I shamshidinov noorganik moddalar va


Fosfat kislotani konsentrlash


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/131
Sana12.09.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1676157
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   131
Fosfat kislotani konsentrlash. Qo‘shaloq superfosfat, ammofos, 
nitroammofoska ishlab chiqarish uchun 45-55% P
2
O
5
tutgan fosfat 
kislota, ammoniy polifosfatlari va suyuq o‘g‘itlar olish uchun esa – 72-
83% P
2
O
5
li fosfat kislotalari talab etiladi. Bunday hollarda ekstraksion 
fosfat kislota bug‘latiladi. Ma’lumki, har qanday (98% li H
3
PO
4
gacha) 
konsentratsiyadagi toza fosfat kislotaning bug‘i faqat suvdan iborat, 
nazariy olganda uni bug‘latish orqali yuqori konsentratsiyali eritmalarini 
olish mumkin. Amalda esa jihozlar materiallarining korroziyalanishi 
hisobiga bug‘latish qiyinchilik tug‘diradi. Harorat va kislota 
konsentratsiyasining ortishi bilan korroziyalanish tezlashadi. Bundan 
tashqari, konsentratsiya ortishi bilan kislota tarkibidagi qo‘shimchalar, 
eruvchanlikning keskin kamayishi hisobiga cho‘kmaga tushadi (quyqa 
hosil qiladi). Cho‘kmali qoldiq (quyqa) lar qizdiriluvchi yuzaning ichki 
sirtiga o‘tirib qolib, issiqlik almashinuvchi yomonlashtiradi. 


235 
Loyiha quvvati yiliga 110 ming t P
2
O
5
bo‘lgan ekstraksiyali 
sistemalarda kislotani 28-30 dan 52-55% P
2
O
5
gacha konsentrlash uchun 
odatda bir korpusli bug‘ bilan isitiladigan (130
O
C) qizdiruvchi kamerali 
3-4 ta vakuum-bug‘latgichli apparatlar o‘rnatilgan (3.17-rasm). 
Vakuum-nasos yordamida apparat ichida 0,09 MPa li vakuum hosil 
qilinadi. Bu esa bug‘latishni nisbatan past (80-90
O
C) haroratda amalga 
oshirish 
imkoniyatini 
beradi. 
Apparat 
korpusi 
gummirlangan, 
qizdiruvchi kamera grafitli (kislota va bug‘ harakatlanadigan yo‘llari 
bo‘lgan grafitli bloklardan iborat, issiqlik almashinuv yuza maydoni 
158 m
2
ga teng) bo‘ladi. Qizdiriluvchining cho‘kmali quyqa hosil qilib 
qolishini oldini olish maqsadida, uzluksiz ravishda kuchsiz kislota 
qo‘shish 
orqali 
konsentrlangan 
kislotaning 
majburiy 
intensiv 
sirkulyatsiyasi (sirkulyatsiyaning qaytarilishi 100-150 marta) amalga 
oshiriladi. 
Shu 
tufayli 
sirkulyatsiyali 
eritma 
konsentratsiyasi 
aralashishdan so‘ng ham kam o‘zgaradi. Bunday kislotadagi 
qo‘shimchalarning eruvchanligi boshlang‘ich kislotadagiga qaraganda 
anchagina kam bo‘ladi. Shuning uchun aralashtirilgan vaqtda kuchsiz 
kislotadagi qo‘shimchalar kristallanadi. Ularni tindirgichdayoq ajratib 
olish va so‘ngra bug‘latuvchi apparatga yo‘llash maqsadga muvofiqdir. 
Bug‘latilgan kislotani sirkulyatsiyali konturdan muntazam chiqarib 
turiladi. 
3.17-rasm. Fosfat kislotani konsentrlash uchun vakuum-bug‘latgichli 
qurilma sxemasi: 
1-bug‘latuvchi apparat (bug‘latgich) korpusi; 2-qizdiruvchi kamera; 3-sirkulyatsiya nasosi; 
4-tomchi ushlagich; 5-ftorli gazlar absorberi (yuvish minorasi); 6-H
2
SiF
6
eritmasining 
barometrik yig‘gichi; 7-yuza kondensatori; 8-ikki bosqichli ejektorli (so‘rg‘ich) qurilma; 
9-barometrik bak. 
Qizdiruvchi 
kameraning 
ichki yuzasiga 
kalsiy 
sulfat 
va 
ftorsilikatlardan iborat qo‘shimchalar o‘tirib qoladi. Bu har uch kunda 


236 
toza suv bilan yuvib turishni talab etadi. Nisbatan ko‘proq vaqt 
ishlatilganda qo‘yqa bu yuzani yanada to‘laroq egallab oladi, uni 
mexanik usullar bilan tozalanadi va so‘ngra H
2
SiF
6
ning 4-5% li eritmasi 
bilan yuviladi. 
Ekstraksion fosfat kislotaning konsentratsiyasi ortishi bilan unda 
erigan geksaftorsilikat kislotaning bug‘ bosimi ham ortadi. Shu tufayli 
fosfat kislotani 52-57% P
2
O
5
gacha bug‘latishda boshlang‘ich 
kislotadagi ftorning 80-90% i (2HF+SiF
4
ning taxminan ekvivalent 
aralashmasi tarzida) gazli fazaga ajralib chiqadi; mahsulot kislotasidagi 
ftorning miqdori 0,5-0,8% gacha kamayadi. Shuningdek, bug‘latgichdan 
chiqadigan gazlar tarkibida ko‘p miqdordagi suv bug‘i bo‘ladi, uni 
ftoridlar absorbsiyasida kondensatsiyalanishini kamaytirish uchun, 
absorbsiyalash jarayoni qaynoq (60-70
O
C) H
2
SiF
6
eritmalari bilan 
amalga oshiriladi; ftordan tozalangan suv bug‘i barometrik kondensator 
o‘rnatilgan ikki bosqichli bug‘ejektorli (bug‘ so‘ruvchi) qurilmalar 
yordamida so‘rib olinadi. 
Apatitdan olingan bug‘latilgan kislota 1650-1750 kg/m
3
zichlikka 
ega, uning tarkibida: 52-54% P
2
O
5
; 3,4-4,2% SO
3
; 1,2-1,3% (Fe,Al)
2
O
3

0,1-0,4% SiO
2
; 0,5-0,8% F bo‘ladi. 
Ekstraksion 
fosfat 
kislotani 
bug‘latish 
uchun 
barbotajli 
konsentratorlar – kislotabardosh materialli kameralar ham ishlatiladi, 
ularda bug‘latish kislotaning yuza qatlami orqali yoqilgan qaynoq gaz 
berish orqali amalga oshiriladi. Bu yerda issiqlik uzatuvchi yuza 
bo‘lmaydi, issiqlik almashinish qaynoq gaz bilan kislotaning to‘g‘ridan-
to‘g‘ri to‘qnashishidan amalga oshadi; bunda hosil bo‘ladigan cho‘kma 
muallaq holatda qoladi va apparatdan kislota bilan birgalikda chiqadi, 
so‘ngra uni tindirish orkali tozalanadi. Kameraga o‘txona gazlari 650-
900
O
C haroratda beriladi. Ayniqsa, tabiiy gaz yondiriladigan grafitli 
botirma yondirgichli konsentratorlar intensiv ishlaydi. Barbotajli 
konsentrator va botirma yondirgichli apparatlarda gaz o‘zi bilan birga 
anchagina miqdordagi fosfat kislota bug‘ini olib chiqadi, uni esa 
elektrofiltrlarda tutib qolish lozim bo‘ladi. Tarkibida 8,5-9 g/m
3
ftor 
(elektrofiltrga kirishdan oldin havo bilan aralashishi hisobiga – 3 g/m
3

bo‘lgan chiqindi gazlarini tozalashdan ko‘p miqdordagi P
2
O
5
tutgan 
H
2
SiF
6
eritmasi olinadi; ularni ishlatish qiyinchilik tug‘diradi. Tuman 
hosil bo‘lishi – P
2
O
5
yo‘qotilishi orshiradi, bundan tashqari, tevarak 
atrof-muhit ifloslanishiga sabab bo‘ladi. 


237 
Bunday jihozlar ko‘proq superfosfat kislotalar olish uchun 
qo‘llaniladi. Bu holda bug‘latishga tarkibida 54-55% P
2
O
5
tutgan 
eritmalar (vakuum-bug‘latgichdan so‘ng) beriladi. Bunday maqsadlar 
uchun qizdiruvchi kameraga yuqori bosimdagi bug‘ (~3 MPa) 
uzatiladigan vakuum-bug‘latgichli apparatlar ham ishlatilishi mumkin. 
Hozirgi 
paytda 
barbotajli 
konsentratorlar 
o‘rnida yanada 
takomillashgan, yuqori darajada issiqlikdan foydalanuvchi, aeroliftli 
apparatlar qo‘llanilmoqda. Ular ichki qismi grafitli quvur bilan 
muhofazalangan vertikal po‘lat quvurdan iborat. Uning bug‘latiladigan 
kislota kiritiladigan pastki qismidan qaynoq gaz oqimi yuboriladi, hosil 
bo‘ladigan gaz-suyuqlikli aralashma yuqori qismidan chiqariladi. 
Suyuqlikni ajratilgandan keyin va issiqligidan bug‘latiladigan kislotani 
isitishda foydalanilgandan so‘ng, chiqindi gazi, absorbsiya qurilmalarida 
kislota tumani, SiF
4
va HF dan tozalanadi. Suyuq kompleks o‘g‘itlar 
ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan, tarkibida 68-70% P
2
O
5
tutgan 
kislota olish uchun konsentrlashni ikkita ketma-ket bosqichda: 1-chisida 
52-54 dan 64% gacha, 2-chisida esa 68-70% P
2
O
5
gacha o‘tkaziladi. 

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling