I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
82 83 Tug‘ilish bo‘yicha fuqarolikka ega bo‘lishning ikkita asosiy shakli mavjud: “Qondoshlik huquqi” (lotincha “jus sanguinis” - inglizcha “right of blood”) asosida farzandning fuqaroligi uning ota- onasining fuqaroligi, ya’ni majoziy ma’noda uning tomirida qaysi fuqaroning qoni oqayotgani, kimning avlodi ekanligi bilan belgilanib, bunda fuqarolikni belgilash u tug‘ilgan hududga bog‘lanmaydi. Bu usul Еvropaning ko‘p mamlakatlari, shu jumladan - Avstriya, Norvegiya, Finlandiya, Italiya va boshqalarda amal qilinadi. “Yurtdoshlik huquqi” (lotincha “jus soli” - inglizcha “right of the soil” ) asosiga ko‘ra, fuqarolikni belgilashda urg‘u bolaning tug‘ilgan joyini qaysi davlatga tegishligidan kelib chiqib belgilanadi, bunda tanlov uning ota-onasini fuqaroligi bilan bog‘liq bo‘lmaydi. Masalan, Braziliya qonunchiligida belgilanishicha, ushbu davlat hududida tug‘ilgan har bir shaxs Braziliya fuqarosi hisoblanadi. Аyrim хоrijiy mаmlаkаtlаrdа fuqаrоlikni оlish uchun “tuprоq huquqi”ning o‘zi kаmlik qilаdi. Fuqarolikni qabul qilishning usullaridan biri naturalizatsiya (fuqarolikni qabul qilish) bo‘lib, bu umuman fuqaroligi bo‘lmagan yoki boshqa davlat fuqarosi bo‘lgan shaxs tomonidan fuqarolik olinishi bo‘yicha yuridik jarayondir. Naturalizatsiya tartibda fuqarolik quyidagi hollarda qabul qilinadi: a) fuqaroligi bo‘lmagan yoki fuqaroligini o‘zgartirmoqchi bo‘lgan shaxs so‘rovnomasiga asosan; b) bir davlat fuqarosining boshqa davlat fuqarosi bilan nikohdan o‘tishi asosida; c) fuqaroligi bo‘lmagan yoki boshqa davlat fuqarosi bo‘lgan bolani farzandlikka olishda. Naturalizatsiya asosida fuqarolik berish yoki rad etish davlat tomonidan o‘rnatilgan qoidalar bilan belgilanadi. Naturalizatsiya asosida fuqarolikni berish yakka tartibda yoki fuqarolikni o‘zgartirish huquqidari mahrum qilinishi mumkin emas” dеgan prinsip mustahkamlangan 19 . Ushbu prinsip хalqaro huquqning umum e’tirof etilgan qoidasi asosida fuqarolik institutining ahamiyatini oshirish barobarida bejiz mustahkamlanib qo‘yilmagan. Yuqorida aytilganidek, mamlakatimizda fuqarolik shaxs bilan davlatning doimiy siyosiy-huquqiy aloqasini belgilaydi, bu aloqa ularning o‘zaro huquqlari va burchlarida ifodalanadi. O‘zbekiston Respublikasida har bir kishi fuqaro bo‘lish huquqiga egadir. Qonunga muvofiq, hech kim fuqarolikdan yoki fuqarolikni o‘zgartirish huquqidan mahrum qilinishi mumkin emas. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi fuqarolikni olish asoslaridan qat’iy nazar barcha uchun tengdir. O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari kelib chiqishlaridan, ijtimoiy va mulkiy holatidan, irqi va millatidan, jinsi, ma’lumoti, tilidan, dinga munosabatidan, siyosiy va boshqa e’tiqodlaridan, mashg‘ulotining turi hamda boshqa holatlardan qat’iy nazar, qonun oldida tengdirlar. Fuqarolikni qabul qilish tartibi, o‘zgartirish va uni yo‘qotish asoslari har bir davlatning ichki qonunchiligi – Konstitutsiyalari, fuqarolikka oid qonunlari va boshqa qonunosti hujjatlarida mustahkamlab qo‘yiladi. Fuqarolikning yuzaga kelishi (kelib chiqishi) naturalizatsiya (inglizcha naturalization) yo‘li bilan, xalqaro shartnoina asosida va ayrim hollarda - reintegratsiya (qayta tiklanish) orqali va xadya etish yo‘llari bilan amalga oshiriladi. Fuqarolikni qabul qilishning asosiy yo‘li tug‘ilish orqali (lotincha filialis) kelib chiqadi, qolgan barcha usullari kam uchraydi. Sababi aksariyat hollarda kishilar tug‘ilishi bilan fuqarolikni qabul qilib, o‘z umri davomida uni o‘zgartirmaydi. 19 O’zbekiston Respublikasining fuqaroligi to’g’risida”gi Qonuni // [Elektron manba] // URL: http://lex.uz (murojaat qilingan vaqt 23.02.2020). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling