I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
76 77 harbiy majburiyat, vatanga sodiqlik kabi ko‘plab holatlar bo‘yicha tushunmovchiliklar kelib chiqishi mumkin. Ikkinchidan, O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi unga qanday asoslarda ega bo‘lganligidan qat’iy nazar, hamma fuqarolar uchun tengligi prinsipi dunyo hamjamiyati tamonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan g‘oya asosida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida e’tirof etilgan. Demak, O‘zbekiston fuqaroligini olgan har bir fuqaro, fuqarolarga tegishli barcha siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy huquq va erkinlikdan foydalanishda teng huquqlidir. Masalan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 21-moddasida “har bir inson o‘z mamlakatida davlat xizmatiga kirishda teng huquqqa ega” mazmunidagi qoida mustahkamlangan. Ammo eng demokratik mamlakatlardan biri hisoblangan Amerika Qo‘shma Shtatlarida mamlakat prezidentligiga nomzodlik huquqi, faqat tug‘ilishiga ko‘ra, Amerika Qo‘shma Shtatlari fuqarorligiga ega shaxslarga berilishi, AQSH Konstitutsiyasida belgilab qo‘yilgan 17 . Uchinchidan, fuqarolik institutiga tegishli yana bir asosiy qoidalardan sanalgan “Qoraqalpog‘iston Respublikasining fuqarosi ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanadi” mazmunidagi prinsip Konstitutsiyaviy tuzumni va millatlararo do‘stlikni mustahkamlashda katta ma’noga ega. Uning mazmunidan, birinchidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasining davlat suvereniteti, ikkinchidan, Qoraqalpog‘iston fuqaroligi maqomi e’tirof etilganligini ko‘ramiz. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlari, erkinligi hamda majburiyatlariga tegishli barcha normalar 17 АҚШ Конституцияси // Конституции зарубежных государств: Учебное пособие /Сост. проф. В.В.Маклаков. -2 -е изд., исправ И доп. -М.: Издателство БЕК. 1999. 554 6 bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizom”va boshqa normativ hujjatlar qabul qilindi hamda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro bitim va shartnomalari tuzildi. Jumladan, Konstitutsiyamizning 21-moddasida “O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqarolik o‘rnatiladi. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi, unga qanday asoslarda ega bo‘lganlikdan qat’iy nazar, hamma uchun tengdir. Qoraqalpog‘iston Respublikasining fuqarosi ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi hisoblanadi. Fuqarolikka ega bo‘lish va uni yo‘qotish asoslari hamda tartibi qonun bilan belgilanadi, dеgan normalar mustahkamlangan. Birinchidan, Konstitutsiyaning ushbu moddasi orqali O‘zbekiston Respublikasining barcha hududida o‘rnatilgan - yagona fuqarolik prinsipining mazmuni shundaki, O‘zbekiston fuqaroligiga ega shaxslarning boshqa davlatlar fuqaroligiga egaligi yoki ularning ikki fuqaroligi yoki ko‘p fuqaroligi davlatimiz hokimiyati tamonidan tan olinmaydi va shu ma’nodagi huquqiy oqibat keltirib chiqarmaydi. O‘zbekiston fuqaroligiga ega shaxs, faqat O‘zbekiston fuqarosi, deb hisoblanadi, uning mabodo boshqa davlat fuqaroligini olganligi ma’lum bo‘lib qolsa, bu holat unga nisbatan O‘zbekiston fuqaroligining to‘xtatilishiga asos bo‘lishi mumkin. Yagona fuqarolik prinsipining o‘rnatilishi milliy davlatchilikni mustahkamlashga xizmat qilib, O‘zbekistonning milliy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan harakat, deb tan olinadi. Chunki ikki fuqarolik hamda ko‘p fuqarolikka oid munosabatlar davlatlararo munosabatlarga salbiy ta’sir etishi mumkin, bundan tashqari, davlat va jamiyat oldidagi mas’ullik, majburiyat masalalari, masalan, soliq masalasi, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling