I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


-§. Sud ishlarida ishtirok etuvchi fuqarolarning


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet204/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

6-§. Sud ishlarida ishtirok etuvchi fuqarolarning 
huquqlarini ta’minlash
Sud ishlarida ishtirok etuvchi fuqarolarning huquqlari 
har jihatdan ta’minlanadi. Buning uchun Konstitutsiya va 
qonunlarda yetarli qoidalar mavjud. Buni sud yuritishda amal 
qiladigan prinsiplar ham ko‘zda tutadi.
Fuqarolar huquqini ta’minlashda muhim vosita — 
bu ishlarning oshkora ko‘rilishi. Konstitutsiyaning 
115-moddasida, fuqarolar huquqini ta’minlovchi vositalardan 
biri sifatida, sud ishlari yuritilgan til masalasi hal qilingan. 
Unga ko‘ra, «O‘zbekiston Respublikasida sud ishlarini yuritish 


KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
390
391
qilmoq, parvarishlamoq, аsrab-аvaylamoq, ta’minlamoq, 
sodir etmoq, boshqarmoq, boshlab bormoq” degan ma’no 
tushuniladi
63
.
O‘zbekistonda prokuratura organlari alohida maqomga ega, 
u biron-bir hokimiyat tizimiga kiritilmagan. Konstitutsiyada 
alohida XXIV bob «Prokuratura»ga bag‘ishlangan. Uning 
120-moddasiga 
asosan, 
«O‘zbekiston 
Respublikasi 
prokuratura organlari o‘z vakolatlarini har qanday davlat 
organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslardan 
mustaqil holda, faqat qonunga bo‘ysunib amalga oshiradilar». 
Bu qoidaning o‘zi prokuratura mustaqil tuzilma ekаnligini 
ko‘rsatadi.
Konstitutsiya prokuratura organlarining maqomini 
Konstitutsiyaviy darajada belgilar ekаn, ularning vazifasini 
ham umumiy tarzda, aniq belgilagan. Konstitutsiyaning 
118-moddasida 
prokuratura 
respublika 
hududida 
qonunlarning aniq bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni 
amalga oshiradi, deb ko‘rsatib qo‘yilgan. Ya’ni prokuraturaning 
bosh vazifasi butun mamlakat hududida davlat tomonidan 
qabul qilingan barcha qonunlarning bir xilda bajarilishini 
nazorat qilish hisoblanadi va bu bilan qonuniylik, qonun 
ustuvorligi ta’minlandi.
Konstitutsiyada prokuraturaning umumiy vazifasi 
belgilangan bo‘lsa, 2001 yil 29 avgustda yangi tahrirda qabul 
qilingan «Prokuratura to‘g‘risida»gi Qonunda prokuraturaning 
asosiy vazifalari aniqlashtirib mustahkamlangan.
Qonunning 2-moddasi «O‘zbekiston Respublikasi 
prokuratura organlarining asosiy vazifasi»
64
deb nomlanadi. 
Unda belgilanishicha, prokuraturaning asosiy vazifalari:
• qonun ustuvorligini ta’minlash;
63 Дворецский ИХ Латинско — русский словар 5-С439. — М., 1998 -С 621.
64 Ўзбекистон Республикасининг “Прoкурaтурa тўғрисидa”ги Қoнуни //
[Электрон манба] // URL: http://lex.uz (мурожат қилинган вақт 23.01.2020).
«Biz advokatura tizimini kuchaytirish va uning chinakam 
mustaqilligini ta’minlash, ularning vakolatlari va maqomini 
prokuratura maqomiga tenglashtirish uchun qonunchilik 
sohasida ham, amaliy ishlar sohasida ham ko‘pgina chora-
tadbirlar ko‘rmoqdamiz». 
Advokaturaning maqomini demokratik xorijiy mamlakatlar 
tajribasi singari yuqori maqomga ko‘tarish bilan fuqarolar 
huquqini sudda to‘la ta’minlash mumkin. Ana shu maqsadda 
katta ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Sud-huquq sohasidagi islohotlar jamiyat hayotini isloh 
qilishning ajralmas qismi bo‘lib qolmoqda. 2017-2021-yillarda 
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvir 
yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasining ikkinchi 
bo‘limi «Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud huquq tizimini 
yanada isloh qilishning ustuvir yo‘nalishlari» deb nomlangan. 
Unga asosan sudni mavqeyini, ijtimoiy ta’minotini, sudlarning 
moddiy-texnik ba’zasini mustahkamlash; sudyalarga turli 
tazyiq o‘tkazishga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish; sud 
mustaqilligini, sudya tomonlarni tengligini ta’minlash; 
tergov ustidan nazoratni kuchaytirish; sudlarni yanada 
ixtisoslashtirish; sud faoliyatiga zamonaviy axborot-
texnologiyalarini joriy etish ko‘zda tutilgan.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling