I силлабус «Физик жараёнлар ва компьютерда дастурлаш асослари» фанининг силлабуси


Amaliy mashg’ulotlarning tavsiya etiladigan mavzulari


Download 0.51 Mb.
bet5/8
Sana19.12.2022
Hajmi0.51 Mb.
#1033187
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
portal.guldu.uz-sillsbus

Amaliy mashg’ulotlarning tavsiya etiladigan mavzulari:
2.2.1. Microsoft Visual Studio Express dasturlash muhitini o’rnatish. (2 soat) Talabalarni Microsoft Visual Studio Express dasturlashni o’rnatish jarayoni bilan tanishtirish
2.2.2. Microsoft Visual Studio Express dasturlash muhitini sozlash va ishlatish. (2 soat) Talabalarni dasturni sozlash va uni ishlatish jarayoni bilan tanishtirish
2.2.3. Microsoft Visual Studio Express dasturlash muhitida chiziqli algoritmlarni o’rganish. (2 soat) Talabalarni dasturlashda chiziqli algoritmlar bilan ishlash ko’nikmasini hosil qilish.
2.2.4. Tarmoqlanuvchi algoritmlar.(2 soat) Talabalarni dasturlashda tarmoqlanuvchi algoritmlar bilan ishlash ko’nikmasini hosil qilish.
2.2.5. Sinflar(klasslar) va ob’ektlar. (2 soat) Talabalarni dasturlashda sinf va ob’ektlar bilan ishlash ko’nikmasini hosil qilish.
2.2.6. Ob’ektlarni dinamik yaratish. Oyna bilan bog’liq hodisalar. (2 soat) Talabalar ob’ektlarni dinamik yaratish va undagi hodisalar bilan ishlash ko’nikmasini hosil qilish.
2.2.7. Massivlar va ularga oid algoritmlar.Tasodifiy sonlar massivlari bilan ishlash. (2 soat) Talabalar massivlar bilan ishlash ko’nikmasini hosil qilish.
2.2.8. Funktsiyalarni tuzish masalasini echish. (2 soat) Talabalar funksiyalarni tuzish va undagi hodisalar bilan ishlash ko’nikmasini hosil qilish.
2.2.9. Kompyuterda Fure tahlili. (2 soat) kompyuterda Fure tahlili bilan ishlash ko’nikmasini hosil qilish.
2.3. Laboratoriya mashg’ulotlari mavzulari:
Laboratoriya mashg’ulotlari talabalarda mazkur fandan to’plangan bilimlarini mustahkamlash va mustaqil holda tajribalar o’tkazish ko’nikma va malakalarini shakllantirishga mo’ljallangan.
"Fizik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish va dasturlash asoslari" fanining muhim qismlarini chuqurroq o’rganish uchun kerak bo’lgan jarayon va hodisalarni tahlil qiladilar, bu jarayonlarni yorituvchi differentsial tenglamalarni sonli echadilar va laboratoriya ishini amalda bajaradilar. Olingan natijalar tahlil qiliadi.
Laboratoriya mashg’ulotlarining maqsadi quyidagi talablarga javob berishi lozim:
-laboratoriya ishnga tegishli nazariy bilimlarga ega bo’lish;
-laboratoriya ishining maqsadidan kelib chiqib, uning metodikasi bilan tanishish;
-laboratoriya ishiga tegishli dasturlash tili va muhiti bilan mustaqil ishlash;
-to’gri, yuqori aniqlikda tajriba natijalarini olish va tahlil qilish;
-bajarilgan ish bo’yicha belgilangan tartibda hisobot tayyorlash;
Laboratoriya mashg’ulotlarning tavsiya etiladigan mavzulari:
Microsoft Visual Studio Express dasturlash muhitini o’rganish. Chiziqli algoritmlash yordamida masalalarni Microsoft Visual Studio Express dasturlash muhitida sozlashni o’rganish.
Microsoft Visual Studio Express dasturlash muhitida grafika va sodda animatsyani o’rganish. Tanlangan dasturlash tili muhitida matematik tenglamalarni echish: vizual modeli. Gorizontga burchak ostida otilgan jism xarakatini modellashtirishni o’rganish. Tebranma jarayonlarni modellashtirish. Tasodifiy jarayonlarni modellashtirish. Ikki muhit chegarasida nurlar sinishini o’rganish.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling