I shamshidinov noorganik moddalar va
Ammiakli usulda kalsinirlangan soda olish
Download 7.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Ammiakli usulda kalsinirlangan soda olish. Kalsiy oksid (ohak)
va karbonat angidrid olish. Ohaktoshni kuydirish 1100-1250 O C haroratda amalga oshiriladi va bunda quyidagi reaksiya sodir bo‘ladi: CaCO 3 = CaO + CO 2 – Q (Q=177,9 kj) Bu reaksiya endotermik bo‘lib, uni amalga oshirish uchun issiqlik kiritish kerak bo‘ladi. Bu issiqlikni yoqilg‘ining yonishi natijasida hosil qilinadi. Ohaktoshni kuydirish pechlarda amalga oshiriladi (5.1-rasm). Kuydirish pechi aylana ko‘ndalang kesimli shaxta 1 dan (balandligi 8-20 m, diametri 4 m) iborat bo‘lib, ichki qismi issiqlikka bardoshli iaterial bilan niqoblangan bo‘ladi. 5.1-rasm. Ohaktoshni kuydirish shaxtali pechi 50-1200 mm o‘lchamli ohaktosh bo‘lakchalari va koks (30-80 mm o‘lchamli bo‘lakcha) dan iborat shixta (aralashma) pechga yuklash qurilmasi 3 orqali tushadi; pechning pastki qismidagi maxsus tirqish 4 havo kiritiladi. Koksning yonishi natijasida hosil bo‘ladigan issiqlik hisobiga pechda ohaktoshning parchalanishi uchun kerak bo‘ladigan harorat ta’minlanadi. Ohak pechdan uning quyi qismidagi 2-3 ayl/soat tezlikda aylanuvchi taglik 5 dan chiqariladi va ohak suti Ca(OH) 2 olish uchun yuboriladi. 295 Shaxtali pech unumdorligi 140-160 kg/t koks sarflanganda sutkasiga 25-125 t CaO ni tashkil etadi. 5.2-rasm. Ohaktoshni kuydirish jarayonining texnologik sxemasi: 1-elektrofiltr; 2-gaz yuvgich; 3-umumiy kollektor; 4-vagoncha; 5-yuklovchi mexanizm; 6-pech; 7-qovishli transporter; 8-bunker; 9-to‘kuvchi mexanizm. Soda ishlab chiqarishda karbonat xomashyosi kuydiriladigan pechdan CO 2 ning konsentratsiyasi iloji boricha yuqori bo‘lgan gaz chiqishini ta’minlash lozim. Shu sababli pechdan chiqayotgan gaz va CaO bilan issiqlik minimal ravishda yo‘qolishi kerak. Bu talabga shaxtali pech yuqori darajada javob beradi. Vertikal shaxtaning yuqori qismidan karbonat xomashyosi va yoqilg‘i (koks), pastki qismidan esa havo beriladi. Issiq gazlar pechning yuqori qismiga chiqib sovuq shaxtani qizdiradi, pastga tushgan yuqori haroratdagi kalsiy oksid kirib kelayotgan havoni qizdiradi. Ohaktoshni kuydirish texnologik sxemasi 5.2-rasmda keltirilgan. Karbonat xomashyosi pechlarga havoli kanat yo‘l bilan vagonchalarda (4) beriladi. Pechga berishdan oldin har bir vagonchaga dozator orqali yoqilg‘i beriladi. Tayyorlangan shixta maxsus yuklash mexanizmi (5) yordamida pechga (6) oshiriladi. Hosil bo‘lgan kalsiy oksid mexanizm (9) orqali pechdan chiqariladi va transporterlar (7) yordamida bunkerlarga (8) beriladi. Pechda hosil bo‘lgan gaz umumiy kollektorga (3) keladi. Sovutish va tozalanishi uchun gaz kollektordan yuvitgichga (2) va undan keyin elektrofiltrlarning skrubberli qismiga beriladi. Elektrofiltrning skrubber qismi yog‘ochli namuna bilan to‘ldirilgan bo‘ladi. Yuvitgichda gaz sovutiladi va yirik zarrachalardan tozalanadi. Bundan tashqari bu yerda 296 suv bug‘lari ham kondensatsiyalanadi. Elektrofiltrning skrubber qismida gaz mayda zarrachalar (tuman) dan tozalanadi. Sovutilgan va tozalangan gaz kompressorlar orqali karbonizatsiya bo‘limiga yuboriladi. Ohak suti tayyorlash texnologiyasi. Ohakni so‘ndirish gorizontal holatda joylashgan (3-4 ayl/min tezlikda aylanuvchi) silindr shaklidagi po‘lat barabanlarda (diametri 2,5 m, uzunligi 15 m) amalga oshiriladi. Jihozning bir tomonidan va bir vaqtda beriluvchi ohakning suv bilan ta’sirlashishidan suvda kam eriydigan kalsiy gidroksid (ohak suti) hosil qilinadi. Shundan kelib chiqqan holda tarkibida 280-290 g/l mayda dispers Ca(OH) 2 bo‘lgan ohak suti olish uchun so‘ndirish 95-96 O C haroratda issiq suv (50-60 O C) bilan amalga oshiriladi. Kalsiy gidrooksid olish texnologik sxemasi 2 ta asosiy jarayon: kalsiy oksid bilan issiq suv orasidagi reaksiya va kalsiy gidroksidning kuymagan karbonat xomashyosi hamda erimaydigan qo‘shimchalardan tozalashdan iboratdir. Kalsiy gidrooksid tayyorlash texnologik sxemasi 5.3-rasmda tasvirlangan. Ishchi bunker (2) dan kalsiy oksid ta’minlovchi (1) yordamida aylanuvchi baraban-reaktor (3) ga beriladi. Bu yerga bir vaqtning o‘zida issiq suv va chiqindi kalsiy oksidini yuvishdan hosil bo‘lgan eritma beriladi. Reaksiya natijasida baraban-reaktorda kalsiy gidroksid hosil bo‘ladi. Uning tarkibida har xil o‘lchamdagi qattiq aralashmalarning zarrachalari ham bo‘ladi. Undan keyin kalsiy gidroksid navlaydigan baraban (5) ga kelib tushadi. Bu barabanda 40 mm teshikli elak joylashtirilgan. Barabanda kuymagan karbonat xomashyosining 40 mm dan katta bo‘lgan bo‘laklari ajratiladi. Barabanning oxirida bo‘laklar issiq suv bilan yuviladi va transportyor orqali qayta kuydirish uchun o‘choqqa yuboriladi. Navlash barabani 2 ta quvurli maxsus kojuxning ichiga o‘rnatiladi. Bitta quvur kondensator (4) ga boradi. Bu yerda bug‘ reaksiyaga berilayotgan suvni isitadi. Ta’mirlash yoki kondensatorni tozalash vaqtida bug‘ni chiqarish uchun ikkinchi quvur atmosferaga chiqarilgan. O‘lchami 40 mm dan kichik bo‘lgan zarrachalar bilan kalsiy gidrooksid 2-navlash barabani (7) ga keladi. Bu baraban aylanayotgan 2x10 mm o‘lchamli elak o‘rnatilgan bo‘ladi. Bu yerda o‘lchami 2 mm dan kam bo‘lgan zarrachalar kalsiy gidrooksiddan ajratiladi va kojuxning konusli qabul qilgichiga kelib tushadi. Undan keyin kalsiy gidrooksid saralagich (14) da oxirigacha aralashmalardan tozalanadi. Saralagichda cho‘kkan quyqum issiq suv bilan yuviladi va quyqum 297 aralashtirgich (15) ga beriladi. Shundan so‘ng quyqum distillyatsiya bo‘limiga yuboriladi. Navlovchi baraban (7) dagi o‘lchami 2 mmdan katta bo‘lgan qattiq zarrachalar shnek (8) orqali sharli tegirmonga (9) beriladi. Tegirmonda maydalash bilan birgalikda gidroksid kalsiy hosil bo‘lish jarayoni ham sodir bo‘ladi. Tegirmonda hosil bo‘lgan kam konsentratsiyali kalsiy gidroksid aralashmalar bilan birgalikda aralashtirgich (10) ga beriladi va nasos orkali silkinuvchi elakka (11) yuboriladi. Silvinuvchi elakdan quyqumli chiqindi quyqum aralashtirgichi (13) ga beriladi, tozalangan kam konsentratsiyali Ca(OH) 2 aralashtirgich (12) ga yuboriladi va reaktorga yo‘llanadi. Saralagich va silkinuvchi elakdan chiqqan quyqum aralashtirgich (13) ga beriladi, unga suv qo‘shiladi va u nasos bilan chiqindi sifatida maxsus yig‘gichga chiqarib tashlanadi. 5.3-rasm. Ohak suti tayyorlashning texnologik sxemasi: 1-latokli tamirlovchi; 2-ishchi bunker; 3-kalsiy gidroksid hosil qilish barabani; 4-kondensator; 5-yirik zarrachalar uchun navlash barabani; 6-transporter; 7-mayda zarrachalar uchun navlash barabani; 8-shnek; 9-ho‘l maydalash uchun sharli tegirmon; 10-tozalanmagan kuchsiz ohak suti aralashtirgichi; 11-silkinuvchi elak; 12-tozalangan kuchsiz oxat suti aralashtirgichi; 13-chiqindi quyqum aralashtirgichi; 14-saralagich; 15-konsentrlangan ohak suti aralashtirgichi. Tebranuvchi elakda ohakli suvni ta’sirlashmagan ohak bo‘lakchalari va qumdan ajratiladi hamda distillyatsiyaga yuboriladi. Download 7.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling