznachеy vеksеlini (7,75% 
diskontli) bauosini aniqlang.
R- 100-3,16-96,84 doll.
qarzdor Sk100 mm, t k3 oy (90 kunga), % -ibning 720% yillik krеdit 
bulsa. % stavkasi bo`yicha qaytarilgan summasi:
55000000
100
360
220
90
100000000
100
360

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling