I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
4-§. Siyosiy huquqlаr
Fuqarolarning siyosiy huquqlari deyilganda, insonlarning bevosita siyosiy manfaatlariga tegishli huquqlari tushuniladi. Fuqarolarning siyosiy huquqlari shaxsning fuqarolik holati bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, u tegishli davlatning o‘z fuqarolariga jamiyat va davlat ishlarini boshqarish imkoniyatini beradi. Siyosiy huquqlarga faqat mamlakat fuqarosi ega bo‘lishi mumkin. Bu farqlarni Konstitutsiyalar shaxsiy huquqlarni barchaga (har kim, hamma uchun), siyosiy 24 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning Konstitutsiya qabul qilinganligining 27 yillik tantali marosimdagi “Konstitutsiya va qonun ustuvorligi – huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining eng muhim mezonidir” ma’ruzasi 07.12.2019 y. // [Elektron manba] // URL: http://lex.uz (murojaat qilingan vaqt 18.02.2020). KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ 100 101 jamoatchilik nazorati funksiyalarini yanada kuchaytirishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda ijro etuvchi hokimiyat faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning samarali mexanizmlari shakllantirildi. Demokratik huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini barpo etish sharoitida davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishni ta’minlash masalasi konstitutsiyaviy tuzumning negizini tashkil etuvchi «shaxs-jamiyat-davlat» munosabatlarining mutanosibligiga erishish va manfaatlar muvozanatini ta’minlashda muhim mexanizm hisoblanadi. Sababi, aynan jamoatchilik nazorati, bir tomondan, fuqarolar va jamoat birlashmalarining davlat organlarining qonuniy faoliyatidan doimiy ravishda xabardor bo‘lish, ochiqligini ta’minlashga xizmat qilsa, ikkinchi tomondan, davlat hokimiyati organlari va mansabdor shaxslarning ular manfaatlariga daxldor qarorlarni ishlab chiqishda ishtirok etishlari, jamoatchilik ta’sirini aks ettirish imkoniyatlarini kengaytiradi. Hozirgi bosqichda davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini ta’minlashning yaxlit tizimini shakllantirish, uning normativ-huquqiy asosini mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etadi. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling