I. U. Raxmonov, K. M. Reymov, N. N. Niyozov
Issiq va sovuq suv sarfini hisobga olish
Download 3.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Elektr ta\'minoti tizimida energiya tejamkorligi. Raxmonov I.U.
8.4. Issiq va sovuq suv sarfini hisobga olish
Iste’molchi tomonidan isrof qilinayotgan suvning miqdori suv hisoblagichlarning k o ‘rsatkichlari bo‘yichaaniqlanadi. Iste’molchiga bog‘liq boTmagan sabablarga ko‘ra (asbobning nosozligi, millaming yedirilib ketishi va boshqalar) bunday hisoblash mumkin b o ‘lmagan holda, foydalanilgan suvning miqdori, asbob soz b o ‘lgan oldingi ikki oy uchun o ‘rtacha kecha-kunduzi o ‘rtacha sarfi bo‘yicha, yoki hokim iyat tom onidan o ‘rnatilgan norm alar b o ‘yicha aniqlanadi. Iste’mol qilingan suvni hisobga olishning va to ‘lovning bu tarkibi, yangi suv oTchagich o ‘rnatilgunga qadar saqlab qolinadi, lekin 129 uch oydan ortm agan m uddatgacha. A gar yuqorida k o ‘rsatilgan m uddatda suv o ‘lchagich o ‘rnatilm asa yoki suv o ‘lchagichning shikastlanishi iste’molchining aybi bilan bo‘lsa va bu haqida suv o ‘tkazish kanalizatsiyaxo‘jaligi (SQH) korxonasiniogohlantirmagan bo‘lsa, sarf qilingan suvning miqdori suv o ‘tkazishning o ‘tkazish qobiliyati b o ‘yicha aniqlanadi. Bu o ‘tkazgich suvning harakat tezligi 2,0 m/s va u oxirgi hisobdan boshqa, kecha-kunduzda 24 soat oqadi deb hisoblanadi. Hisobning bu turi to yangi suv o ‘lchagich o ‘rnatilmaguncha davom etadi. X uddi shu tartibda iste’molchi tom onidan sarf etilgan suv miqdori quyidagicha aniqlanadi: 1. A bonent tom onidan aylanib o ‘tuvchi liniya va tugunlar ochg‘ichidagi suv hisoblagich asboblari hamda suv sarfi hisobiga asboblarning o ‘zida plombalar olingan va shikastlanganda; 2. 0 ‘z xohishicha kommunal SQH korxonasining ruxsatisiz, suv o ‘tkazgichga yoki tarm o g ‘iga ulansa, suvdan foydalanish shartnomasi bo‘lmasa yoki suv iste’molchisi SQH abonenti sifatida rasmiylashtirilmagan b o isa ; 3. K o‘rsatilgan m uddatda SQH korxonasining dalolatnomasi bajarilmagan bo‘lsa (7 kundan ko‘p emas); 4. 0 ‘z xohishicha suv o ‘lchagich va suvni hisobga oluvchi boshqa asboblarni olib tashlash va boshqa joyga o ‘tkazishni sodir qilsa, ham ulami SQH korxonasi bilan kelishmagan holda, boshqa turdagi asboblar bilan almashtirilgan bo‘lsa; 5. Surib oluvchi, gidrantlar yoki o ‘t o ‘chiruvchi kranlarda zaxiraviy yoki o ‘t o ‘chirish kirishlaridagi plombalami o ‘z xohishicha olib tashlaganda; 6. 0 ‘rnatilgan muddatda SQH korxonasi talabi bo‘yicha suv hisoblagich asboblari o ‘matilmasa, bu kommunal suv o ‘tkazgichiga o ‘z xohishicha ulanish deb baholanadi; 7. 0 4 o ‘chiruvchi gidrantlar va ochg‘ichlardan o ‘z xohishicha foydalanilganda; 130 8. Shlanglar k o ‘cha suv o ‘tkazgichlariga ulaganda yoki kerakli joyda ishlatmaganda; 9. Suv o ‘lchagich bo‘lmagan hollarda, suv o ‘tkazgichga shlang ulab sug‘orish ishlarini amalga oshirganda; 10.Korxona va tashkilotlar tomonidan suvdan foydalanganda hisob-kitob qilishga zarur b o ‘lgan m a’lumotlarni berishdan bosh tortganda yoki noto‘g‘ri m a’lumotlar berilganda. Birinchi, uchinchi, to ‘rtinchi va to ‘qqizinchi hollarda hisob- kitob SQH vakillari tomonidan, hisobning oxirgi ko‘chirilgan to shu holat aniqlangan kungacha b o ig a n vaqt uchun hisob-kitob amalga oshiriladi. Bundan tashqari to ‘qqizinchi holatda suv uchun hisob, o ‘tgan vaqt uchun haqiqiy o ‘matilgan suv sarfi bo‘yicha olib boriladi, lckin bu muddat bir yildan oshmasligi kerak. Ikkinchi va oltinchi hollarda hisob eski d a’voni chiqarishdan olib boriladi. Uchinchi, yettinchi va sakkizinchi hollarda hisob bir oyga teng muddat uchun qilinadi. Issiq suvni hisobga olish ham, hisobga olish asboblarining k o ‘rsatishi b o ‘yicha am alga oshiriladi. Issiq suv sarfini yakka tartibda hisobga olish asboblari bilan jihozlanm agan xonalarda yashovchilarning iste’mol etilgan suv hajmini aniqlashda, suv sarfini guruhli hisobga olish asboblari k o ‘rsatuvidan, ushbu uyda yashovchilarning yakka tartibda issiq va sovuq suv sarfini hisobga olish asboblarining, jam i k o ‘rsatishlari chiqarib tashlanadi hamda ijarachilar iste’mol qilgan suv hajmi, har bir ijarachining yakka tartibdagi suv sarfi hisoblagichi k o ‘rsatishi b o ‘yicha aniqlab olib tashlanadi. Shunday usullar aniqlanganki, suv is te ’moli shu uyda yashaydigan va yakka tartibda suv sarfi hisoblagichlari b o ‘lm agan xonadonlarga shu xonadonda yashovchilar soniga proporsional ravishda teng b o ‘linadi. Y asham aydigan xonalar ijarachilar tomonidan ijaraga olingan b o ‘lsa va ushbu uyda yakka tartibdagi suv sarfi asboblari y o ‘q b o ‘lsa, yashovchilar iste’mol qilgan suvning hajmi, xonalardagi yakka tartibda o ‘rnatilgan suv o ‘lchagichlar bo‘yicha aniqlanadi. Agar bu oichagichlar b o ‘lmasa, 131 suv iste ’m olining o ‘rn atilgan norm alari b o ‘yicha aniqlanadi. Bunday ijarachilar iste’mol qilgan suv hajmi guruhli hisoblash asboblari ko‘rsatkichlari bilan, yashovchilar iste’mol qilgan jam i suv hajmining ayirmasi natijasida aniqlanadi, lekin ijarachilaming suv ta’minlovchi tashkilotlar bilan tuzgan shartnomasida ko ‘rsatilgan hajmidan kam bo‘lmasligi kerak. Yashash joyida (uylar guruhida) guruhli va yakka tartibdagi suv sarfining hisobini oladigan asboblar y o ‘qligida, yashovchilar iste’mol qilgan suvning hajm i, suvni iste’mol qilgan normalari bo‘yicha aniqlanadi. Suv iste’moli normalari bir kishi uchun kecha- kunduz davomida iste’mol etilgan litrlami o ‘lchashda o ‘matiladi va uyning jihozlanish darajasiga qarab diffensiallanadi. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, issiq suv berilishi rejimi o ‘zgargan- da (masalan, haftada uch marta uch soatdan) talab juda ko‘payadi va s a rf 2-2,5 barobar k o ‘payadi (hisobga olish k o ‘rsatkichlari bo‘yicha). Bunga yana qozonlarni ishga tushirish va to ‘xtatishni, quvur o ‘tkazgichlarni qizdirish qo‘shilsa, rejalashtirilgan samaraga qaraganda real yo‘qotishlar paydo bo‘ladi. Suvni olish tizim ida hisobga olish asboblari b o ‘lm aganda, kanalizatsiyaning kom m unal tizim iga oqib tushayotgan oqova m iqdori, kommunal suv ta ’minoti sistem asida sarf b o ‘lgan suv miqdoriga teng bo‘ ladi, ularning miqdori abonent va SQH korxonalari o ‘rtasidagi shartnoma shartlariga binoan aniqlanadi. Kom m unal suv ta ’m inoti tizim iga ulangan abonentlar, o ‘z ehtiyojlari uchun boshqa suv o ‘tkazgichlardan (m anbalardan) q o ‘shim cha foydalanganlarida va oqova suvlarning hisoblagichi b o ‘lm aganda, SQH k orxonalari belgilagan m uddatda, ushbu korxonalarga m e’yoriy va boshqa hujjatlar bilan asoslangan zarur hisob-kitoblarni k o ‘rsatishi kerak. Bundan tashqari bu abonentlar asboblaming suv sarfini hisoblagan m a’lumotlarini va ular tomonidan kommunal kanalizatsiya tizimiga tashlanayotgan oqova suvlarning miqdorini hisoblash uchun boshqa m a’lumotlami berishi shart. 132 I Iisoblash asboblari, kecha-kunduzda 50 m3 dan ortiq oqova suv tashlanadigan abonentlar uchun o ‘rnatilishi kerak. Agarda 50 m3 dan kam bo‘lsa, tashlanayotgan suv hisobi o ‘matilgan normalar bo‘yicha (bir kishi uchun yoki ishlab chiqarilgan mahsulot birligiga) amalga oshiriladi. Download 3.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling