I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
118
119
iymon-e’tiqod, onglilik, halollik, vijdon kabi tushunchalar 
bilan chambarchas bog‘liq. Burch qanday vazifa, kimning 
oldidagi majburiyat ekanligiga qarab turlicha bo‘ladi (milliy 
burch, ijtimoiy burch, umuminsoniy burch va boshqalar). 
Ijtimoiy va shaxsiy burch, oilada ota-onalik burchi, farzandlik 
burchi va boshqa burchlar bor. Burch - nisbiy tushuncha. 
U ijtimoiy taraqqiyot jarayonida mazmunan boyib, shaklan 
o‘zgarib boradi. Hozirgi sharoitda insonning tabiat va avlodlar 
oldidagi burchi yangicha mazmun kasb etib bormoqda. Oilaviy 
burch esa jamiyat oldidagi turgan maqsadlar bilan yanada 
uyg‘unlashmoqda. Bizda ona - Vatanga, xalqqa xizmat qilish 
eng ulug‘ va sharafli burch hisoblanadi.
Burch o‘zbekiston davlati tomonidan belgilanib, 
Konstitutsiyada mustahkamlangan har bir fuqaro bajarishi 
shart bo‘lgan, bajarmaslik esa javobgarlikka olib keladigan 
xatti-harakatlar va yashash tarzi qoidalaridan iborat. Burch 
ijtimoiy zaruriyat bo‘lib, ularning bajarilishi butun jamiyat 
manfaatlari uchun zarurdir.
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasining 
19-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi va 
davlat bir-biriga nisbatan bo‘lgan huquqlari va burchlari bilan 
o‘zaro bog‘liqdir.
Fuqaro o‘z huquq va erkinliklaridan foydalanganida, uning 
harakatlari boshqa shaxs, davlat va jamiyat manfaatlariga ziyon 
etkazmasligi lozim. Shu bois, shaxs o‘z huquq va erkinliklaridan 
qonun doirasidan chiqmagan holda foydalanishi lozim. Agarda 
qonundan tashqari xatti-harakat sodir etilsa, u holda, qonun 
tomonidan jazolanadi. Bu esa Konstitutsiyaviy burchlarni 
bajarmasligidan kelib chiqadi.
Konstitutsion burchlarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, 
ularni bajarmaganlik uchun javobgarlik Konstitutsiyaning 
o‘zida emas, balki turli qonunchilik tarmoqlarida (ma’muriy, 
soliq, jinoyat va h.k.) belgilanadi.
Ma’lumki, huquq shaxsga tabiat, jamiyat, davlat tomonidan 
beriladigan o‘z harakatining turi va me’yorini tanlab olish 
imkoniyati bo‘lsa, burch jamiyat va davlat tomonidan 
belgilangan va huquqiy normalarda o‘z aksini topgan 
talablarni bajarish zaruriyatidir. Bundan tashqari, burchning 
o‘ziga xos jihatlari bo‘lib, ular quyidagilarda namoyon bo‘ladi. 
Burch asosan qoidalardan, axloqiy normalardan kelib chiqadi, 
majburiyat esa, aksar hollarda shartnoma va bitimlardan 
kelib chiqadi; burch shaxs tug‘ilgandan to umrining oxiriga 
qadar davom etadi, majburiyat esa shartnomaning amal 
qilish davrigacha bo‘ladi; shuningdek, burch davlat va jamiyat 
tomonidan belgilanib, uning bajarilishi talab etiladi. Burch va 
majburiyat bajarilmagan taqdirda ko‘riladigan chora-tadbirlar 
turlichadir. Burch bajarilmaganda huquqiy ta’sir choralari 
qo‘llaniladi. 
Burch - shaxs huquqiy maqomining ajralmas tarkibiy qismi 
bo‘lib, u inson va fuqarolarning huquq hamda erkinliklari 
bilan chambarchas bog‘liqdir. Buni O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining ikkinchi bo‘limida inson va fuqarolarning 
asosiy huquq hamda erkinliklari bilan birga ularning asosiy 
burchlarining ham belgilanishi bilan izohlash mumkin. 
Inson faqatgina burchga ega bo‘lishi mumkin emas, xuddi 
shuningdek, inson burchsiz huquqqa ham ega bo‘lmaydi. 
Erkinlik huquqqa asoslangan tartib doirasida amalga oshirilsa 
hayotiy ahamiyat kasb etadi. Tartib esa bu huquq va burchning 
uyg‘unligidir.
Demak, burch bu - kishining biror shaxs, oila, jamoa, 
el-yurt, Vatan oldidagi majburiyatini anglatuvchi axloqiy 
tushunchadir. Burchda ob’ektiv munosabatlar ifodalanadi. 
Ya’ni u jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va axloqiy negizlari bilan 
belgilanadi. Burchning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud bo‘lib, 
u insonning ichki kechinmalari, tashqaridan turib nazorat 
qilinmaydigan murakkab ruhiy holatini ifodalaydi. Burch 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling