I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
252
253
foizi ikki palatali parlamentni yoqlab ovoz berdi.
Nihoyat, 2004-yil 26-dekabrdagi saylov natijalariga ko‘ra, 
O‘zbekiston  Liberal-demokratik  partiyasidan  deputatlarning 
34,3  foizi,  O‘zbekiston  Xalq  demokratik  partiyasidan  23,3 
foizi,  Fidokorlar  milliy-demokratik  partiyasidan  18  nafar, 
Milliy  tiklanish  demokratik  partiyasidan  11  nafar,  Adolat 
sotsial-demokratik  partiyasidan  10  nafar,  tashabbuskor 
guruhlardan 14 nafar deputat saylandi. Saylangan deputatiar 
orasida  quyidagi  mutaxassislar  vakillarini  ko‘rishimiz 
mumkin. Bularga: 2005-yil 17-20-yanvar kunlari o‘tkazilgan 
mahalliy  davlat  hokimiyati  organlari  qo‘shma  majlislarining 
bayonnomalariga  asosan,  Markaziy  saylov  komissiyasining 
qarori  bilan  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi,  viloyatlar  va 
Toshkent  shahridan  teng  miqdorda  -  olti  nafardan,  jami  84 
nafar  deputat  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining 
Senati  a’zosi  sifatida  ro‘yxatga  olindi.  2005-yil  24-yanvarda 
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining “O‘zbekiston 
Respublikasi  Oliy  Majlisining  Senati  a’zolarini  tayinlash 
to‘g‘risida”gi  Farmoni  bilan  fan,  san’at,  adabiyot,  ishlab 
chiqarish  sohasida  hamda  davlat  va  jamiyat  faoliyatining 
boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda 
alohida  xizmat  ko‘rsatgan  eng  obro‘li  fuqarolar  orasidan  16 
nafar  Senat  a’zosi  tayinlandi.  Shunday  qilib,  profestsional 
tarzda  faoliyat  olib  boradigan  ikki  palatali  parlament  to‘la 
tarkibda saylovlar asosida shakllantirilib olindi.
edi. Zamonaviy parlamentarizmning aksariyat davlatlar uchun 
namuna  bo‘lib  xizmat  qilayotgan  modeli  -  AQSh  Kongressi 
ham,  salkam  2,5  asrdirki  faoliyat  ko‘rsatib  kelmoqda.  Shu 
jihatdan aytish mumkinki, O‘zbekiston Respublikasida tarixan 
qisqa  davr  –  yigirma  sаkkiz  yildаn  оshiq  vаqt  mobaynida 
parlamentarizm  sohasida  o‘ziga  xos  tajriba  orttirildi,  milliy 
parlamentning yangicha modellaridan biri yaratildi.
Parlament  faoliyatini  takomillashtirish  sohasida  amalga 
oshirilgan islohotiar tizimida ikki palatali parlamentga o‘tish 
bilan bog‘liq islohotlar, shubhasiz, markaziy o‘rin egallaydi.
Ikki  palatali  parlamentni  tashkil  etish  g‘oyasi,  taklifi 
O‘zbekiston  Respublikasining  birinchi  Prezidenti  Islom 
Karimovning  2000-yil  25-may  kuni  ikkinchi  chaqiriq 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi sessiyasida 
“O‘zgarish  va  yangilanish  -  hayot  talabi”  nomli  ma’ruzasida 
o‘rtaga  tashlandi:  “...biz  2004-yilda  bo‘ladigan  saylovlarda 
parlamentni ikki palatali qilib tashkil etishimiz lozim. Bunda 
quyi  palata  -  Oliy  Majlis  partiyalar  vakillari  va  mustaqil 
deputatlardan saylanadi. Siyosiy partiyalar va aholi yig‘ilishlari 
unga  o‘z  vakillarini  o‘tkazadi,  ular  parlamentda  doimiy 
ravishda ishlaydi. Muhimi shuki, yangi shakldagi parlamentda 
mutaxassis deputatlar faoliyat ko‘rsatadi, ya’ni u profestsional 
parlament bo‘ladi. Biz o‘sib-ulg‘ayib, bugun shu darajaga etib 
keldik”.
Mazkur omillardan kelib chiqib, navbatdagi ustuvor vazifa 
sifatida  ikki  palatali  parlamentga  o‘tishni  huquqiy  jihatdan 
rasmiylashtirish  masalasi  qo‘yildi.  2001-yil  12-dekabrda 
O‘zbekiston  Respublikasining  Oliy  Majlisi  jamiyat  va  davlat 
hayotining eng muhim masalalaridan biri sifatida ikki palatali 
parlamentga  o‘tish  yuzasidan  O‘zbekiston  Respublikasining 
referendumini  o‘tkazish  to‘g‘risida  qaror  qabul  qildi. 
Referendum  2002-yil  27-yanvar  kuni  o‘tkazildi  hamda 
referendumda  ovoz  beruvchilar  ro‘yxatiga  kiritilgan  93,65 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling