I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet235/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
360
361
bir-birini tiyib turishga va nazorat qilishga yo‘l ochib beradigan 
va bir shaxs yoki organning qodida hokimiyatning to‘planishiga 
imkon bermaydigan davlat hokimiyatining organlari o‘rtasida 
o‘zaro munosabatlar tartibi o‘rnatiladi. Hokimiyatning har bir 
tarmog‘i  (qonun  chiqaruvchi,  ijro  etuvchi  va  sud)  mustaqil 
va  o‘z  vakolatlarini  amalga  oshirishda  erkin  hisoblanadi, 
hokimiyatning  hech  qaysi  tarmog‘i  hokimiyatning  boshqa 
tarmog‘i  vazifalarini  o‘z  zimmasiga  yuklatishga  haqli  emаs. 
Barcha davlat organlari o‘z vakolat doirasida faoliyatini amalga 
oshiradi.  Shu  bilan  birga,  hokimiyatning  barcha  tarmoqlari 
bir-biriga bog‘liqdir, ular birgalikda harakat qiladilar va yaxlit 
davlat mexanizmini vujudga keltiradilar.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi inson huquqlari 
bo‘yicha  80  dаn  оrtiq  hujjatga  qo‘shildi,  BMT  tomonidan 
ushbu sohada qabul qilingan 10 ta asosiy xalqaro shartnoma 
ishtirokchisiga  aylandi.
61
.  Yurtimizda  amalga  oshirilayotgan 
sud-huquq islohoti fuqarolarning huquq, erkinlik va qonuniy 
manfaatlarini himoya qilishda huquq va sud hokimiyatining 
birligini  ko‘zda  tutadi.  Jumladan,  2017-2021  yillarda 
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor 
yo‘nalishi  bo‘yicha  Harakatlar  strategiyasida  ham  qonun 
ustuvorligini  ta’minlash  va  sud-huquq  tizimini  yanada 
isloh  qilishga  yo‘naltirilgan  sud  hokimiyatining  chinakam 
mustaqilligini  hamda  fuqarolarning  huquq  va  erkinliklarini 
ishonchli himoya qilish kafolalarini mustahkamlash, ma’muriy, 
jinoyat, fuqarolik va iqtisоdiy qonunchiligini, jinoyatchilikka 
qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi 
samarasini  oshirish,  sud  jarayonida  tortishuv  tamoyilini 
to‘laqonli  joriy  etish,  yuridik  yordam  va  huquqiy  xizmatlar 
sifatini tubdan yaxshilash nazarda tutilgan.
61 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 5 майдаги “Инсон 
ҳуқуқлари  умумжаҳон  декларацияси  кабул  килинганининг  70  йиллигига 
бағишланган тадбирлар Дастури тўғрисида”ги Фармони // “Халқ сўзи”, 2018 
йил 9 май

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling