I shamshidinov noorganik moddalar va


Gazni is gazidan tozalash


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/131
Sana12.09.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1676157
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   131
Gazni is gazidan tozalash. Gazni is gazidan tozalash sanoatda 
quyidagi uch usuldan biri bo‘yicha amalga oshiriladi: mis-ammiakli 
eritmaga yutdirish; gazni suyuq azot bilan yuvish; qoldiq CO ni katalitik 
gidrogenlash. 
Mis-ammiakli eritma bilan tozalash gazning absorbsiyasi jarayonida 
is gazining mis-ammiakli kompleks birikmasi hosil bo‘lishiga 
asoslangandir. Yuttiruvchi sifatida mis(I)-asetatning ammiakdagi 
eritmasi ishlatiladi. Jarayon quyidagi sxema bo‘yicha sodir bo‘ladi: 
[Cu(NH
3
)
2
]
+
+ CO + NH
3
⇄ [Cu(NH
3
)
3
CO]
+
CO ning yutilishi yuqori bosim (100-300 atm) va 0-25
O
haroratda 
o‘tkaziladi. Yuttiruvchi regeneratsiyasi atmosfera bosimigacha bosimni 
pasaytirish va eritmani 80
O
C haroratgacha qizdirish orqali amalga 
oshiriladi. 
Metanlash yoki gidrogenlash. Oz miqdordagi (1% gacha) qoldiq 
CO va CO
2
bo‘lganda metanlash yoki gidrogenlash o‘tkaziladi: 
CO + 3H
2
→ CH
4
+ H
2

CO
2
+ 4H
2
→ CH
4
+ 2H
2

Bunda hosil bo‘ladigan metan ammiak sintezi katalizatori faolligini 
pasaytirmaydigan inert qo‘shimcha hisoblanadi. Metanlash jarayoni 
nikel (aluminiy oksid qo‘shilgan) katalizatori ishtirokida 200-400
O

haroratda 6000 soat
-1
hajmiy tezlikda o‘tkaziladi. 
Gazni oltingugurtdan tozalash. Vodorod olishning birinchi 
bosqichidayoq gazni oltingugurtdan tozalash kerak, chunki oltingugurt 
va uning birikmalari kuchli katalitik zaharlar hisoblanadi. Texnologik 
gazlardagi oltingugurt vodorod sulfid tarzida yoki organik birikmalar 
(uglerod sulfid CS
2
, uglerod oksisulfid COS, metkaptanlar RSH va 
boshqa birikmalar) tarzida uchrashi mumkin. 


133 
Ammiak ishlab chiqarish uchun otltingugurt birikmalaridan yuqori 
darajada tozalangan gaz kerak bo‘ladi, chunki ammiak sintezi 
katalizatorini keskin pasaytiradi. Gazni oltingugurt birikmalaridan 
tozalash usullarini tanlash ko‘pgina omillarga bog‘liqdir, xususan, 
boshlang‘ich aralashmadagi oltingugurt birikmalarining miqdori, talab 
etiladigan 
tozalanish 
darajasi 
va 
xokazo. 
Gazni 
oltingugurt 
birikmalaridan tozalash quruq va ho‘l (suyuqlikli) usullariga bo‘linadi. 
Quruq usul. Bu usulda gazni oltingugurt birikmalaridan qattiq 
yuttirgichlar orqali tozalanadi. Yuttirgichlar sifatida temir(III)-gidroksid, 
ZnO, MnO, faollangan ko‘mir ishlatiladi. Temir(III)-gidroksid bilan 
tozalash quyidagi reaksiyalarga asoslangan: 
2Fe(OH)
3
+ 3H
2
S = 2FeS + S + 6H
2
O
(kislotali muhit) 
2Fe(OH)
3
+ 3H
2
S = Fe
2
S
3
+ 6H
2

(ishqoriy muhit) 
Bu holda regeneratsiya jarayoni quyidagi reaksiyalar bo‘yicha sodir 
bo‘ladi: 
2Fe
2
S
3
+ 3O
2
+ 6H
2
O = 4Fe(OH)
3
+ 6S 
4FeS + 3O
2
+ 6H
2
O = 4Fe(OH)
3
+ 4S 
Rux oksidli yuttirgichda gazni tozalashda 350-400
O
C haroratda ZnO 
sulfidga aylanadi. Yuttirgich regeneratsiyasi 500-550
O
C haroratda 
havoniig suv bug‘i bilan aralashmasida o‘tkaziladi. 
Marganey (II)-oksid 370-500
O
C haroratda quyidagi reaksiya 
bo‘yicha vodorod sulfidni yutadi: 
MnO + H
2
S ⇄ MnS + H
2

Yuttirgich 
regeneratsiyasi 
bug‘-havoli 
aralashmada 
amalga 
oshiriladi. 
Faollangan ko‘mir bilan tozalash vodorod sulfidning kislorod bilan 
faollangan ko‘mir yuzasida oksidlanishiga asoslangan: 
H
2
S + 0,5O
2
⇄ H
2
O + S + Q 
Ho‘l usul. Gazni vodorod sulfiddan ho‘l usulda tozalash suyuq 
yuttirgichlardan 
foydalanishga 
asoslangan. 
Mishyak-sodali, 
etanolaminli, karbonatli usullar eng keng tarqalgandir.
Mishyak-sodali usulda tozalash oksitioarsenat tuzlari eritmasining 
ishqoriy sharoitda vodorod sulfidni yutishiga asoslangan: 
Na
4
As
2
S
5
O
2
+ H
2
S ⇄ Na
4
AsS
6
O + H
2

Yuttirgich regeneratsiyasi esa havo purkash yo‘li bilan elementar 
oltingugur ajralishi orqali amalga oshiriladi: 
Na
4
As
2
S
6
O + 0,5O
2
⇄ Na
4
As
2
S
5
O
2
+ S 


134 
Metanolaminning vodorod sulfid bilan ta’sirlashuvi quyidagi 
reaksiyalar bo‘yicha sodir bo‘ladi: 
2RNH
2
+ H
2
S ⇄ (RNH
3
)
2

(RNH
3
)
2
S + H
2
S ⇄ 2RNH
3
HS 
20-40
O
C haroratda reaksiya o‘ng tomonga boradi. Harorat 100
O

gacha oshirilganda reaksiya teskari yo‘nalishda boradi, ya’ni eritmadan 
vodorod sulfidning desorbsiyalanishi kuzatiladi. 
Tozalashning karbonatli usuli quyidagi qaytar reaksiya sodir 
bo‘lishiga asoslangan: 
Me
2
CO
3
+ H
2
S ⇄ MeHCO
3
+ MeHS 
bu yerda: Me – kaliy yoki natriy. 
Oltingugurning organik birikmalari vodorod sulfidga nisbatan 
reaksiyaga kirishishi qiyindir. Bu qo‘shimchalar katalitik gidrogenlash 
orqali vodorod sulfidga aylantiriladi, so‘ngra u yuqoridagi usullardan 
biri bo‘yicha yo‘qotiladi. Oltingugurtli organik birikmalar nikel, temir-
xrom, palladiy va boshqa katalizatorlar ishtirokida gidrogenlanadi. 

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling