I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
§. O‘zbеkistоndа insоn huquqlаri vа erkinliklаrinig
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5411444856344021189
§. O‘zbеkistоndа insоn huquqlаri vа erkinliklаrinig
kоnstitutsiyaviy kаfоlаtlаri Fuqarolarning ijtimoiy hayotning barcha sohalariga doir huquq va erkinliklari qonun va qonunosti hujjatlarida bevosita belgilangan bo‘lib, ushbu huquq va erkinliklarning “Har kirn bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir”, deb belgilangan. Ma’lumki, kishilik jamiyati taraqqiyotini ta’lim tizimini to‘g‘ri tashkil etmasdan, ilm-fanning rivojlanishini samarali yo‘lga qo‘ymasdan turib tasavvur etib bo‘lmaydi. Shu sababdan, mustaqil davlatimizning birinchi Konstitutsiyasida bilim olish, ta’lim-tarbiya masalasiga alohida e’tibor qaratilib, uning muhim jihatlarini o‘zidagi asosiy qoidalar sifatida o‘rnatib, unga Konstitutsiyaviy maqom berildi. Bugungi kunda ta’lim olish huquqini takomillashtirishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentаbrdagi PF-5198-sonli “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2018-yil 25-yanvardagi PF-5313-sonli “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2017-yil 16-fevraldagi PF-4958-sonli “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi, 2018- yil 5-sentаbrdagi PF-5538-sonli “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonlari muhim ahamiyat kasb etadi. Ularda bugungi kun yangi islohotlar bosqichida ta’lim tizimini rivojlantirishning dolzarb masalalari belgilab berilgan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 42-moddasida milliy qadriyatimiz, madaniyatimiz va ma’naviyatimizning ajralmas qismi bo‘lgan ilm-fan, san’at va adabiyot bilan bog‘liq huquqlar alohida o‘rinni egallaydi. Unda belgilanishicha, har kimga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi, davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g‘amxo‘rlik qiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling