I shamshidinov noorganik moddalar va
Gazni is gazidan tozalash
Download 7.06 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gazni oltingugurtdan tozalash.
Gazni is gazidan tozalash. Gazni is gazidan tozalash sanoatda
quyidagi uch usuldan biri bo‘yicha amalga oshiriladi: mis-ammiakli eritmaga yutdirish; gazni suyuq azot bilan yuvish; qoldiq CO ni katalitik gidrogenlash. Mis-ammiakli eritma bilan tozalash gazning absorbsiyasi jarayonida is gazining mis-ammiakli kompleks birikmasi hosil bo‘lishiga asoslangandir. Yuttiruvchi sifatida mis(I)-asetatning ammiakdagi eritmasi ishlatiladi. Jarayon quyidagi sxema bo‘yicha sodir bo‘ladi: [Cu(NH 3 ) 2 ] + + CO + NH 3 ⇄ [Cu(NH 3 ) 3 CO] + CO ning yutilishi yuqori bosim (100-300 atm) va 0-25 O C haroratda o‘tkaziladi. Yuttiruvchi regeneratsiyasi atmosfera bosimigacha bosimni pasaytirish va eritmani 80 O C haroratgacha qizdirish orqali amalga oshiriladi. Metanlash yoki gidrogenlash. Oz miqdordagi (1% gacha) qoldiq CO va CO 2 bo‘lganda metanlash yoki gidrogenlash o‘tkaziladi: CO + 3H 2 → CH 4 + H 2 O CO 2 + 4H 2 → CH 4 + 2H 2 O Bunda hosil bo‘ladigan metan ammiak sintezi katalizatori faolligini pasaytirmaydigan inert qo‘shimcha hisoblanadi. Metanlash jarayoni nikel (aluminiy oksid qo‘shilgan) katalizatori ishtirokida 200-400 O C haroratda 6000 soat -1 hajmiy tezlikda o‘tkaziladi. Gazni oltingugurtdan tozalash. Vodorod olishning birinchi bosqichidayoq gazni oltingugurtdan tozalash kerak, chunki oltingugurt va uning birikmalari kuchli katalitik zaharlar hisoblanadi. Texnologik gazlardagi oltingugurt vodorod sulfid tarzida yoki organik birikmalar (uglerod sulfid CS 2 , uglerod oksisulfid COS, metkaptanlar RSH va boshqa birikmalar) tarzida uchrashi mumkin. 133 Ammiak ishlab chiqarish uchun otltingugurt birikmalaridan yuqori darajada tozalangan gaz kerak bo‘ladi, chunki ammiak sintezi katalizatorini keskin pasaytiradi. Gazni oltingugurt birikmalaridan tozalash usullarini tanlash ko‘pgina omillarga bog‘liqdir, xususan, boshlang‘ich aralashmadagi oltingugurt birikmalarining miqdori, talab etiladigan tozalanish darajasi va xokazo. Gazni oltingugurt birikmalaridan tozalash quruq va ho‘l (suyuqlikli) usullariga bo‘linadi. Quruq usul. Bu usulda gazni oltingugurt birikmalaridan qattiq yuttirgichlar orqali tozalanadi. Yuttirgichlar sifatida temir(III)-gidroksid, ZnO, MnO, faollangan ko‘mir ishlatiladi. Temir(III)-gidroksid bilan tozalash quyidagi reaksiyalarga asoslangan: 2Fe(OH) 3 + 3H 2 S = 2FeS + S + 6H 2 O (kislotali muhit) 2Fe(OH) 3 + 3H 2 S = Fe 2 S 3 + 6H 2 O (ishqoriy muhit) Bu holda regeneratsiya jarayoni quyidagi reaksiyalar bo‘yicha sodir bo‘ladi: 2Fe 2 S 3 + 3O 2 + 6H 2 O = 4Fe(OH) 3 + 6S 4FeS + 3O 2 + 6H 2 O = 4Fe(OH) 3 + 4S Rux oksidli yuttirgichda gazni tozalashda 350-400 O C haroratda ZnO sulfidga aylanadi. Yuttirgich regeneratsiyasi 500-550 O C haroratda havoniig suv bug‘i bilan aralashmasida o‘tkaziladi. Marganey (II)-oksid 370-500 O C haroratda quyidagi reaksiya bo‘yicha vodorod sulfidni yutadi: MnO + H 2 S ⇄ MnS + H 2 O Yuttirgich regeneratsiyasi bug‘-havoli aralashmada amalga oshiriladi. Faollangan ko‘mir bilan tozalash vodorod sulfidning kislorod bilan faollangan ko‘mir yuzasida oksidlanishiga asoslangan: H 2 S + 0,5O 2 ⇄ H 2 O + S + Q Ho‘l usul. Gazni vodorod sulfiddan ho‘l usulda tozalash suyuq yuttirgichlardan foydalanishga asoslangan. Mishyak-sodali, etanolaminli, karbonatli usullar eng keng tarqalgandir. Mishyak-sodali usulda tozalash oksitioarsenat tuzlari eritmasining ishqoriy sharoitda vodorod sulfidni yutishiga asoslangan: Na 4 As 2 S 5 O 2 + H 2 S ⇄ Na 4 AsS 6 O + H 2 O Yuttirgich regeneratsiyasi esa havo purkash yo‘li bilan elementar oltingugur ajralishi orqali amalga oshiriladi: Na 4 As 2 S 6 O + 0,5O 2 ⇄ Na 4 As 2 S 5 O 2 + S 134 Metanolaminning vodorod sulfid bilan ta’sirlashuvi quyidagi reaksiyalar bo‘yicha sodir bo‘ladi: 2RNH 2 + H 2 S ⇄ (RNH 3 ) 2 S (RNH 3 ) 2 S + H 2 S ⇄ 2RNH 3 HS 20-40 O C haroratda reaksiya o‘ng tomonga boradi. Harorat 100 O C gacha oshirilganda reaksiya teskari yo‘nalishda boradi, ya’ni eritmadan vodorod sulfidning desorbsiyalanishi kuzatiladi. Tozalashning karbonatli usuli quyidagi qaytar reaksiya sodir bo‘lishiga asoslangan: Me 2 CO 3 + H 2 S ⇄ MeHCO 3 + MeHS bu yerda: Me – kaliy yoki natriy. Oltingugurning organik birikmalari vodorod sulfidga nisbatan reaksiyaga kirishishi qiyindir. Bu qo‘shimchalar katalitik gidrogenlash orqali vodorod sulfidga aylantiriladi, so‘ngra u yuqoridagi usullardan biri bo‘yicha yo‘qotiladi. Oltingugurtli organik birikmalar nikel, temir- xrom, palladiy va boshqa katalizatorlar ishtirokida gidrogenlanadi. Download 7.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling