I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet238/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
364
365
sud tizimini takomillashtirish va sud hokimiyati mustaqilligini 
ta’minlash  amalga  oshirilishi  O‘zbekiston  Respublikasi 
Konstitutsiyasi qabul qilinishi paytidan boshlangan sud-huquq 
islohotining birinchi navbatdagi vazifasi sifatida belgilandi.
O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  sud  tizimining 
huquqiy asosini belgilaydi. Konstitutsiyaning 107-moddasiga 
muvofiq,  O‘zbekiston  Respublikasida  sud  tizimi  O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy  sudi,  harbiy  sudlar,  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi 
fuqarolik  va  jinoyat  ishlari  bo‘yicha  sudlari,  fuqarolik  va 
jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar 
iqtisodiy  va  ma’muriy  sudlari,  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha 
tumanlararo,  tuman,  shahar  sudlari,  jinoyat  ishlari  bo‘yicha 
tuman, shahar sudlari, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy 
sudlari va tuman, shahar ma’muriy sudlaridan iborat.
Shunday qilib, O‘zbekistonda tashkil etilgan va o‘z faoliyatini 
amalga oshiradigan sud tizimi quyidagi ikki kichik tizimni o‘z 
ichiga qamrab oladi:
birinchidan,  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyaviy 
sudi;
ikkinchidan,  jinoyat,  fuqarolik,  iqtisodiy  va  ma’muriy 
ishlarni  ko‘ruvchi  quyidagi  sud  tuzilmalarini  qamrab  olgan 
sud tizimi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi;
harbiy sudlar;
Qoraqaipog‘iston  Respublikasi  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha 
sudi, fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar 
sudlari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha sudi, 
jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari;
  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi,  viloyatlar  va  Toshkent 
shahar iqtisodiy sudlari;
tayinlanashi yoki saylanashi belgilandi va boshqalar.
Sud  hokimiyatini  amalga  oshirishning  asosiy  shakli  sud 
ishlarini  yuritishdir,  ya’ni  boshqa  so‘zlar  bilan  aytganda 
taraflarning  teng  huquqliligi  va  ish  yuritishning  tortishuvi 
tamoyillariga asoslangan, protsessual normalarga qat’iy rioya 
qilgan holda odil sudlovni amalga oshirishdir.
Sud hokimiyati chiqargan hujjatlar (hal qiluv qarori, hukm, 
ajrim,  qaror)  barcha  davlat  organlari,  jamoat  birlashmalari, 
korxonalar,  muassasalar,  tashkilotlar,  mansabdor  shaxslar 
va  fuqarolar  uchun  majburiydir  hamda  O‘zbekiston 
Respublikasining  barcha  hududida  bajarilishi  shart 
(O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 114-moddasi).
Sud tomonidan qabul qilinadigan qarorlar nafaqat davlat 
organlari,  mansabdor  shaxslar  va  fuqarolar  uchun,  balki 
sudning  o‘zi  uchun  ham  majburiydir,  sud  qarorlarini  bekor 
qilish yoki o‘zgartirish faqat apellyatsiya, kassatsiya va nazorat 
tartibida  tegishli  sud  instansiyalari  tomonidan  qonunda 
belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin.
Sud  hokimiyatini  amalga  oshirish  vazifasi  tashkil 
etilgan  maxsus  organ  laming,  ya’ni  sudlarning  zimmasiga 
yuklatilgan.  O‘z  navbatida,  sudlar  yagona  tizimini  tashkil 
qiladilar. O‘zbekiston Respublikasida sud tizimini O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasi va “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonuni 
belgilaydi.  O‘zbekistonda  sud  hokimiyati  faqat  sudlarga, 
ya’ni  ulaming  vakillari  bo‘lgan  sudyalarga  va  odil  sudlovni 
amalga  oshirish  jarayoniga  qonunda  belgilangan  tartibda 
jalb qilinadigan xalq vakillariga, ya’ni xalq maslahatchilariga 
taqdim  etiladi.  Sud  hokimiyat  vakolatlari  boshqa  organlar 
yoki  shaxslar  tomonidan  o‘zlashtirilishi  qonun  tomonidan 
man  etiladi.  Mukammal  sud  tizimi  nafaqat  ayrim  sudlar 
vakolatlarining belgilanishiga imkon beradi, balki sud orqali 
himoyaianish erkinligi prinsipining amalga oshirilishini va odil 
sudlov samaradorligini ta’minlaydi. O‘zbekiston Respublikasi 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling