I-topshiriqga javob: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning predmetlarni idrok qilish, taqqoslashning o'zigaxos xususiyatlari
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
Adolat Turayeva 13-VARIANT
Rivojlantiruvchi: o’quvchilarga geometric shakllarning bir- biriga nisbatan
joylashuvini o’zgartirish sezgirligini oshirish. FK2 o’rganilgan matematik tushunchalar,faktlar va algoritimlarni kundalik vaziyatlarda qo’llay olish. Dars turi: yangi tushuncha ,bilimlarni shakllantiruvchi Dars metodlari : savol-javob,suhbat,tezkor so’rov,amaliy mashg’ulot,didaktik o’yin. Dars jihozi: 1-sinf “Matematika’’darsligi, mavzuga mos rasmlar, slaydlar, tarqatmali materiallar, raqamlar yozilgan kartochkalar, geometrik shakllar. Darsning texnologik xaritasi Dars bosqichlari Bajariladigan ishlar Bagariladigan ishlar shakli Ajratilgan vaqt Tashkiliy qism O’quvchilarni darsga tayyorlash. Navbatchi axboroti Suhbat 2 minut Uy vazifasini so’rash Uy vazifasini tekshirish. Savol va topshiriqlar berish, xulosalash. Matematik diktant yechish. Savol- javob 5 miut Yangi mavzuni tushuntirish Yangi mavzuni tushuntirish, misol va masalalar yechish Ko’rgazmalilik, “zanjir” o’yini, amaliy mashg’ulot 14 minut Yangi mavzuni mustahkamlash Xotirani jamlash oyini, raqamli kartochkalar orqali sonlar hosil qilish Guruhlarda ishlash 18 minut Darsni yakunlash Test topshiriqlari Baholash 4 minut Uyga vazifa berish Uyga vazifa berish Tushuntirish 2 minut Darsning borishi : -Salomlashish; -Oqituvchi; Salom aziz bolalarim, Gulu rayhon bolalarim. Qani tinglang so’zlarim Jajji o’g’il qizlarim. Ona yurt egasisiz Istiqlol ertasisiz Bo’ling aqlu rasolar Ham bilmdon donolar. -Navbatchi axborati; -O’qituvchi; Qani ayting bolalar Kim navbatchi bo’ladi Ushbu kunning hisobin, Menga aytib beradi. -Navbatchi o’quvchi; Bugun sinfda men navbatchiman . Sinfda 33 nafar o’quvchidan 33 tasi darsga tayyor. -O’qituvchi: Hozir darsimiz matematika -O’qituvchi: Darsimizning shiori; -O’quvchilar: Ilmdan yaxshiroq xazina bo’lmas -Qo’lingdan kelgancha yig’a olsang bas -O’qituvchi: Oldimizga qo’ygan maqsadimiz. O’qib- o’rganamiz, ijod qilamiz, Shu ozod Vatanni obod qilamiz. O’quvchilarni guruhlarga bo’lish. 1-guruh Muhammad Yusuf . 2-guruh Amir Temur Har bir guruhga sardorlar saylanadi. Guruh sardorlari guruh nomlariga ta’rif beradilar. O’qituvchi darslik kitobi o’quvchilarga ko’rsatadi va savol beradi. -Bu qanday kitob? -O’quvchilar ; Matematika -O’qituvchi; Kitobni bizga kim bergan? -O’quvchilar; Prezidentimiz Sh. M Mirziyoyev -O’qituvch; Nima uchun berganlar? -O’quvchilar; Bilim va ta’lim olib vatanga munosib farzand bo’lish uchun. -O’qituvchi; Bu darslikni qadriga yetishni uni asrab avaylash kerakligini o’quvchilarga tushuntiradi. Matematika fanini raqamlarsiz tasavvur etib bo’lmasligini aytadi .Raqamlar shunda tilga kiradi. “0”raqami Diqqat mening nomim nol O’quvchim sen ogoh bo’l. Yolg’iz tursam yo’qman men, Sherik bo’lsa to’qman men Yozilishim qiyinmas Dum-dumaloq chizsang bas! “1” raqami Bir degan sanoq sonman, Sanash uchun osonman Bitta yurak bitta bosh, Bitta oy, bir quyosh, Yozishga ham qulayman, Qoziqchaga o’xshayman “2”raqami Ikki degan nomim bor, Ikki birdan men tayyor. Ikki qo’l, ikki oyoq, Ikki ko’z, ikki quloq Nimaga o’xshayman xo’sh Xuddi ko’ldagi oqqush! “3” raqami Uchta birman nomim uch, Birlashganda bo’lar kuch. Uchgacha sanayman deb, Shart o’ynagan har bir sher. Yozish uchta qiyinmas, Tishlangan ikki kulcha. “4” raqami Men to’rt degan raqamman, Ikki ikkida jamman. Bo’lsa ikki juft o’rtoq, To’tta ulfat o’sha choq Yozishni qil mashq picha, Bir o’yog’i narvoncha! “5” raqami Besh degulik nomim bor, Raqamlar ichra ilg’or. Bir- bir qo’shsa anchaman, Qo’ldagi besh panjaman. Yaxshi tirish yozmoqqa, Sal o’xshayman qalmoqqa. ”6”raqami Beshdan keyin oltiman Raqamlarning oldiman Ikki uchni qo’shsang bas, Hech qachon sedan chiqmas. Yozishni lozim bilmoq Go’yoki oddiy ilmoq “7 raqami” Mening nomimdir yeti, Endi demanglar mitti. Oltidan bitta ko’pman, Yetti yulduzman to’pman. Chizgingda kichik o’roq , Beliga boyla belboq. “8 raqami” Sanamay demang sakkiz, Ikki to’tni qo’shsangiz, Hosil bo’laman shu on, Yaxshi bilgin ukajon Yozilishim bil qani, Tasavvur qil pillani. “9 raqami” Men to’qqizman to’qqizman, Sonlar ichra yolg’izman. Sakkizdan bitta katta , Bilib qo’ygin albatta. Yozishni o’rgan asta. Ilmoqman dumli pastda Otgan mavzuni mustahkamlash. O’quvchilar bilan uy vazifasini o’yin orqali tekshiriladi. O’quvchilarga toq va juft sonlar tarqatiladi. Ular qo’llaridagi sonlarni juf yoki toq ekanligini aniqlab doskaga guruhlab yopishtirishadi. O’quvchilar uy ishlarini shu orqali o’zlari tekshiradilar. Juft sonlar; 16,20,68,86,34 Toq sonlar; 27,31,45,57,75 Yangi mavzu bayoni. Ekranda predmetlar hosil bo’ladi. Ularning nomlarini ayting topshirig’i beriladi O’quvchilar rasmdagi narsalarning nomlarini birma-bir aytadilar. O’qituvchi ushbu rasmda berilgan buyumlar qanday shakda ekanligi so’raladi -O’qituvchi; Qaysi buyum to’rtburchak shaklida berilgan? -O’quvchilar; uycha , varrak, Dast romolcha -O’qituvchi: qaysi buyumlar aylana shaklida berilgan? -O’quvchilar: shar, doira, to’rt -O’qituvchi: Narsa jonsiz buyumlar uchun ishlatiladi. Nima so’rog’iga javob bo’ladi. Shakl buyumlarni ko’rinishga ega ekanligini bildiradi. -Bu nima? U qanday shaklda? -Bu uy. To’rtburchak shaklda. -O’qituvchi o’quvchilarni diqqatini ekranga qaratadi. Bir o’quvchi masala shartini o’qib eshittiradi. O’quvchilar masala mazmunini birma bir tushuntirib beradilar. 2- masala Maktab oshxonasiga 14 kg un keltirildi. 4kg undan so’msa, 6kg undan shirin kulcha pishirildi. Oshxonada necha kilogram un qoldi? -O’quvchilar masalaga qisqa yozuv va shu asosida ifoda tuzadilar. Keltirildi -14kg un Ishlatildi so’msaga -4kg un Shirin kulchaga -6 kg un Qoldi -? Yechish; 14-(4+6)=14-10=4 javob; 4kg un O’quvchilar bilan dam olish daqiqasi o’tkaziladi. Kulrang g’ozlar uchdilar Ko’lmakchaga qo’ndilar. U yon bu yon qarashib, Yana uchib ketdilar. 1,2,3… O’quvchilar diqqatini darslikka qaratiladi. 3-misol og’zaki tartibda bajariladi. Bunda o’quvchilar sonlarni xona birliklariga ajratadilar va nomalum sonni topadilar. 96=90+6 44=40+* 22=20+* 66=60+* 48=40+* 88=80+* |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling