I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
124 125 benzin, dizеl yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq. Boshqa majburiy to‘lovlar jumlasiga quyidagilar kiradi: davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy to‘lovlar: yagona ijtimoiy to‘lov; byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga fuqarolarning sug‘urta badallari; davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar; Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlar; davlat boji; bojxona to‘lovlari; ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im. Shuningdek, belgilangan hollarda va tartibda soliq solishning soddalashtirilgan tartibida to‘lanadigan quyidagi soliqlar qo‘llanilishi mumkin: yagona soliq to‘lovi; yagona yer solig‘i; tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq. Ushbu nazarda tutilgan soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlar umumdavlat soliqlari va boshqa majburiy to‘lovlar hamda mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar tarzida undiriladi. O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti, hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining Vatani oldidagi muqaddas va sharafli burchidir. Avvalambor, “Burch - kishining biror shaxs, oila, jamoa, el-yurt, Vatan oldidagi majburiyatini anglatuvchi axloqiy tushuncha. Burchda ob’ektiv munosabatlar ifodalanadi, ya’ni u jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va axloqiy negizlari bilan belgilanadi. Burchining o‘ziga xos xususiyatlari mavjud bo‘lib, uyg‘un muvozanatda rivojlanishini, ekologik tizimlar va tabiat ob’ektlarining muhofaza qilinishini, fuqarolarning qulay atrof muhitga ega bo‘lish huquqini ta’minlashga qaratilgan. Fuqarolarning eng muhim Konstitutsiyaviy burchlaridan biri ularning qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig‘imlarni to‘lashga majbur ekanliklaridir. O‘zbekiston Respublikasining soliq kodeksi 12-moddasiga muvofiq, soliqlar dеganda, soliq kodeksida belgilangan, muayyan miqdorlarda undiriladigan, muntazam, qaytarib berilmaydigan va beg‘araz xususiyatga ega bo‘lgan, byudjetga yo‘naltiriladigan majburiy pul to‘lovlari tushuniladi. Majburiy to‘lovlar dеganda esa soliq kodeksida belgilangan davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy pul to‘lovlari, bojxona to‘lovlari, shuningdek, vakolatli organlar hamda mansabdor shaxslar tomonidan yuridik ahamiyatga molik harakatlarni to‘lovchilarga nisbatan amalga oshirish uchun, shu jumladan muayyan huquqlarni yoki litsenziyalar va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarni berish uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan yig‘imlar, davlat boji tushuniladi. Soliq kodeksi 23-moddasida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning turlari belgilangan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi hududida faqatgina soliq kodeksida nazarda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar amal qiladi. Soliqlarga quyidagilar kiradi: yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i; jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i; qo‘shilgan qiymat solig‘i; aktsiz solig‘i; yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar; suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq; mol-mulk solig‘i; yer solig‘i; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling