I shamshidinov noorganik moddalar va
Kuyundi gazlari issiqligidan foydalanish
Download 7.06 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hammasi
Kuyundi gazlari issiqligidan foydalanish. Oltingugurtli xomashyo
kuydirilganda va sulfit angidridni sulfat kislotaga qayta ishlashda ko‘p miqdordagi issiqlik ajralib chiqadi. 1.2-jadvalda turli xildagi xomashyo- lardan 1 t sulfat kislota ishlab chiqarishda hosil bo‘ladigan issiqlik miq- dori haqidagi ma’lumotlar keltirilgan. 1.2-jadval 1 t H 2 SO 4 olishda ajralib chiqadigan energiya miqdori (SI sistemasiga hisoblash koeffitsienti: kkal x 4,19 = kj) Kolchedan Oltingugurt Vodorod sulfid Xomashyoni yondirilishidan ajraladigan issiqlik, mln kkal ……..... 1,04 0,72 1,26 SO 2 ni kislotaga qayta ishlanishidan ajraladigan issiqlik, mln kkal ……... 0,66 0,66 0,66 Hammasi…………………………… 1,70 1,38 1,92 Bu jadvaldan ko‘rinadiki, umumiy issiqlikning 52-65% qismi oltingugurtli xomashyolarni kuydirilishidan ajralib chiqadi, shuning uchun pech bo‘linmasida birinchi navbatda ajraladigan issiqlikdan foydalanishni yo‘lga qo‘yishni nazarda tutiladi. Vaholanki, 1 t H 2 SO 4 olish uchun 50-100 kvt∙s elektroenergiya sarflanadi, bunda sulfat kislotali zavodlarda ajraladigan issiqlikning ma’lum qismidan samarali foydalanish orqali o‘z-o‘zini to‘la elektroenergiya bilan ta’minlanishiga erishish mumkin. Qaynovchi qatlamli pechlarda 1 t sulfat kislota ishlab chiqarishda 1,2 t gacha bug‘ olinadi, ya’ni ajraladigan issiqlikning qariyib 46% miqdoridan foydalaniladi. Shunday qilib, sulfat kislota ishlab chiqarish sanoatlari energiya ta’minotchisiga ham aylanishi mumkin, natijada sulfat kislota tannarxi keskin pasayadi. SO 2 ning kontaktlanish va sulfat kislota hosil bo‘lish issiqliklaridan qo‘shimcha foydalanishda (bu yo‘nalishlarda izlanishlar olib borilmoqda) issiqlikdan foydalanish ulushi ortadi va sulfat kislota ishlab chiqarish yanada iqtisodiy jihatdan tejamliroq bo‘ladi. 44 Chang holatida va qaynovchi qatlam pechlarida kolchedanni kuydirishda, shuningdek oltingugurtni yoqishda pechdan chiqadigan gazning harorati 800-1000 O C ga yetadi. Bu gazning issiqligidan bug‘ olish uchun qozon-yuttirgichlarda foydalanish yanada maqsadga muvofiqdir. Mexnik pechlardan chiqadigan kuyundi gaz nisbatan past haroratga ega va shuning uchun ular qozon-yuttirgichlarda bug‘ olish uchun yaroqsizdir. Lekin bu gazlarning issiqligi bilan keyingi tegishli maqsadlarda (o‘txonalarda, pechlarda va x.o.) ishlatish uchun yuboriladigan havoni qisman qizdirish mumkin. Download 7.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling