I shamshidinov noorganik moddalar va
-§. Fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqarish
Download 7.06 Mb. Pdf ko'rish
|
3-§. Fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqarish
Fosfor. Fosfor – tabiatda keng tarqalgan elementdir. Uning yer qobig‘idagi miqdori og‘irlik bo‘yicha 0,08-0,12% ni yoki yer qobig‘idagi atomlarning umumiy soni bo‘yicha ~0,07% ni tashkil qiladi. Elementar fosfor va uning oksidlari yuqori kimyoviy aktivlikka ega bo‘lganligi sababli u yer qobig‘ida kimyoviy barqaror, suvda va tuproq eritmalarida erimaydigan minerallar shaklida bo‘ladi. Bu minerallar tarqoq va ba’zan esa yirik to‘planishlar tarzida uchraydi. Priyanishnikov ma’lumotlariga ko‘ra, 20 sm chuqurlikkacha 1 ga tuproqdagi fosforning zaxirasi 300 dan 6000 kg gachani tashkil etadi. Fosfor oddiy moddasi asosan uch xil: rangsiz (oq yoki sariq), binafsha (qizil) va qora rangdagi allotropik shakl o‘zgarishlarini namoyon qiladi. Fosforning 11 ta modifikatsiyasi ma’lum bo‘lib, qora fosforni e’tiborga olinmasa ularning tuzilishi kam o‘rganilgan. Ularning ko‘pchiligi oq va pushti modifikatsiyalarining uyg‘unlashishidan kelib chiqadi. 184 Oq fosfor – rangsiz modifikatsiyaning keng tarqalgan shaklidir. U fosfor bug‘larini intensiv kondensatsiyalash natijasida hosil qilinadi va uning tarkibida ma’lum miqdordagi oq va yorqin sariq rangdagi oraliq mahsulotlar bo‘ladi. Yorug‘lik nuri ta’sirida u qisman qizil modifikatsiyaga aylanadi. Oq fosforning ikki xil shakli ma’lumdir: kubsimon singoniyadagi kristallardan iborat bo‘lgan -shaklining zichligi 1,828 g/sm 3 bo‘lib, 44,1 O C da suyuqlanadi; rombik yoki monoklinik singoniyadagi kristallardan iborat bo‘lgan - shaklining zichligi 1,88 g/sm 3 dir. Texnik mahsulot sifatidagi fosfor – 1,83 g/sm 3 zichlikka ega bo‘lgan kukunsimon moddadir. Uning rangi tarkibidagi qo‘shimchalarning miqdori va xususiyatiga qarab, sariq rangdan qora qo‘ng‘irgacha bo‘lishi mumkin. Fosfor suvda deyarli erimaydi (100 g suvda 0,003 g eriydi), etil spirtida, dietil efirida, benzolda va gliserinda oz (100 g da 0,17 g) va suyuq holatdagi ammiakda, sulfit angidridda, uglerod sulfidda (100 g da 880 g) hamda fosforning uch valentli galogenli birikmalarida yaxshi eriydi. Uni uglerodsulfiddagi eritmasidan rombik dodekaedr ko‘rinishdagi kristallar holatida ajratib olinishi mumkin. Oq fosfor hattoki nam holatida ham havoda osonlik bilan yonib, sarg‘ish-oq alanga hosil qiladi. Hosil bo‘lgan oq tutun tarkibida asosan fosfat angidrid, shuningdek ma’lum miqdordagi fosforning boshqa oksidlari va fosfat kislotalari bo‘ladi. Qizdirish, ishqalanish, qisish kabi ta’sirlar natijasida fosforning o‘z-o‘zidan alangalanishini oldini olish maqsadida uni suv ostida saqlanadi. Fosfor o‘z nomiga ko‘ra qorong‘u joyda shulalanadi Uning nomi yunoncha «fos» – yorug‘lik, «foros» – tashuvchi ma’nosini anglatadi. Fosforessensiya aynan fosfor bug‘lariga xosdir. Oq fosforning 25 O C dagi bug‘ bosimi 0,043 mm.sim.ust. ga teng. 800 O C haroratgacha fosfor molekulalari to‘rt atomli (P 4 ), undan yuqori haroratda esa ikki atomli (P 2 ) bo‘ladi. Oq fosfor kuchli qaytaruvchi bo‘lib, u galogenlar, metallar, bir qator kislota va tuzlar eritmalari bilan shiddatli ta’sirlashadi. Oq fosfor qattiq holatda ham, bug‘ holatida ham kuchli zaharli moddadir. U ayniqsa nafas olish organlari va terini juda tez shikastlantiradi. Download 7.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling