I shamshidinov noorganik moddalar va


-§. Fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqarish


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/131
Sana12.09.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1676157
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   131
3-§. Fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqarish 
Fosfor. Fosfor – tabiatda keng tarqalgan elementdir. Uning yer 
qobig‘idagi miqdori og‘irlik bo‘yicha 0,08-0,12% ni yoki yer 
qobig‘idagi atomlarning umumiy soni bo‘yicha ~0,07% ni tashkil qiladi. 
Elementar fosfor va uning oksidlari yuqori kimyoviy aktivlikka ega 
bo‘lganligi sababli u yer qobig‘ida kimyoviy barqaror, suvda va tuproq 
eritmalarida erimaydigan minerallar shaklida bo‘ladi. Bu minerallar 
tarqoq va ba’zan esa yirik to‘planishlar tarzida uchraydi. 
Priyanishnikov ma’lumotlariga ko‘ra, 20 sm chuqurlikkacha 1 ga 
tuproqdagi fosforning zaxirasi 300 dan 6000 kg gachani tashkil etadi. 
Fosfor oddiy moddasi asosan uch xil: rangsiz (oq yoki sariq), 
binafsha (qizil) va qora rangdagi allotropik shakl o‘zgarishlarini 
namoyon qiladi. Fosforning 11 ta modifikatsiyasi ma’lum bo‘lib, qora 
fosforni e’tiborga olinmasa ularning tuzilishi kam o‘rganilgan. Ularning 
ko‘pchiligi oq va pushti modifikatsiyalarining uyg‘unlashishidan kelib 
chiqadi. 


184 
Oq fosfor – rangsiz modifikatsiyaning keng tarqalgan shaklidir. U 
fosfor bug‘larini intensiv kondensatsiyalash natijasida hosil qilinadi va 
uning tarkibida ma’lum miqdordagi oq va yorqin sariq rangdagi oraliq 
mahsulotlar bo‘ladi. Yorug‘lik nuri ta’sirida u qisman qizil 
modifikatsiyaga aylanadi. 
Oq fosforning ikki xil shakli ma’lumdir: kubsimon singoniyadagi 
kristallardan iborat bo‘lgan -shaklining zichligi 1,828 g/sm
3
bo‘lib, 
44,1
O
C da suyuqlanadi; rombik yoki monoklinik singoniyadagi 
kristallardan iborat bo‘lgan - shaklining zichligi 1,88 g/sm
3
dir. 
Texnik mahsulot sifatidagi fosfor – 1,83 g/sm
3
zichlikka ega 
bo‘lgan 
kukunsimon 
moddadir. 
Uning 
rangi 
tarkibidagi 
qo‘shimchalarning miqdori va xususiyatiga qarab, sariq rangdan qora 
qo‘ng‘irgacha bo‘lishi mumkin. 
Fosfor suvda deyarli erimaydi (100 g suvda 0,003 g eriydi), etil 
spirtida, dietil efirida, benzolda va gliserinda oz (100 g da 0,17 g) va 
suyuq holatdagi ammiakda, sulfit angidridda, uglerod sulfidda (100 g da 
880 g) hamda fosforning uch valentli galogenli birikmalarida yaxshi 
eriydi. 
Uni 
uglerodsulfiddagi 
eritmasidan 
rombik 
dodekaedr 
ko‘rinishdagi kristallar holatida ajratib olinishi mumkin. Oq fosfor 
hattoki nam holatida ham havoda osonlik bilan yonib, sarg‘ish-oq alanga 
hosil qiladi. Hosil bo‘lgan oq tutun tarkibida asosan fosfat angidrid, 
shuningdek ma’lum miqdordagi fosforning boshqa oksidlari va fosfat 
kislotalari bo‘ladi. Qizdirish, ishqalanish, qisish kabi ta’sirlar natijasida 
fosforning o‘z-o‘zidan alangalanishini oldini olish maqsadida uni suv 
ostida saqlanadi. 
Fosfor o‘z nomiga ko‘ra qorong‘u joyda shulalanadi Uning nomi 
yunoncha «fos» – yorug‘lik, «foros» – tashuvchi ma’nosini anglatadi. 
Fosforessensiya aynan fosfor bug‘lariga xosdir. Oq fosforning 25
O

dagi bug‘ bosimi 0,043 mm.sim.ust. ga teng. 
800
O
C haroratgacha fosfor molekulalari to‘rt atomli (P
4
), undan 
yuqori haroratda esa ikki atomli (P
2
) bo‘ladi. 
Oq fosfor kuchli qaytaruvchi bo‘lib, u galogenlar, metallar, bir qator 
kislota va tuzlar eritmalari bilan shiddatli ta’sirlashadi. Oq fosfor qattiq 
holatda ham, bug‘ holatida ham kuchli zaharli moddadir. U ayniqsa 
nafas olish organlari va terini juda tez shikastlantiradi. 

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling