I togayev yuksak o'simliklar sistematikasidan amaliy mashg’ulotlar
Download 3.05 Mb. Pdf ko'rish
|
Tog\'ayev I. Yuksak o\'simliklar
ARXEGONIYLI 0 ‘SIMLIKLAR
Arxegoniyli o'simliklar a s o s a n quruqlikda yashashga moslashgan o'simliklar dir, Ularning tanalari murakkab tuzilishga ega bo‘lib, alohida a’zolarga - ildiz, poya va bargga bo'lingan. Arxegoniyli o'simliklar ana shu xusu- siyatlari bilan tuban o'simliklardan farq qiladi. Lekin bu o'simliklar orasida ham tanasi alohida a'zolarga ajral- magan o'simliklar guruhi bo‘lib, ularda hali haqiqiy ildiz shakllanmagan. Bunday o'simliklarda ildiz vazifasini ingichka, ipsimon tuzilishga ega bo'lgan bir hujayrali tanachalar (rizoidlar) bajaradi. Arxegoniyli o'simliklar hozirgi davrda 50 mingdan ortiq turni o‘z ichiga oladi. Ular turli ekologik sharo- itlarda o'sishga moslashgan. Bu guruh o'simliklar 8 ta bo'limga bolib o'rganiladi: 1. Riniya toifa bo'limi - Rhyniophyta 2. Zoosteriofittoifa bo'limi - Zoosterophyta 3. Yo'sintoifa bo'limi - Bryophyta 4. Plauntoifa bo‘limi - Lycopodiophyta 5. Psilottoifa bo'limi - Rsilotophyta 6. Qirqbo‘g ‘imtoifa bolimi - Eqvisetophyta 7. Qirqquloqtoifa bo'limi - Polypodiophyta 8. Qarag'aytoifa (ochiq urug'li) bo'limi - Pynophyta Bu bo'limlariga kiruvchi o'simliklarning hayotiy rivoj- lanish davrida nasllar gallanishi, ya' ni gametofit (n) va sporofit (2n) nasllarning o'zaro almashinib turishi kuza- tiladi. Gametofit nasi faqat yo'sintoifa bolimi o'simlikla- ridagina ustunik qilsa, qolgan bo'limlarida esa sporofit nasi ustunlik qiladi. Yuqorida keltirib o'tilgan bo'limlardan, Yo'sintoifa, Plaun-toifa, Qirqbo'g'imtoifa, Qirqqquloqtoifa va Qara g'aytoifa bo'lim o'simliklarning keng tarqalgan turkum va turlari amaliy mashg'ulot darslarida o'tishga tavsiya etilgan. 5 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling