JAVOB: MUZ. Voqea Islandiyada sodir bo‘lganini tasavvur qilish kerak.
7. Ijtimoiy tarmoqda keng tarqalgan iqtiboslardan biriga ko’ra, insonning taqdiri o’z qo’lida. Ya’ni taqdiri azal inson ixtiyoriga IKS ni beradi, IKS ni qay ko’yga solish, qay tarzda bezash insonning o’ziga bog’liq ekan. Savol: IKS ning nima ekanligini maksimal aniqlikda yozib bering!
Javob: Raskraska (Konturli rasm).
8. Bu so‘zni paydo bo‘lish tarixi Italiyaga borib taqaladi. Tinimsiz yog‘gan yomg‘irlar natijasida Neapol shahri ko‘chalarini suv bosgan vaqti neapolliklar bu suv toshqinini siz-u biz bilgan O‘SHA so‘z bilan atashgan. Keyinchalik bu so‘z suv toshqiniga nisbatan emas, balki boshqa dahshatliroq toshqin ma’nosida ishlatila boshlangan. Gap qaysi italyancha so‘z haqida ketmoqda?
Javob: Lava. Xabaringiz bo‘lsa kerak, Neapol shahri mashhur Vezuviy vulqoni yaqinida joylashgan. Dastlab yomg‘ir natijasida shahar ko‘chalarini suv bosgan bo‘lsa, keyinchalik qaynoq lava bilan qoplangan.
9 . Shu savoldan keyin biroz tanaffus qilib olsak ham bo‘ladi!Yaponlarda KITTO-KATSU iborasi “g‘alaba qo‘zonish, yutuqga erishish” ma’nosini anglatadi. Shu sababli bo‘lsa kerak, yapon maktab o‘quvchilari imtixonga o‘zlari bilan UNI olib olishar ekan. UNI nomini yozib bering.
Javob: “Kit-Kat” shokoladi Nomi shu iboraga o‘xshaganligi uchun. Kit-Kat reklamasida ham biroz tanaffus qilib olish kerakligi aytiladi.
10.Daniyaliklarning mashhur iborasini tinglang: Bizda hamma narsa shvedlardan ko’ra yaxshiroq: tabiat, iqlim, tarix, xalq… Faqat ALFA gina shvedlarda biznikidan yaxshi. Savol, ALFAni toping.
Do'stlaringiz bilan baham: |