I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
68
69
majburiyatlar orqali bog‘liqlikka asoslanadi. Boshqacha qilib 
aytganda, davlat va fuqaro o‘rtasida o‘zaro mas’ullik tamoyili 
barcha demokratik davlatlarda e’tirof etilgan.
Demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyati 
to‘g‘risidagi g‘oyalarda davlat va fuqaroning o‘zaro mas’ulligi 
tamoyili muhim o‘rin tutadi. Unga ko‘ra, huquqiy davlatning 
asosiy belgilaridan biri - davlat va fuqaro o‘rtasidagi 
munosabatning huquqiy shakli mavjudligi, ya’ni davlat va 
fuqaroning o‘zaro huquq va majburiyatlar hamda o‘zaro 
javobgarlikka asoslangan munosabatining mavjudligi 
hisoblanadi.
Davlat huquq ijodkorligi faoliyati bilan o‘z fuqarolariga 
qator huquqlar va majburiyatlarni belgilab beradi. Jumladan, 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolarga 
tegishli huquqlar shaxsiy huquq va erkinliklar, siyosiy 
huquqlar, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarga tarzida belgilangan.
Davlatning fuqarolar oldidagi mas’uliyatini oshirib borish 
natijasida insonlar roziligiga erishish davlat siyosatining asosiy 
yo‘nalishiga aylandi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasida 
ma’muriy islohotlar Konsepsiyasining ishlab chiqilishi, xalq 
qabulxonalarining tashkil etilishi, jamoatchilik nazoratining 
huquqiy tartibga solinishi, davlat organlarining xalq vakillik 
organlariga hisobdorligining takomillashtirilayotganligi, 
davlat xizmatlari markazlari faoliyatining yo‘lga qo‘yilganligi 
aynan davlatning o‘z fuqarolari oldidagi mas’uliyatini 
bajarishning namunasidir.
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha 
Harakatlar strategiyasida «Xabeas korpus» institutini 
qo‘llash sohasini kengaytirish, tergov ustidan sud nazoratini 
kuchaytirish vazifalarining belgilanganligi kelajakda shaxsni 
huquqidan mahrum qilish yoki ularni cheklab qo‘yish kabi 
boshqa protsessual harakatlarni sudning qarori bilan o‘tkazish 
tartibi joriy qilinishi kutilmoqda.
“O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq 
va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy 
kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeiydan qat’iy 
nazar, qonun oldida tengdirlar”, mazmunidagi qoida o‘rnatilib, 
u insonlarning tengligini e’tirof etishda bu va shunga o‘xshash 
holatlarga e’tibor berilmasligini anglatadi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining qonun oldida 
tengligi qoidasi odatda, quyidagilarni qamrab oladi:
u nafaqat fuqarolarning, balki ular faoliyati natijasi bo‘lgan 
huquq sub’ektlari - yuridik shaxslarning (jamiyatlar, xo‘jalik 
shirkatlari, unitar korxonalar va b.) huquq oldida tengligi;
qonun oldida tenglik garchand Konstitutsiyaviy g‘oya 
bo‘lsada, fuqarolarning nafaqat Konstitutsiyaviy huquq va 
majburiyatda tenglikni, balki boshqa sub’ektiv huquqlarda 
ham tengligini anglatadi;
qonun oldidagi tenglik mas’uliyat va huquq buzilganda bir 
xil javobgarlikni nazarda tutadi.
Kishilik jamiyati tarixida davlatning paydo bo‘lishi 
uning mavjudligini ta’minlaydigan fuqarolar bilan o‘zaro 
munosabatini vujudga kelishini taqozo etadi. Davlat 
o‘z fuqarosi bilan davlatdir. Davlatning o‘z fuqarolari 
oldidagi mas’ulligini va fuqarolarning davlat oldidagi 
mas’ulligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining 19-moddasida “O‘zbekiston Respublikasi 
fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan bo‘lgan huquqlari va 
burchlari bilan o‘zaro bog‘liqdirlar”, dеgan qoida o‘rnatilgan. 
Bu qoida fuqaroning faqat davlatga qarashli ob’ekt emas, 
davlat bilan munosabatlar kirishadigan huquq va majburiyat 
sub’ekti ekanligini e’tirof etib, uning mavqeyini namoyon 
qiladi. Umuman, hozirgi zamon demokratik davlatlarda 
fuqaro va davlat o‘rtasidagi munosabat o‘zaro huquq va 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling