I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
78
79
dini, siyosiy yoki boshqa e’tiqodidan, milliy yoki ijtimoiy kelib 
chiqishi, mulkiy ahvoli, tug‘ilishi yoki o‘zga holatidan qat’iy 
nazar, hurmat qilish va ta’minlash majburiyatini oladi”, deb 
ko‘rsatilgan.
Yana bir muhim Konstitutsiyaviy prinsip Asosiy 
qonunimizning 23-moddasida O‘zbekiston Respublikasi 
hududidagi chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan 
shaxslarning huquq va erkinliklari xalqaro huquq normalariga 
muvofiq ta’minlanadi. Ular O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasi, qonunlari va xalqaro shartnomalari bilan 
belgilangan burchlarni ado etadilar”, dеgan Konstitutsiyaviy 
norma 
shaklida 
mustahkamlab 
berilgan. 
Mazkur 
Konstitutsiyaviy normada fuqarolik instituti bilan bog‘liq 
huquqiy maqomga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi 
bo‘lmagan shaxslarning maqomiga oid qoidalar asosi 
o‘rnatilgan.
Unga ko‘ra, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan 
shaxslarning huquq va erkinliklari xalqaro huquq normalariga 
muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati 
organlari, idoralari hamda mansabdor shaxslаri tomonidan 
ta’minlanadi. O‘zbekiston Respublikasi barcha demokratik 
davlatlar qatori o‘z hududidagi chet el fuqarolari va fuqaroligi 
bo‘lmagan shaxslarning qonuniy manfaatlarini himoya 
qiladi. Ularga tegishli shaxsiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy 
huquq va erkinliklarini noqonuniy cheklashga hech kimning 
haqqi yo‘q. Shu bilan birgalikda, ular ham o‘z navbatida 
o‘zbekiston xalqi, uning milliy qonunchiligi hamda xalqaro 
shartnomalarda belgilangan burchlari oldida mas’uldir. Chet 
el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston 
Respublikasi qonunlari talablarini to‘liq bajarishi, olinadigan 
daromadalaridan soliq to‘lashi, jamiyat va davlat manfaatlariga 
zid xatti-harakatlarni amalga oshirmasligi, atrof-muhitni 
asrab avaylashi, xalqimizning milliy qadriyatlari, urf-odatlarini 
Qorqalpog‘iston Respublikasi fuqarosi huquqiy maqomini 
ham o‘zida mujassam etadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Mustaqillik deklaratsiyasi” 
va “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi 
asoslari to‘g‘risida”gi ilk hujjatlarida Qoraqalpog‘iston 
Respublikasining suvereniteti, hududiy yaxlitligi va mustaqilligi 
e’tirof etilib, Konstitutsiyamizdagi alohida normalar asosida 
mustahkamlab qo‘yilgan. Ushbu normalarning uzviy 
davomi Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqaroligiga tegishli 
qonunlarda o‘z aksini topgan.
Konstitutsiyaning 22-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston 
Respublikasi o‘z hududida ham, uning tashqarisida ham 
o‘z fuqarolarini huquqiy himoya qilish va ularga homiylik 
ko‘rsatishni kafolatlaydi. Konstitutsiyamizning mazkur 
moddasida belgilangan ushbu prinsip davlat hokimiyatining 
har bir fuqaro oldida mas’ulligini hamda majburiyat 
olganligini bildiradi. O‘zbekiston Konstitutsiyasidagi bosh 
g‘oyalardan biri davlat organlari va mansabdor shaxslarning 
har bir fuqaro oldidagi mas’ulligi hisoblanadi. Ushbu g‘oyaning 
uzviy davomi fuqarolarning har doim va qayerda bo‘lishidan 
qat’iy nazar, uning huquqlari va manfaatlari davlatimiz 
himoyasida ekanligini belgilovchi prinsipdir. O‘zbekiston 
fuqarosi qayerda bo‘lmasin, o‘z fuqaroligini saqlab qolish 
huquqiga ega. O‘zbekiston fuqarolari qonunda belgilangan 
tartibda chet elda vaqtincha yoki doimiy yashayotganligidan 
qa’tiy nazar, o‘z fuqarolik huquqiy maqomini saqlab qoladi 
hamda O‘zbekiston Respublikasi himoyasida bo‘ladi. Ushbu 
qoida 1966-yil 19-dekabrdagi Fuqarolik va siyosiy huquqlar 
to‘g‘risidagi xalqaro Paktda aks yetgan prinsiplarga to‘la 
mos keladi. Jumladan, “ushbu Paktda ishtirok etuvchi har 
bir davlat o‘z hududidagi va o‘z yurisdiktsiyasida bo‘lgan 
shaxslarni mazkur paktda e’tirof etilgan huquqlarini hech 
bir ayirmachiliksiz, jumladan, irqi, terisining rangi, jinsi, tili, 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling