I shamshidinov noorganik moddalar va
Download 7.06 Mb. Pdf ko'rish
|
r
R x V E lg 3 , 2 bu yerda: V – potensiallar farqi, v; x – quvur markazidan kuchlanishni o‘lchash nuqtasigacha bo‘lgan masofa, sm; R – quvur radiusi, sm; r – tojsimon elektrod (sim) radiusi, sm. 50 Bu tenglamadan ko‘rinadiki, maydon kuchlanishi qanchalik katta bo‘lsa, o‘lchash nuqtasi ham sim asosiga yaqin bo‘ladi; maksimal kuchlanganlik tojsimon elektrod sirtida yuzaga keladi. Tojsimon elektrod yaqinida yuzaga keladigan gazlarni uncha katta bo‘lmagan bo‘shliqdagi ionlanish maydoni toj maydoni deyiladi. Bu maydonda xarakterli chaqnash va tovush hosil bo‘ladi. Toj maydonida musbat va manfiy zaryadlangan ionlar bo‘ladi; chang zarrachalari bilan to‘qnashib, ionlar ularni zaryadlaydi. Zaryadlangan chang zarrachalari elektr maydoni ta’sirida qarama-qarshi zaryadli elektrodlar sirtiga tortiladi. Tojsimon elektrod manfiy zaryadli bo‘ladi va undan quvur devori sirtiga manfiy zaryadlangan chang zarrachalari harakatlanadi. Oz miqdordagi changlar toj maydonida musbat zaryadli zarrachalar hosil qiladi va tojsimon elektrod sirtida cho‘kadi. Toj maydonidan tashqaridagi chang zarrachalari faqat manfiy zaryadlanishi mumkin, buning natijasida quvur devorlari tomon harakatlanadi, u yerda changning asosiy miqdori cho‘kadi. Elektrofiltrdagi asosiy kuch zarrachalar zaryadiga ta’sir etadigan elektr maydoni kuchi hisoblanadi. Shu ta’sir tufayli zarrachalar cho‘ktiruvchi elektrod tomonga harakatlanadi. 1 dan 50 mkm gacha radiusli zarrachalarning nazariy harakat tezligi (dreyf) quyidagi nazariy tenglama bo‘yicha (sm/sek da) hisoblanishi mumkin: r E w 2 11 , 0 bu yerda: E – elektr maydonining kuchlanganligi, v/sm; r – zarracha o‘lchami, sm; – gazning dinamik qovushqoqligi, g/(sm∙sek) yoki spz; Bundan ko‘rinadiki, cho‘ktiruvchi elektrod tomon 1 mkm dan katta radiusdagi zarrachalarning harakat tezligi zarrachaning radiusiga to‘g‘ri proporsionaldir. Elektrofiltrdagi zarrachalarning amaldagi harakat tezligi yuqoridagi hisolashdan olingan qiymatga nisbatan taxminan 2 marta kichik bo‘ladi. Elektrofiltrdagi muallaq zarrachalarni nazariy jihatdan ushlab qolinish darajasi, ya’ni gazning tozalanish darajasi quyidagi tenglama bo‘yicha hisoblanadi: wf е 1 bu yerda: w – elektr maydonidagi zarrachaning harakati, sm/sek; f – elektrofiltr o‘lchamini va elektrofiltrdagi gazning tezligini xarakterlaydigan koeffitsient. 51 Quvurlar va plastinkali elektrofiltrlar va olti qirrali cho‘ktiruvchi elektrodlar uchun f koeffitsienti quyidagi formulalar orqali aniqlanadi: quvurli elektrofiltrlar uchun…………............... vR L f 2 plastinkali elektrofiltrlar uchun …………......... vH L f olti qirrali cho‘ktiruvchi elektrodli elektrofiltrlar uchun …….................................. bu yerda: L – elektr maydoni uzunligi, m; v – elektrofiltrdagi gazning tezligi, m/sek; R – quvur radiusi, m; H – cho‘ktiruvchi va tojsimon elektrodlar orasidagi masofa, m; S – cho‘ktiruvchi elektrodning aktiv perimetri (uning geometrik shakliga bog‘liq), m; Q – cho‘ktiruvchi elektrod ko‘ndalang kesimining yuzasi, m 2 . Elektr o‘tkazuvchi va elektr o‘tkazmaydigan chang zarrachalari tegishli elektrodlarda cho‘kishida o‘zining zaryadini berib (yoki ularni qabul qilib), odatda bir xilda yaxshi cho‘kadi. Lekin ayrim moddalarning (masalan, rux oksidning) changi elektr zaryadini juda ham yomon qabul qiladi. Cho‘ktiruvchi elektrodlarda elektr o‘tkazmaydigan changlar qatlamining hosil bo‘lishi tozalash jarayoni sharoitini yomonlashtiradi, chunki elektrodga o‘tirib qoladigan changning mustahkam elektroizolyatsiya qatlami yangi cho‘kkan chang zarrachasining zaryadsizlanishiga to‘sqinlik qiladi. Bundan tashqari, tojsimon elektrodda chang qatlamining o‘tirib qolishi ularning diametrini oshiradi va natijada toj hosil bo‘lish sharoitini yomonlashtiradi, shunga bog‘liq holda elektrodlardan changni doimo tozalab turish lozim bo‘ladi. Elektrofiltrga kiradigan gazning changliligi (changlanishning ma’lum chegarasigacha) uning elektrofiltrda tozalanish darajasiga bog‘liq emas. Ammo gazdagi changning miqdori juda ham ko‘p bo‘lsa va ayniqsa elektrofiltrda gaz oqimi katta tezlikda bo‘lgan holatda gazning tozalanishi yomonlashadi. Gazni elektrik tozalash uchun qurilma manbasiining prinsipial sxemasi 1.16-rasmda tasvirlangan. Elektrik tozalash qurilma manbasi uchun yuqori kuchlanishli tokning maxsus to‘g‘rilagichda to‘g‘rilash yo‘li bilan hosil qilinadigan doimiy tok kerak bo‘ladi. Tarmoqdagi kuchlanish (220-380 v) 52 transformator 4 orqali 80-100 ming v gacha oshiriladi, so‘ngra yuqori kuchlanishli o‘zgaruvchan tok yuqori voltli to‘g‘rilagich 5 ga uzatiladi, bu yerdan to‘g‘rilangan (doimiy) tok elektrofiltrga o‘tadi. Tojsimon elektrodlar 8 to‘g‘rilagich 5 ning manfiy manbasiga ulanadi, cho‘ktiruvchi elektrodlar esa to‘g‘rilagichning musbat manbasi sifatida yerga ulanadi. Shunday qilib, elektrofiltrning elektrodlarida kuchlanishni moslashtirish orqali ular orasida kuchli elektr maydoni hosil qilinadi. 1.16-rasm. Elektrofiltrlar manbasining prinsipial elektrik sxemasi: 1-elektr ulab-uzgich; 2-elektr saqlagich; 3-kuchlanishni boshqargich; 4-kuchaytiruvchi transformator; 5-voltli to‘g‘rilagich; 6-muhfazalagich (izolyator); 7-cho‘ktiruvchi elektrod; 8-tojsimon elektrod; 9-yerga uzatgich. Gazlarni kuyundi changlaridan elektrik tozalash uchun asosan plastinkali (to‘rdi) cho‘ktiruvchi elektrodli elektrofiltrlar qo‘llaniladi. Keyingi yillarda ko‘pincha OG-3 (kuyundili uch taxmonli) va OG-4 turidagi ko‘p taxmonli elektrofiltrlardan foydalanish keng tarqalgan. Uch taxmonli elektrofiltr sxemasi 1.17-rasmda tasvirlangan. Elektrofiltr korpusi 6 tashqi qismi issiqlik yo‘qolishidan muhofazalangan (izolyatsiyalangan) o‘tga chidamli betondan yoki po‘latdan tayyorlangan. Elektrofiltrning ichki kamerasida cho‘ktiruvchi elektrodlar 7 bilan tojsimon elektrodlar 8 orasidan iborat uchta cho‘ktiruvchi qurilma – maydon joylashgan. Cho‘ktiruvchi elektrodlar po‘lat ramaga tortilgan 3 mm diametrli po‘lat simdan to‘qilgan to‘r 53 ko‘rinishida bo‘ladi. Har bir kamerada bir necha to‘r bir-biridan 250 mm masofada ajratilgan holda o‘rnatilgan. Setkalar orasida 2 mm diametrli nixrom simidan tayyorlangan bir necha tojsimon elektrodlar tortilgan; bu elektrodlar orasidagi masofa ham 250 mm bo‘ladi. Elektrofiltrning barcha metall detallari, shu jumladan cho‘ktiruvchi elektrodlar yerga ulangan bo‘ladi. 1.17-rasm. Gorizontal holatdagi quruq uch taxmonli plastinkali elektrofiltr konstruksiyasining sxemasi: 1-droselli klapan; 2-chayqalib turuvchi gaz taqsimlagich to‘r; 3-diffuzor (jihozning bosim oshadigan qismi); 4-bunkerlar; 5-konfuzor; 6-elektrofiltr korpusi; 7-cho‘ktiruvchi elektrod; 8-tojsimon elektrod; 9-tojsimon elektrodlarning ustki va ostki ramalari; 10-yuklar; 11-cho‘ktiruvchi elektrodni chayqatish mexanizmining elektr harakatlantirgichi; 12-tojsimon elektrod yuqori ramasining osmasi; 13-kvarsli quvurlar; 14-tojsimon elektrodni chayqatish mexanizmining elektr harakatlantirgichi; 15-muhofaza (izolyator) qutisi; 16-cho‘ktiruvchi elektrodni chayqatish mexanizmi; 17-tik tayanchga tayanadigan ko‘ndalang balka (traversa, to‘sin); 18-izolyatorlar tayanchi; 19-kvarsli voronkalar. Tojsimon elektrodlar – kvarsli quvur 13 lar bilan muhofaza qilinadigan, osma 12 ga biriktirilgan ustki rama 9 ga mahkamlangan bo‘ladi. Unga o‘tirib qolgan changlar maxsus mexanizm 16 bilan chayqatish orqali tushiriladi; cho‘ktiruvchi elektrodlarni chayqatish boshqa mexanizm – elektr harakatlantirgich 11 bilan amalga oshiriladi. Elektrodlarni chayqatish natijasida ularda o‘tirib qolgan changni bunker 4 ga tushiradi, u yerdan davriy yoki uzluksiz suratda chiqarib turiladi. Tozalangan gaz elektrofiltrda gorizontal tarzda, birinqketin barcha cho‘ktiruvchi qurilmalardan o‘tgan holda harakatlanadi; ularning har biri, mohiyati bo‘yicha, alohida elektrofiltrlar hisoblanadi. 54 Elektrofiltrning unumdorligi gaz o‘tadigan kamera ko‘ndalang kesimining yuzasi bilan aniqlanadi, bu yuzaning kattaligi elektrofiltr turini belgilashda ko‘rsatiladi. Masalan, OG-3-8 kuyundi elektrofiltri uchta maydon va 8 m 2 gaz o‘tish yuzasiga ega bo‘ladi. Mamlakatimizda ishlatilayotgan elektrofiltrlar kamerasining ko‘ndalang kesimining yuzasi 30 m 2 gacha yetadi (OG-3-8, OG-3-15, OG-3-20, OG-3-30). Kuyundi elektrofiltridagi gazning harorati 275 O C dan kam, 500 O C dan yuqori bo‘lmasligi lozimdir. 275 O C dan past haroratda sulfat kislotaning kondensatsiyasi kuzatiladi (chunki kuyundi gazi tarkibida doimo ma’lum miqdordagi SO 3 va suv bug‘i bo‘ladi), bu esa kamera detallarining korroziyalanishiga olib keladi. 500 O C dan yuqori haroratda esa elektrofiltrning ichki metall detallarining deformatsiyalanishi kuzatiladi. Mexanik pechlardan va chang holatida kuydirish pechlaridan chiqadigan gaz oqimining tezligi 0,7-1,2 m/sek bo‘lganda OG-3 turidagi elektrofiltrlarda changdan 100 mg/m 3 gacha, qaynovchi qatlam pechlaridan chiqadigan gazlar esa 100-200 mg/m 3 gacha tozalanadi. Gazlarni tarkibida 50-100 mg/m 3 chang qolgungacha juda yaxshi tozalash uchun OG-4-8 va OG-4-16 turidagi to‘rt taxmonli elektrofiltrlar ishlatiladi. Download 7.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling