a)Ta`limiy maqsad: O`quvchilarga bo`linuvchini topishni o`rgatish. 3*X=9; X*5=10; 2*X=16 ko`rinishidagi tenglamalarni yechish orqali o`tilgan darsda egallagan bilimlarini mustahkamlash. Mavzuga oid ko’nikma va malakalarini shakllantirish.
b)Tarbiyaviy maqsad: har bir matematik muammolarni ahillik, hozirjavoblik bilan hal etish, o`zaro do`stona hamkorlik qilish fazilatlarini tarbiyalash, bir-birini baholashga undash asnosida do’stga hurmat va sadoqat tuyg’ularini shakllantirib, ma’naviy tarbiya berish:
c) Rivojlantiruvchi maqsad: tezkor savol-javob, turli o’yinlar o’tkazish asnosida o’quvchining fikrlash qobiliyatini, nutqi va dunyoqarashini rivojlantirish.
Dars tipi: yangi materialni o’rganuvchi dars (o’zlashtirilgan bilim va ko’nikmalarni rivojlantirish va mustahkamlash darsi).
Dars uslubi: Ko`rgazmali-amaliy;
Dars usuli: Noan`anaviy (savol-javob, didaktik oyinlar, klaster, “Ortiqchasini top”, she’riy topishmoqlar, krossvord)
Dars jihozi: a) 2-sinf Matematika darsligi, o`quv qurollari, A-4 formatdagi qog`ozlar, bukletlar, tarqatmalar, qushlar va qafas hamda guldastalar, guldon rasmi;
Do'stlaringiz bilan baham: |